Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


III sinf kariyesini davolash


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   261
III sinf kariyesini davolashda quyidagilarga amal qilishni lozim 
deb hisoblaymiz. Bu guruxga kiruvchi kariyes kovaklari kurak va qoziq 
tishlarning kontakt yuzasida aniqlanadi. Mabodo tishlar orasidagi 
masofa jag` suyagi o`sishi natijasida (4-5 yashar hollarda) birmuncha 
kengaygan (trema) bo`lsa, shikastlangan emal qavati silliqlanib, unga 
30% li kumush nitrat eritmasi bilan uch marta qaytalab ishlov beriladi. 
Natijada kariyes jarayoni rivojlanishdan to`xtaydi va sut tishlari 
fiziologik almashinuvigacha shikastlanmasligi mumkin (5-rasm, a, b). 
Tishlar bir-biriga nisbatan zich joylashgan taqdirda kariyes 
kovagiga kichik o`lchamli sharsimon yoki teskari konussimon bor 
yordamida shakl beriladi. 
Tayanch nuqtalar bu holda tish dentinining milkka va kesuvchi 
yuzaga yaqin sohalarida hosil qilinadi (5-rasm, v, g.). Bu xilda shakl 
berilgan kariyes kovaklarini fosfat sementi bilan berkitish lozim. 


46 
5-Rasm. Oldingi kesuvchi sut 
tishlarida III-sinf kariyes kovagiga 
charxlab ishlov berish: a,b – 
tishlar orasida diastema mavjud 
bo`lganda; v,g – tishlar orasida 
diastema 
bo`lmagan 
hollarda 
kariyes kavagini shakllantirish. 
Rossiyada va YEvropa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan 
yangi, plombalash uchun ishlatiladigan shishaionomer sementlaridan 
foydalanish ham yaxshi natijalar bermoqda. U asoratsiz bo`lib, tish 
emali bilan kimyoviy birikish xususiyatiga egadir. III sinf guruxiga 
kiruvchi, unchalik chuqur bo`lmagan kariyes kovaklarini berkitishda 
juda qo`l keladi. Sut tishlarini plombalashda, shuningdek yana bir yangi 
hosil qilingan laktodont sementi ham qulaydir. Qattiqlikda u belodont 
sementidan qolishmaydi. Yuqorida aytilgan plombalash materiallari 
(ashyolari) tish pulpasiga nisbatan zararsiz bo`lganligi uchun ularni 
taglik (taglik - himoya qavati) siz ishlatish ancha qulaylik tug`diradi va 
kam vaqt talab qiladi. 
Kompozit 
materiallar 
(evikrol, 
polikarboksilat 
va 
b.) 
qo`llanilganda charxlangan kariyes kovagi juda ham ehtiyotlab 37% li 
ortofosfat kislotasi yordamida kaltsiysizlantiriladi. Buning uchun 10-20 
soniya mobaynida kariyes kovagi devorlari shu suyuqlik yordamida 
yengil namlanadi, shundan so`ng 20 sekund mobaynida suv bilan 
yuviladi. Kompozit materiallar faqat taglik ustidan qo`yiladi. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling