Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


IV sinf kariyesini davolash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   261
IV sinf kariyesini davolash. Bu gurux kariyes jarohatlari kurak
qoziq tishlarining kontakt yuzasi, tishning kesuvchi qirrasi va burchagini 
shikastlaydi. Bu xastalik sut tishlarida asosan kariyes asorati bo`lmish 
pulpa yoki periodont yallig`lanishi bilan kechadi. Shuning uchun 
plombalash ishlari endodontik davolash tadbirlaridan keyin qiyinchilik 
tug`dirmaydi. Bunday davolash usullari keyingi boblarda tilga olinadi. 


47 
V sinf kariyesini davolash. Bu guruxga kiradigan jarohatlar 
hamma sut va doimiy tishlarda, tish bo`yin sohasiga yaqin yuzalarni 
shikastlaydi. Bu turdagi jarohatlar 1-3 yashar bolalarda ko`pincha asosan 
kurak tishlar buyin sohasida aniqlanadi. Bunday hollarda kariyes 
kovagini 
o`tkir 
ekskavator 
yordamida 
qunt 
bilan 
qirtishlab, 
shikastlangan emal va dentin to`qimalaridan tozalash lozim. Chunki bu 
yoshdagi bolalarda bor tig`i bilan kovakka ishlov berish ko`pgina 
hollarda pulpaning ochilib qolish xavfini tug`diradi. Dentin to`qimasini 
bir qadar mikrobsizlantirish (dezinfeksiya) maqsadida kovaklar bir 
necha xafta mobaynida evgenolli (qalampirmunchoq moyi) yoki 
timolevgenol pastalar bilan vaqtincha berkitiladi. Muddat tugagandan 
so`ng ularni fosfat sementidan tayyorlangan yoki boshqa zararli 
xususiyati bo`lmagan sementlar plombasi bilan almashtiriladi. Yumshoq 
plomba almashtirilayotgan paytda kovaklarga teskari konussimon bor 
yordamida ohista ishlov berish mumkin. Chunonchi, birlamchi quyidagi 
yumshoq evgenolli pasta bir vaqtning o`zida ikkilamchi dentin hosil 
bo`lishini ta’minlaydi. Natijada kariyes kovagining tubi birmuncha 
qalinlashadi. 
3 yashar va undan katta bolalarda o`rta kariyes kovaklariga 
bemalol kichik o`lchamli teskari konussimon yoki fissur borlar 
yordamida ishlov berish mumkin. Hosil qilingan kovak tubi sathining 
yuzasi kovakka kirish qismi yuzasidan birmuncha kengrok bo`lgani 
uchun plomba tish devorida uzoq muddat saqlanadi (6-rasm, a, b). 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling