Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


 Yassilanib kechuvchi kariyes


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   261
 
2.8. Yassilanib kechuvchi kariyes. 
Sut 
tishlari 
kariyesining 
bu 
shaklida 
kariyes 
jarayoni 
chuqurlashmasdan yassilanib kechishi oqibatida tish sathida katta 
kariyes maydonchalarini yuzaga keltiradi, shikastlangan soha juda 
yuzaki chuqurlikka ega bo`ladi. Agarda jarayon tez kechsa tish tezda 
yemirilib, uvalanib ketadi. Lekin, ba’zida yassilanib kechuvchi kariye 
jarayoni juda sekin kechadi. Bunda dentin jigarrang yoki to`q jigarrang 
tusda bo`ladi, u anchagina zich, osonlikcha ko`chirib bo`lmaydi. Bu hol 
surunkali kariyesning shakllaridan biri bo`lib “statsionar” yoki “to`xtab 
qolgan” kariyes deb ham ataladi. Yassilanib kechuvchi kariyesda tish 
emali va dentini qisman yemirilib ketgan bo`lishiga qaramay kariyes 
kavagi hosil bo`lmaydi. Bunday hol chaynov tishlarida ham, kurak 


36 
tishlarida ham kuzatiladi. Ammo, sut tishlarida surunkali kechuvchi 
kariyes jarayoni juda kam, aksariyat hollarda tez kechuvchi 
demineralizatsiyani kuzatamiz. 
Kariyes jarayonining asosiy klinik belgilari, kariyesga uchragan 
tishlar soni, kariyes jadalligi ko`rsatkichiga qarab kariyesning faollik 
darajasi aniqlanadi. 
 
Vinogradova T.F. Kariyesning 3 xil faollik guruhini tavsiya 
qilgan: 
I. 
guruh – kariyesning kompensatsiyalanib kechishi (1 daraja), 
bunda tishlar faoliyati buzilmagan.(1-5 tishlar shikastlangan) 
II. 
guruh – kariyesning subkompensatsiyalanib kechishi (2 daraja), 
bunda tishlar faoliyati qisman buzilgan. (6-9 tishlar 
shikastlangan) 
III. guruh – kariyesning dekompensatsiyalanib kechishi (3 daraja), 
bunda tishlar faoliyati deyarli to`liq buziladi. (10 va undan ortiq 
tishlar shikastlangan) 
III guruh bolalarining tishlar qatorida juda ko`plab tishlarda kariyes 
va uning asoratlarini kuzatish mumkin. Depulpatsiya qilingan tishlar 
soni ham bir muncha ko`p bo`ladi. Kariyes kavaklarida ko`plab nam, 
dentin o`tkir qirrali chegaraga ega, deyarli barcha tishlar jarohatlangan, 
tishlarda ko`plab bo`rsimon dog`lar mavjud bo`ladi. 
Tekshirib ko`rilganda ilgari qo`yilgan plombalarning yaroqsiz holga 
kelganligi, kariyes qaytalanganligini kuzatamiz.
T.F. Vinogradova tomonidan taklif qilingan mazkur tasnif bolalar 
terapevtik stomatologiyasida keng ko`lamda ishlatiladi. 
Klinik belgilarning namoyon bo`lishi nuqtai-nazaridan bolalarda 
kechadigan kariyesning kattalarnikiga o`xshab: dog` bosqichidagi 
kariyes (macula carioza), yuza kariyes (caries superficialis), o`rta 
kariyes (caries media), chuqur kariyes (caries profunda) turlari farq 
qilinadi va tasnif qilinadi. Bulardan birinchi ikkitasini birlashtirib 
kariyesning boshlang`ich bosqichi deb yuritiladi. 


37 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling