Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   261
 
O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar 
1. O`tkir cho`qqi periodontitga olib keladigan sabablarni sanab 
bering. 
2. Periodont yallig`lanishida kechiktirib bo`lmaydigan birinchi 
yordam qanday hollarda amalga oshirilmog`i lozim? 
3. Birinchi yordam qanday amalga oshiriladi? 


84 
4. Sut tishlarida kechadigan surunkali periodont yallig`lanishi 
doimiy tishlar rivojlanishiga qanday ta’sir ko`rsatishi mumkin? 
5. O`tkir cho`qqi periodontitda yoki qaytalanib o`tkirlashgan 
surunkali periodont yallig`lanishida bolalarda kuzatiladigan umumiy 
klinik belgilarni sanab bering. Bunga nimalar sabab bo`ladi? 
6. Surunkali kechadigan periodont yallig`lanishi bolalarning 
umumiy ahvoliga qanday ta’sir ko`rsatadi? 
7. Periodont yallig`lanishi jarayoni vaqtida davolanmasa qanday 
asoratlarga olib keladi? 
 
4.8. Bolalarda kechadigan periodontitlarni davolash. 
Sut tishlarida kechadigan surunkali periodont yallig`lanishi atrof 
suyak to`qimasi va ildizlarning bir qadar kuchli so`rilishiga olib keladi. 
Buning natijasida har qanday to`g`ri olib borilgan davo tadbirlari ham 
suyak to`qimalarining tiklanishiga yordam bermaydi. Shuning uchun 
ko`p vaqt davomida kechayotgan surunkali periodont yallig`lanishida 
davo tadbirlari chegaralanishi va tishni oldirib tashlash ko`p hollarda 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ana shunday hollarda yallig`lanish 
jarayonini tuxtatish uchun qilingan davo va ildiz kanalini 
yaxshilab tozalab plombalash ham jarayonning to`xtashiga garov bo`la 
olmaydi. 
Yuqoridagilarni hisobga olib, quyidagi hollarda sut tishlarini 
davolash maqsadga muvofiq hisoblanmaydi: 
1) tishlar almashinuviga 1,5-2 yil qolgan bo`lsa; 
2) bola organizmida surunkali kechadigan infeksion-allergik
organizm sezgirligini oshiruvchi kasalliklar aniqlansa; 
3) kasallik tarixida oldin ham bir-ikki marotaba qayta o`tkirlashuv 
hollari qayd qilingan bo`lsa; 
4) ildizlarning patologik so`rilishi natijasida, ularning 1/4 yoki 1/3 
qismi yemirilgan bo`lsa; 
5) so`rilish jarayoni ildizlarning qo`shilgan qismini (bifurkatsiya) 
jarohatlagan yoki so`rilish natijasida toj tub devori yemirilgan 
(perforatsiya) bo`lsa; 


85 
6) yallig`lanish doimiy tish kurtaklarini o`rab turuvchi kompakt 
suyak qatlamini jarohatlagan taqdirda; 
7) sut tishlari ildizida hosil bo`lgan kista yallig`langanda; 
8) davolash jarayonida yallig`lanish qayta o`tkirlashishi oqibatida 
suyak usti pardaga o`tganda, yiringli limfa tuguni yallig`langanda va 
boshqa hollar paydo bo`lgan taqdirda. 
Ildizi shakllanmagan doimiy tishlarda periodont yallig`langanda 
davolash chora-tadbirlari birmuncha boshqacharok bo`ladi. Yallig`lanish 
jarayonining har qanday turida ham shifokor oldidagi vazifa iloji boricha 
kasal tishni saqlab koluvchi tadbirlarni qo`llashga qaratilgan bulmogi 
shartdir. Faqatgina quyidagi hollardagina kasal tish olib tashlanishi 
maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
1) surunkali yallig`lanish jarayonida toj tag devorida perforatsiya 
(emirilib teshilish) yuz bergan bo`lsa va tish toj qismining buzilishi 
oqibatida uni plombalab tiklashning iloji bo`lmasa; 
2) davolash davomida yallig`lanish qayta o`tkirlashib periostit, 
abssess, osteomiyelit kabi noxush asoratlarga olib kelish xavfi tug`ilgan 
taqdirda. 
Surunkali periodont yallig`lanishini davolash bolalarda birmuncha 
o`ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Bir ildizli sut tishlari misolida ko`radigan bo`lsak, davolash 
bunday hollarda birinchi qatnov davomida tugatiladi. (11-rasm).

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling