Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик
O`tkir umumiy (diffuz) pulpit
Download 7.66 Mb. Pdf ko'rish
|
3.4. O`tkir umumiy (diffuz) pulpit
Pulpannng bu xil o`tkir yallig`lanishi uning surunkali (xronik) turlaridan kamroq uchrasada, yosh bolalarda (3-4 yoshgacha) juda yaqqol klinik belgilar bilan aniqlanadi. Bunda bola organizmida umumiy zaharlanish alomatlari paydo bo`ladi. Tana harorati 38° S va undan yuqori ko`tariladi, besaranjomlik, yig`loqilik, injiqlik kuzatiladi. Bola ovqatdan bosh tortadi, uyqusi buziladi. Berilgan og`riqsizlantiruvchi (analgetik) dorilar bolani 1-2 soat chamasi tinchlantiradi. Dorining ta’siri o`tgach, bolalar o`tkir og`riqdan chinqirib uyg`onishadi. Og`riq boshlanganidan bir kecha-kunduz mobaynida vaqt o`tgach, kasal tish atrofidagi yumshoq to`qimalar shishib qizaradi. Barmoq bilan paypaslanganda og`riq paydo bo`ladi. Yuz simmetriyasi buzilishi mumkin. 53 Tish pulpasining bu xildagi umumiy yallig`lanishini to`g`ri aniqlash va qaytalangan surunkali (xronik) periodontitdan ajratish juda ko`p qiyinchiliklar tug`diradi. Chunki bu yoshdagi bolalar so`roqlarga aniq, to`liq javob bera olishmaydi. Shuning uchun ko`rik paytida yig`ilgan ob’ektiv belgilar tashxis bo`yicha muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xildagi differensial tashxisni o`tkazishni qulaylashtirish maqsadida Moskva stomatologiya tibbiyot universiteti (MSTU) bolalar stomatologiyasi kafedrasi jamoasi quyidagi solishtirma jadvalni tavsiya qiladi. (2-jadval). 2-jadval. Pulpitlar qiyosiy tashxisi. Tashxis ko`lami O`tkir diffuz pulpit Surunkali periodontitning o`tkirlashuvi Kasallik tarixi (anamnez) Tish birinchi bor og`rigan Oldin ham tishda og`riq bo`lgan bo`lishi mumkin Sovuqdan og`riq Yiringli jarayonda og`riq susayishi mumkin O`zgarish yo`q Perkussiya Og`riq beradi Og`riq beradi Tish atrofi shilliq pardasining lab, lunjga o`tish burmasi Qizargan, og`riqli, shishgan Qizargan, og`riqli, infiltratli shish yoki flyuktuatsiya aniqlanadi. Pulpa ochilganda Yallig`lanish borligi tufayli va zond yuritilganda kuchli og`riq seziladi Nekrozga uchragan (o`lgan), zond yuritilganda og`riq bo`lmaydi. Download 7.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling