Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   261
2.10. Chuqur kariyes 
Kasallikning bu turida tishning emal qavati to`liq yemirilib, tish 
yumshoq to`qimasi (pulpa) bilan kariyes kovagi orasida nozik dentin 
qatlami hosil bo`ladi. Dentin to`qimasining anatomik, fiziologik tuzilishi 
(dentin kanalchalarining ko`pliti, kengligi) va unda mineral tuzlar ozligi 
bolalarga chuqur kariyes tashxisini qo`yishda juda extiyotchan bo`lishni 
talab qiladi. Chuqur kariyesning aniq klinik belgilarini biz bog`cha 
bolalarida va 7-10 yashar maktab bolalaridagina kuzatishimiz mumkin. 
Bu belgilar shu bolalarda kariyes xastaligi surunkali kechgandagina 
yaqqol namoyon bo`ladi. Yosh bolalarda esa kariyes kovaginnng 
chuqurlashuvi ko`p hollarda tish yumshoq to`qimasi (pulpa) ning 
surunkali yallig`lanishiga yoki nekroziga (o`limiga) sabab bo`ladi. 
Shuning uchun bunday hollarda kasal tish atrofidagi yumshoq 
to`qimalarni sinchiklab ko`zdan kechirib, barmoqlar bilan paypaslagan 
holda shish, qizarish, yiring yo`li (svish) bor-yo`qligini aniqlash muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ba’zi bir hollarda paypaslash natijasi klinik belgisiz 
surunkali periodont yallig`lanish tish ildizini o`rab turuvchi alveola 
suyagining kirgan yemirilishi (rezorbsiya) holatlarini ko`rish mumkin. 
Jarohatlangan 
tish 
sohasidagi 
jag` 
osti 
limfa 
tugunlarnning 
kattalashganligi, paypaslaganda og`rishi buni tasdiqlaydi. 
Boshqa tish kasalliklaridan farqlash maqsadida kariyes kovagi tub 
sathidan yumshagan dentin qatlami ekskavator yordamida oxista 


39 
ko`chirilib olib tashlanadi. Bu paytda tish yumshoq to`qimasi qisman 
ochilib qolsa, ish ancha yengillashadi. Bunday holda pulpa qonab, og`riq 
sezila boshlasa, bu hol klinik belgisiz kechayotgan surunkali fibroz 
pulpit (pulpa yallig`lanishi)dan darak beradi. Toj pulpasining nekrozi 
surunkali 
gangrenoz 
pulpitdan 
yoki 
surunkali 
periodontit 
yallig`lanishidan darak beradi. Agar kariyes kovagi tub yuzasidan 
yumshagan dentin ajratib olingandan keyin yuza qattiqligicha qolsa
dentin tiniq yoki rangi ozroq o`zgargan bo`lsa, bunday holda chuqur 
kariyes tashxisi qo`yiladi. Ayrim hollarda bolalarning injiqligi tufayli 
tashxis qo`yish qiyinlashadi. Bunday hollarda kariyes kovagi tozalanib, 
bir necha kun muddatga vaqtinchalik berkitiladi.

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling