Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


  3 Bob. TISH PULPASINING YALLIG`LANISHI


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   261
 


49 
3 Bob. TISH PULPASINING YALLIG`LANISHI 
3.1. Pulpa yallig`lanishining bolalarda kechadigan klinik 
xususiyatlari. 
Tish pulpasining yallig`lanishining har xil yoshdagi bolalarda 
uchratishimiz mumkin. Chaynov tishlarda kesuvchi tishlarga nisbatan 
pulpa yallig`lanishi 5-6 marotaba ko`proq uchraydi. 
Pulpitlarni chaqiruvchi asosiy sabab, kariyes davolanmaganligi 
oqibatida mikroblar va ularning toksinlarini yupqa dentin qavat va 
keng dentin kanalchalari orqali tish bo`shlig`iga pulpa to`qimasiga 
sizib o`tishi hisoblanadi. Bundan tashqari kimyoviy ta’sirot (kariyes 
davolanganda), mexanik travma (tishlar singanda, kariyes kovagi 
charxlanayotganda) va kamdan-kam hollarda mikroblarni infeksiya 
o`chog`idan qon orqali pulpa to`qimasiga olib kelishi hisobiga ham 
pulpa yallig`lanishi ro`y beradi. 
Bolalar yoshida sut va shakllanmagan doimiy tishlarda kechadigan 
pulpitlarning o`ziga xos qator xususiyatlari mavjudkim, bu 
xususiyatlar katta yoshdagi kishilarda uchramaydi. 
1. Sut va shakllanmagan doimiy tishlarda uncha chuqur bo`lmagan 
kariyes kovagi mavjud bo`lsa, pulpa yallig`lanishi sodir bo`lishi 
mumkin. 
Bunga 
yupqa 
dentin 
qavat, 
dentinning 
kam 
minerallashganligi va dentin kanalchalarining kengligi sabab bo`ladi. 
2. Bolalar yoshida pulpa to`qimasida yallig`lanish jarayoni tez tarqalib 
ketadi. Bunga pulpa to`qimasining yoshga qarab shakllanishi sabab 
bo`ladi. Bolalar tish pulpasida kattalarnikidan farqli o`laroq, hujayra 
elementlari, asosiy amorf modda ko`proqq bo`lib, tolali strukturalar oz 
miqdorda bo`ladi. Qon tomirlar bilan ta’minlanishining faolligi tezda 
ekssudatli jarayonning boshlanishiga olib keladi. 
Ildiz kanallarining kengligi, ko`pchilik hollarda apikal teshikning 
shakllanmaganligi, ildiz kanali to`qimasining toj pulpasi bilan bir xil 
struktura tuzilishi ham sodir bo`lgan ekssudat va mikroblar, ular 


50 
toksinlarini tez tarqalib periodont to`qimasigacha o`tib ketishini 
ta’minlaydi. 
3. Bolalar yoshida surunkali pulpitlar o`tkir pulpitga nisbatan ancha 
ko`p uchraydi. Bunga sut tishlarida birlamchi surunkali pulpitlar sodir 
bo`lishi sabab bo`ladi. Cho`qqi teshigining kattaligi ildiz kanallarining 
kengligi va dentin kanalchalarining keng va qisqa bo`lishi ana shunga 
imkon yaratib beradi. Sanab o`tilgan shart – sharoitlar yallig`lanish 
ekssudatini tezda tarqalib ketishiga olib keladi. 
4. Yuqorida keltirilgan anotomik va fiziologik xususiyatlar 
bolalarning har xil yoshida bir xil pulpa yallig`lanishining har xil 
klinik 
belgilar 
bilan 
kechishiga 
sabab 
bo`ladi. 
Masalan 
yallig`lanishning o`tkir chegaralangan davri sut tishlarida, ildizi 
shakllanmagan doimiy tishlarda juda qisqa muddat, deyarli 
simptomsiz kechsa, shakllangan ildizi doimiy tishlarda klinik 
belgilarining o`tkirligi bilan kattalardan farq qilmaydi. 
5. Bolalarda surunkali pulpitlar deyarli shikoyatsiz kechadi. Ayrim 
hollardagina bemor anamnezidan harorat va mexanik ta’sirotlardan 
shikoyat bo`lganligini aniqlaymiz. 
6. Bolalarda pulpaning yiringli yallig`lanishi belgilari barcha 
pulpitlarda patomorfologik usulda aniqlangan. Sababchilari bo`lib, 
aralash 
infeksiyadan 
agressivi, 
ko`pchiligini 
hosil 
qiluvchi 
stafilakokklar 
hisoblanadi. 
Bunda 
bolalarda 
immunogenez 
jarayonining susayishi, jarayonning keng ko`lamda tus olishi, 
sensibilizatsiya va avto sensibilizatsiya hollari, kuchli zaharlanish 
belgilari qayd etilishi mumkin. 
7. Kattalarnikidan farqli o`larok o`tkir va o`tkirlashgan surunkali 
pulpitlarda periodont to`qimasi yallig`lanish jarayoniga tortiladi. 
Sut tishlari va ildizi shakllanmagan doimiy tishlar pulpitida periodont 
to`qimasining yallig`lanish jarayoniga tortilishining sabablari bo`lib, 
pulpa to`qimasi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari, bar’er 
funksiyasini sustligi, ildiz kanallarining kengligi, apikal cho`qqi 
teshigining kattaligi hisoblanadi. Buning oqibatida periodont 


51 
to`qimasiga virulent infeksiyaning va ular toksinlarining ekssudat 
bilan oqib kirishi, periodont to`qimasining to`liq shakllanmaganligi 
tezda yallig`lanish jarayoniga qo`shilib ketishiga olib keladi. 
8. Bola organizmining umumiy javob reaksiyasi pulpaning diffuz 
yallig`lanishida, asosan surunkali pulpitlarning o`tkirlashgan hollarida 
giperergik tus olishi mumkin. Bu o`z navbatida bola organizmi 
reaktivligi 
yuqoriligi, 
periodont 
to`qimasi 
strekturasining 
takomillashmaganligi, ekssudatsiyaga moyilligi, markaziy asab 
sistemasining mukammallashmaganligi, gormonal va umumiy 
immunitet 
holati, 
pulpa 
to`qimasining 
mikroblar 
bilan 
sensibilizatsiyasi bilan bog`liqdir. Yosh bolalarda bu jarayon harorat 
ko`tarilishi, bosh og`rigi, bo`shashish, uyquga tortilish, leykotsitlar 
sonini, eritrotsitlar cho`kish tezligining oshishi bilan kechadi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling