Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
6-Rasm. Katta oziq sut tishlarda V sinf kariyes kavagini charxlab shakllantirish: a – shakllantirilmagan kariyes kavagi; b – kariyes kavagini charxlab, shakllantirilgan. Og`ir darajali kariyesni davolash. Tashxis to`g`ri qo`yilgan taqdirda bu turdagi kariyes kovaklarini yosh bolalarda (1-3 yosh) ikki 48 qatnovda davolash maqsadga muvofiqdir. Bunga sabab, sut tishlarining qattiq to`qima qatlamlarining doimiy tishlardagi qatlamlardan yupqaligidir. Chuqur kariyes kovagi sut tishlarida ancha yuzaroq bo`lib, unta bir necha qatlam plombalarni (davolovchi malxam, ajratuvchi suvli dentin fosfat-tsementli tagliklar va doimiy plomba qatlami) sifatli qilib joylashtirish mushkuldir. Bunday holda plomba tezda ko`chib, tushib ketadi. Bemor birinchi bor kelganda kovak tozalanib yuvib, quritilib, tubiga davolovchi malxam pastalar (evgenol-timolli, evgenolli, kaltsin, kalmetsin kabilar) qo`yilib, ustidan paxta tampon bilan ajratib, suvli dentin bilan berkitiladi. Bu xildagi plomba bir necha kun mobaynida (bir xaftagacha) saqlanadi. Shu vaqt ichida malxam pasta anchagina qotadi va suvli dentin taglik qo`yishga hojat qolmaydi. Bemor ikkinchi bor kelganida kovakdan vaqtinchalik plomba, paxta tampon olib tashlanib, yuza fosfat sement tagligi ustidan belodont yoki boshqa biror xil mustahkam plomba qo`yiladi. Katta yoshdagi maktab bolalarida I sinfga mansub kariyes kovaklarida plombalash katta oziq tishlarda birinchi qatnovda tugatiladi. Chunki doimiy tishlarda chuqur kariyes kovagining o`lchamlari ko`p qavatli plombalar qo`yish uchun imkon beradi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling