Болалар ёшида учрайдиган тиш каттик


Download 7.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/261
Sana04.11.2023
Hajmi7.66 Mb.
#1745753
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   261
3.5. Surunkali fibroz pulpit 
Pulpaning bu xil yallig`lanishi bolalarda eng ko`p uchraydigan 
kasallik turi hisoblanadi. Surunkali fibroz pulpit sut tishlarida va ildizi 
shakllanmagan doimiy tishlarda juda ko`p hollarda klinik belgisiz 
kechishi mumkin. Kasallik bolalarda rejali sanatsiya olib borilgan yoki u 
qayta yallig`lanib, o`tkirlashgan paytda bolalar vrachga murojaat qilishi 
natijasida aniqlanadi. Qayta yallig`lanish paytida uzoq muddatli 
simillovchi og`riq ovqatlangandan keyin, ko`chadagi sovuqdan va ba’zi 


54 
bir hollarda kechasi paydo bo`ladi. Bola og`riyotgan tishini aniq 
ko`rsatib beradi. 
Og`rigan tishni ko`zdan kechirayotganimizda unda kariyes kovagi 
borligini, zond yuritilganda bu kovak pulpa bo`shlig`iga tutashligini 
yoki qonagan og`riqli pulpa etini kovakdan chirib yumshagan dentinni 
ko`chirayotgan paytda aniqlaymiz. Surunkali fibroz pulpitning 
bolalarda, asosan klinik belgisiz kechishini nazarda tutgan holda, 
shifokor sut va doimiy tishlarning chuqur kariyes kovagiga ishlov berib 
bo`lgandan keyin extiyotkorlik bilan kariyes kovagining tub sathini, 
ayniqsa pulpa proyeksiyasi sohasini zond yurgizib, tekshirib chiqishi 
zarur. Ana shunday qunt bilan tekshirishlar ko`p hollarda kariyes 
kovagining pulpa bo`shlig`i bilan tutashligini ko`rsatishi mumkin. 
Ochilgan pulpada zond yuritilayotganda shuni nazarda tutish kerakki, 
agar tish ildizlari fiziologik yoki patologik so`rilishning oxirgi davrida 
bo`lsa, og`riq kuchli bo`lmaydi. Bunda bolaning yoshi va kasallik 
muddati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ildiz so`rilishi boshlanmagan sut tishlarida bunday hollarda kuchli 
og`riq seziladi. 
3.6. Surunkali gangrenoz pulpit 
Bu tur pulpa yallig`lanishi bolalarda uchrashi jihatidan surunkali 
fibroz pulpitdan keyin ikkinchi o`rinda turadi. Bolalarda tish og`rigiga 
shikoyat bo`lmaydi. Kasallik tarixida fibroz pulpitga nisbatan oldingi 
paytlarda ko`proqq og`riq bo`lganligini aniqlash mumkin. Gangrenoz 
pulpit bilan og`rigan tish kariyes kovagiga zond yuritilgan paytda ko`p 
hollarda kovak bo`shlig`i pulpa bo`shlig`i bilan tutashligini qayd etish 
mumkin. Pulpa kovagining yuzaroq sathini zond bilan qitiqlaganda 
og`riq bo`lmasligi, tish toj qismida joylashgan pulpaning nekrozga 
uchraganidan (o`lganidan) darak beradi. Toj pulpasi yaxshilab ochilib, 
zond chuqurrok yuritilganda pulpaning chuqur joylashgan sohasida yoki 
ildiz kanallariga kirish qismidagina og`riq paydo bo`ladi. Bu xol ildiz 
pulpasining tirikligidan darak beradi va qon oqib chiqishi buni 
tasdiqlaydi. 
Surunkali gangrenoz pulpit tish bo`shlig`i yopiq bo`lgan hollarda 
ham kechishi mumkin. Bunda kariyes kovagi bilan pulpa bo`shlig`i 


55 
orasida ma’lum qatlam dentin to`sig`i bo`lishi mumkin. Bu hollarda 
infeksiya (mikrob) sut tishlarining keng dentin kanallari orqali pulpa 
bo`shlig`iga o`tgan bo`ladi. Bunday chuqur kariyes kovagini charxlash 
va yumshagan dentin qavatini olib tashlash paytida bola og`riq 
sezmaydi. Bu xol vrach xushyorligini oshirmog`i lozim. Kariyes tubi 
sathidagi dentin kulrang bo`lib, tiniq bo`lmaydi. 
Agar sinchiklab zond yuritilganda kovakning pulpa bo`shlig`i bilan 
tutashgan nuqtalari topilmasa, unday hollarda kovak tubi sathiga asbestli 
tampon qo`yilib, vaqtinchalik suvli dentin qatlami bilan berkitilib, 
bemor rentgen kabinetiga yuboriladi. 
Sekinlik bilan kechuvchi surunkali chuqur kariyes jarayonining 
rentgen surati ko`zdan kechirilganda, yuza dentin qavat tagida qalin, 
ikkilamchi (zamestitelniy) dentin hosil bo`lganligining guvoxi bo`lamiz. 
Bu xol esa kovak charxlangan paytda og`riq sezilmaganidan darak 
beradi. Demak, biz bu yerda chuqur kariyesni aniqlaymiz. 
Surunkali gangrenoz pulpitda ko`pincha (80% ga yaqin) 
rentgenogrammada periodontal tirqishning kengayganligini, alveolyar 
suyak to`sig`ida osteoporoz (to`qima siyraklanishi), doimiy tish ildizi 
atrofida suyak to`qimasi surilib qo`shuvchi to`qima bilan to`lganligi 
(osteoskleroz), juda yupqa ikkilamchi dentin qavat hosil bo`lganligini 
(yoki umuman ikkilamchi dentin kanal yo`qligini) ko`rish mumkin. 
Kasallikni aniqlash (diagnostika) paytida ildizi shakllanmagan 
doimiy tishlarda kechadigan surunkali gangrenoz pulpitni, surunkali 
granulyatsiyalanuvchi (granuliruyushiy) periodont yallig`lanishidan 
farqlay (differensial diagnostika) olish ancha mushkullik tug`diradi. 
Chunki bunday holda doimiy tishning shakllanmagan ildizi kovagiga 
granulyatsiya to`qimasi o`sib kirib, uni to`ldirishi mumkin va uni biz 
ko`pgina hollarda ildiz pulpasi sifatida qabul qilishimiz mumkin. 
Yuqorida aytib o`tilganidek, bizga tish ildizining rentgen tasviri 
yordam beradi. Surunkali gangrenoz pulpitda rentgen tasvirida ildizning 
normal o`sish chegarasi yaqqol ko`rinadi. Granulyatsiyalanuvchi 
surunkali 
periodontitda 
shakllanmagan 
ildiz 
atrofidagi 
suyak 
to`qimasida destruksiya (to`qima yemirilishi) jarayonini ko`ramiz, uning 
sathi tish ildizi o`sish zonasi sathidan anchagina kattaroq bo`ladi, 


56 
chegarasi aniqlalmaydi. Surunkali periodontitda tish ildizi shakllanishi. 
Shu yoshdagi shakllanish me’yoridan ancha orqada qoladi. Gangrenoz 
pulpitda ildizlar o`lchami cog` tishnikidan farq qilmaydi va bola yoshiga 
mos keladi. 
Farqlab tashxislash davolashni to`g`ri rejalashtirishda juda 
muhimdir. Chunonchi, gangrenoz pulpitni davolashda shifokor ildiz 
pulpasining xech bo`lmaganda quyi (apikal) qismini saqlab qolishni 
nazarda tutmog`i lozim. Bu esa shakllanmagan ildiz rivojini davom 
ettirib, uning to`liq shakllanishiga olib kelishi mumkin. Surunkali 
periodontit yallig`langanda granulyatsiya to`qimasi o`zida dentin hosil 
qiluvchi odontoblast hujayralarini saqlamaydi, buning natijasida dentin 
hosil bo`lish jarayoni to`xtaydi. Bunday holda ildiz kanalini 
plombalashdan oldin, uni faqat o`lgan pulpa qoldiqlaridangina emas
balki granulyatsiya to`qimasidan ham yaxshilab tozalash zarur. 
3-4 yashar bolalarda surunkali gangrenoz pulpitning o`tkirlashib 
qaytalanishi juda og`ir kechishi mumkin. Bunday bolalarda tana harorati 
ko`tarilib, organizmning zaharlanish alomatlari yaqqol namoyon bo`ladi. 
Ular o`zlarini bexol sezishib injiqlanishadi, teri rangi oqarib, sovuq ter 
qoplashi mumkin. Kasallangan tish sohasida yuz-jag` yumshoq 
to`qimasining shishi, o`tkir limfadenit, ya’ni bolaning holati surunkali 
periodontitning o`tkirlashib qaytalanish belgilariga o`xshab ketadi. 
Pulpa bo`shlig`ini extiyotlab ochib, zond yuritilganda jarayonning 
o`tkirlashganligini ko`rish mumkin. 

Download 7.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling