«Bolalar folklori, ma’naviy so‘z o‘yinlar, harakatli o‘yinlar va tez aytishlar» mavzusida tayyorlagan
Download 271.77 Kb.
|
1-Topshiriq Mansurova N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. «Chertki» o‘yini
3. «Durra» o‘yini
O‘yinga tayyorlanish. O‘yinni boshlang‘ich sinf o£quvchilari o‘ynaydilar. O‘yinchilar doira hosil qilib cho‘qqayib o‘tiradilar. Bir o‘yinchi (boshlovchi) durrani qo‘liga o‘ragan holda ushlab turadi. О’yin tavsifi. O‘qituvchi signal berishi bilan o‘yinchilar boshlarini tizzaga qo‘yib ko‘zlarini yumadilar. Shunda durrachi o‘yinchi qo‘lidagi durra bilan doira chetida aylanib yurib, bildirmasdan birorta o‘yinchining orqa tomoniga qo‘yadi va yurishni davom ettiradi. O‘yinchilar darrov orqalariga qaraydilar, orqasiga durra qo‘yilgan o‘quvchi durrani oladi va boshlovchini doira cheti bo‘ylab quva boshlaydi. Boshlovchi doirani aylanib kelib quvayotgan o‘quv-chining joyiga o‘tirib olishi kerak. Agar boshlovchi o‘tirishga ulgurmasdan quvayotgan o‘yinchi durrasi bilan boshlovchini ursa, boshlovchi durrali o‘yinchini quvadi. U ham o‘zini joyiga o‘tirib olishga harakat qiladi. O‘tirib olmasa, o‘zi boshlovchi bo‘lib qoladi. O‘yin qaytadan boshlanadi. O‘yin vaqti belgilanmavdi. O‘yinni 3—6 daqiqagacha davom ettirish mumkin. О’yin qoidalari. 1. O‘rinsiz qolgan o‘yinchi onaboshi bo‘ladi. 2. Durra tutgan o‘yinchi onaboshini ushlab olsa o‘rinlarini almashadi. Pedagogik ahamiyati. O‘yin barcha o‘ymchilaming diqqat e’tiborini, sezgirligini, topqirligini, harakat malakalarini tarbiyalaydi. Shu bilan birga chaqqonlik, tezlik, chidamlilikni tarbiyalaydi. O‘yinning o‘ziga xos harakatlari yugurish hisoblanadi. 4. «Chertki» o‘yini O‘yinga tayyorlanish. O‘yin bolalaming sezgirlik, diqqat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. O‘ynovchilar chek tashlab ikki jamoaga bo‘linadi. Jamoalar bir-birlariga qarama-qarshi 8—10 m masofada turadilar. Har jamoaning o‘yinboshisi o‘z jamoasidagi o‘ynovchilarni qushlar, hayvonlar, o‘simliklar va mevalar nomi bilan ataydilar. Qora rangdagi ro‘molcha tayyorlab qo‘yiladi. О’yin iavsifi. O‘yin boshlash huquqini olgan o‘yinboshi raqib o‘ynovchilardan birining boshini yoki qo‘lini ro‘mol bilan bog‘ laydi va o‘z o‘yinchilaridan birini yangi nom bilan chaqiradi. U bildirmasdan kelib ro‘molni bir necha marta chertadi, o‘zi joyiga borib turadi. O‘yinboshi bog‘iangan ro‘molni yechib oladi, u chertgan o‘ynovchini qidira boshlaydi. Agar chertgan o‘yinchini topsa, o‘z komandasiga olib qaytadi, topolmasa, shu jamoada qoladi. 0 ‘yin jamoada 1—2 ta o‘ynovchi qolguncha davom etadi. So‘ngra o‘yinboshilar o‘rin almashadilar. О‘yin qoidalari. 1. Ro‘mol boshni siqmaydigan qilib bog‘lanishi lozim. 2. Agar ro‘mol qora bo‘lmasa, ko‘p qatlash kerak. 3. Har ikkala jamoa o£ynovchilarning yangi nomlari sir saqlanishi kerak. 4. Chertayotgan o£ynovchi orqasidan sekin chertishi darkor. Pedagogik ahamiyati. O‘yin yoshlarda diqqat-e’tiborni, sezgirlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi. O‘yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik, aniq mo‘ljal olish natijalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinni o£ziga xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir. Download 271.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling