Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   261
 
 
2.13. O`rta va chuqur kariyesini davolash. 
Kariyes 
jarayonining 
davolash 
tadbirini 
Blek 
tasnifi 
(klassifikatsiyasi) nuqtai nazaridan tushuntirish maqsadga muvofiqdir. 
I sinf kariyesni davolash.
I sinf kariyes kovagini plombalashda eng yaxshi to`ldirgich bo`lib 
bugungi kunda shishaionomerli(glassionomerli) sementlar hisoblanadi. 
Bunda kariyes kovagining tubiga taglik qo`yish shart emas. Shu sinfga 
mansub kariyes kovaklarini ajratuvchi taglik qo`yib, belodont(belodont) 
sementidan gayyorlangan plomba bilan plombalash ham maqsadga 
muvofiqdir. 
II sinf kariyesini davolash. Bunda kichik va katta oziq tishlarning 
bir-biriga tegib turgan (kontakt, aproksimal) yuzalari shikastlanadi. 
Doimiy tishlarda bu xil shikastlanish birmuncha keyinroq (10- 12 
yoshdan boshlab), fissur kariyesidan keyin qayd etiladi. 
4-5 yashar bolalarda ko`pincha tishlar kontakt nuqtasida paydo 
bo`lgan kariyes jaroxati aproksimal yuza bo`ylab kengayib boradi. 
Bunday turdagi kariyes kovagini charxlash paytida kovak 
kengaytirilib, chaynov yuzasiga olib chiqariladi va qunt bilan shakl 
beriladi. Tish bo`yin oldi yuzasida kovak yassi shaklda ishlanib, tub 
qismi kirish qismiga nisbatan bir oz kengaytiriladi va qo`shimcha yuza, 
tayanch nuqtalari hosil qilinadi. 
Kontakt yuzalardagi kariyes kovagini plombalashda, albatta 
matritsa (qo`shni tish yuzasi bilan qo`yilayotgan plombaning orasiga 
qo`yiladigan metall plastinka)dan foydalanmoq zarur. Asosiy plomba 
tagiga qo`yiladigan taglik birmuncha suyuqroq qorishtirilsa, uni yupqa 
qatlam qilib yoyish osonroq bo`ladi. Taglik yupqa qavat hosil qilib 
qo`yilgandan keyin tishlar oralig`iga matritsa - ajratgich qo`yiladi. Bir 


45 
bulak amalgamadan tayyorlangan plomba kichik bo`lak holda matritsa 
orqasiga, ya’ni taglik ustiga qo`yilib, paxtadan tayyorlangan dumaloq 
tampon yog`ochdan yoki metalldan ishlangan maxsus zichlashtirgichlar 
yordamida mustahkamlanadi. 
Doimiy katta oziq tishlar kovagini amalgama, kichik oziq 
tishlarning kariyes kovagini esa evikrol yoki boshqa kompozit 
materiallar bilan plombalash maqsadga muvofiqdir. Sut tishlari 
molyarlari almashinuviga 1-3 yil vaqt kerak bo`lgan taqdirda belodont 
sementidan plomba qo`yish mumkin. Bola 4-5 yashar bo`lsa kariyes 
kovagiga yaxshi shakl berib, amalgama plombalaridan foydalanish 
ijobiy natijalar beradi. 2-4 yashar bolalarda birinchi oziq tishlardagi 
kichik hajmdagi kariyes kovaklarini fosfat sement(unitsem), laktodont, 
infantid sementlari ayniqsa shishaionomer sementlar(TSemion, Fuji va 
b.) bilan tagliksiz plombalash mumkin. Bu yoshdagi bolalar ko`pchilik 
hollarda injiq va besaranjom bo`lganliklari tufayli shikastlangan yuzaga 
kerakli shakl bera olmaslik mumkin. Keyinchalik bu plombalar 
yemirilgan yoki yengil shikastlanganda yupqa qatlam hosil bo`ladi, 
shunda kerakli shakl berib, ustidan amalgama plomba qo`yish mumkin. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling