Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Emalning sistemali gipoplaziyasi (ESG)
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
5.2.1. Emalning sistemali gipoplaziyasi (ESG) Emal gipoplaziyasining mazkur turida bir xil davrda oxaklanadigan (minerallashadigan) tishlar guruxi shikastlanadi. Og`ir kechadigan, bir necha bor kaytalanadigan xomilador ona kasalligi yoki tug`ilgandan so`ng bolaning 1-3 yoshgacha boshidan kechiradigan kasalliklarida barcha doimiy tishlar emalida gipoplaziya xolati qayd qilinadi. Sistemali emal gipoplaziyasida asosan bir xil davrda rivojlanib oxaklanadigan, simmetrik joylashgan tishlar guruxlari kasallikka chalinadi. Yangi yorib chiqqan tishlarda dog`lar, chuqurchalar, egatchalar shaklidagi nuqsonlar aniqlanadi. Bu nuqsonlar o`zgarmagan emal fonida tishlarning kesuv qirrasi yoki chaynov do`mboqchalariga nisbatan bir xil masofada yotadi. Bunday o`zgarishlar ko`pchilik xollarda ogiz bo`shlig`ining daxliz yoki lunj soxalariga qaragan tish 103 yuzalarida ko`plab uchraydi. Chuqurcha va egatchasimon nuqsonlarning chetlari sillik, yoyik, tubi sillik bo`lib chuqurlashishga moyil bo`ladi. Sistemali emal gipoplaziyasida emal satxidagi dog`lar uz taraqqiyoti davrida turg`un, o`zgaruvchanlikka moyil bo`lmaydi. Kuzatishlar natijasida emal satxidagi nuqsonlarning joylashgan joyi bevosita utkazilgan kasallik davridagi tish emal to`qimasining shakllanayotgan soxasiga mos kelishi, aynan shu nuqtalar oxaklanishi davrida xomilador ona yoki bola turli kasalliklarni boshidan kechirganligi aniqlangan. Nuqsonlar o`lchami utkazilgan kasallik muddatiga, soni esa bunday xastaliklar necha marta kaytalanganligiga bog`liq bo`lar ekan. Tishlardagi ikki va undan ortiq soxada nuqsonlarning bo`lishi kasallikning yangilanishi yoki boshqa xastalik bilan og`rishi natijasida bola organizmida moddalar almashuvining buzilganligi oqibatida sodir bo`lishi mumkin. Tishlar satxidagi emal gipoplaziyasi nuqsonlarning chuqurligi kasallikning qanchalik og`ir kechganligiga bog`liq bo`lishi aniqlangan. Stomatolog shifokor to`g`ri tashxis qo`yishi uchun u yaxshilab so`rab-surishtirish ishlarini, anamnez yig`ishda bemorning onasi to`g`risida, xomiladorlikni qanday o`tkazganligi, sut va doimiy tishlar oxaklanish davridagi kasalliklari, kechki toksikozlarni boshidan o`tkazganligi, bolaning erta yoshida o`tkazgan kasallilari to`g`risidagi ma’lumotlarni to`liq yig`ishda muxim axamiyat kasb etadi. Shu bilan birgalikda ob’ektiv ko`rik paytida nuqsonlarning joylashgan joyi, chuqurligi, qaysi gurux tishlarda uchrashi (sut yoki doimiy) va ular tishlar chiqqan zaxoti aniqlanganligi kabi ma’lumotlar xam tashxisni to`g`ri qo`yishda muxim xisoblanadi. Kuzatishlar emal gipoplaziyasi nuqsonlari 16,26,36,46 tishlarda bo`lishi xomilador onaning kasallanganligidan, yoki xomiladorlikning ikkinchi yarmida toksikozlarni boshidan kechirganligini ko`rsatadi. Shu xildagi emaldagi nuqsonlar bola boshidan kechirgan tug`ilishi paytidagi travmalar, asfiksiya bilan tug`ilish, tug`ilgandan so`ng birinchi kunlar va xaftalarda o`tkazgan kasalliklar (gemolitik sarg`ayish, dispepsiya va boshq.) oqibatida xam yuzaga kelishi mumkin. 104 Emal gipoplaziyasi nuqsonlari faqat 16,26,36,46 tishlardagina emas balki 13,11,21,23,33,32,31,41,42,43 tishlarning kesuvchi qirralarida namoyon bo`lishi bolaning 4,5-6 oylik davrida qandaydir kasallikni boshidan o`tkazganidan darak beradi. Chunki, mazkur tishlarning kesuv qirralari emali aynan shu davrlarda oxaklashib mineral tuzlarga to`yinadi. Mabodo, bola 1 yoshga yaqin davr atrofida biror bir kasallikni boshidan kechirgan bo`lsa tishlar emal qavatidagi nuqsonlar 16,1311,21,23,26,36,33,32,31,41,42,43,46 tishlar kesuvchi qirralariga yaqinrok, 12,22 tishlarning kesuvchi qirralarida joylashgan bo`ladi. Bu esa 12,22 tishlarning mineralizatsiyasi yuqorida ko`rsatilgan tishlarnikidan kechroq boshlanishidan darak beradi. Tishlar emali sistemali gipoplaziyasining 6 xil shakli: dog` shakli, chuqurchali, egatchali, kosachasimon, aralash va aplastik shakllari mavjud. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling