Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Surunkali gipertrofik pulpit
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.7. Surunkali gipertrofik pulpit
Tish pulpasining bu xil yallig`lanishida pulpada proliferativ jarayonlar avj olishi natijasida uning hajmi oshadi. Bunday holda tish yumshoq to`qimasi pulpa bo`shlig`ini to`ldirib, kariyes kovagiga o`sib chiqadi va uni ham to`ldirishi mumkin Bolalarda bu xil pulpa yallig`lanishi kamdan-kam hollarda uchraydi. Kasallikni gipertrofik papillit (milk so`rg`ichining o`sib ketishi) dan farqlash zarur. Buni amalga oshirish uncha qiyinchilik tug`dirmaydi. Buning uchun tish buyin atrofida emal qavat sathi buylab zond yuritilib, milk 57 so`rg`ichining kariyes kovagiga o`sib kirgan oyoqchasi topiladi va ajratiladi. Pulpaning gipertrofik yallig`lanishini surunkali periodont kasalligidan ajratish birmuncha qiyinchilik tug`dirishi mumkin. Surunkali, ayniksa granulyatsiyalanib kechadigan periodont yallig`langanda ko`pgina hollarda patologik so`rilish natijasida pulpa qavatining tub devori yoki yon devori shikastlanib, granulyatsiya toj bo`shlig`iga o`sib kiradi va kariyes bo`shlig`ini to`ldiradi. Lekin shu bilan birgalikda surunkali periodont yallig`lanishining bu xil kechishida quyidagi belgilarni ham ko`rish mumkin. Bunda tish o`rnidan bo`shab liqillab qoladi, milk ko`karadi, paypaslagan paytda tish ildiz sohasida alveolyar o`siqning yemirilganligi aniqlanadi. Kasal tish rangi o`zgarib, ko`kimtir tus oladi. Ayniqsa, tish atrofidagi yumshoq to`qimada, milk sohasida yiring yo`li (svish) bo`lishi mumkin. Qo`shimcha o`tkazilgan tadqiqot (rentgen tasvirida) periodont yallig`lanishiga mos o`zgarishlar borligini ko`rsatadi, bu esa bizga qiyosiy tashxisni qo`yishda katta yordam beradi. O`zlashtirish darajasini aniqlash uchun savollar 1. Sut tishlarida pulpa yallig`lanishining kaysi bir turi ko`proq uchraydi? Uning klinik belgilarini sanab o`ting. 2. Qanday klinik belgilar umumiy o`tkir (diffuz) pulpitni o`tkirlashib qaytalangan surunkali gangrenoz pulpit va o`tkir periodontit bilan qiyoslab (differensial) farqlashda muhim ahamiyat kasb etadi? 3 Surunkali gipertrofik pulpitni, kariyes kovagiga o`sib kirgan milk so`rg`ichidan va surunkali kechadigan periodontitda pulpa kovagiga o`sib chiqadigan granulyatsiya to`qimasidan qanday usullar yordamida farq qilib ajratish mumkin? 4. Ildizi shakllanmagan tishlarda uchraydigan surunkali gangrenoz pulpitni shu xil tishlarda kechadigan surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontit bilan qiyoslab (differensial) farqlashda qaysi bir ko`rik usulidan foydalaniladi? Bu holda qanaqa belgilar muhim ahamiyatga egadir? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling