«Bolalar folklori, ma’naviy so‘z o‘yinlar, harakatli o‘yinlar va tez aytishlar» mavzusida tayyorlagan
Download 271.77 Kb.
|
1-Topshiriq Mansurova N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Arqon talashish
Harakatli o‘yinlar
1. Qirq tosh O‘yinga tayyorlash. O‘yin maysazorda, sport zalida yoki maydonchada o‘tkaziladi. Start chizig‘idan boshlab uzunasiga har bit bolani hisobga olib (6—6, 10—10, 20—20 va h.k.) bir metrdan aniq parallel chiziqlar belgilanadi. Har bir bola tosh o‘rniga bittadan lattadan tikilgan koptokchani qo‘liga ushlab tayyorlanib turadi. О‘уinning tavsifi. Hakam yoki tarbiyachining hushtagiga binoan har bir bola belgilangan har bir metrga yugurib borib toshni yoki koptokni qo‘yib, o‘z joyiga qaytib olib keladi. Oxirgi o‘yinchi toshini olib borib qaytgandan so‘ng yana biri o‘z toshini yugurib borib qaytib olib keladi. Qaysi jamoa birinchi bo‘lib o‘z koptokchalarini terib ohb kelsa, o‘sha jamoa g‘olib deb hisoblanadi. O‘yinning qoidalari. Chiziqdan chiqish, koptokchani boshqa o‘yinchilarga uzatish, oldindan start chizig‘idan chiqish man etiladi. Pedagogik ahamiyat. O‘yin tezkorlik reaksiyasi, aniq mo‘ljalga olish, harakatlarning o‘ziga mosligini, tez fikrlashni o‘rgatadi. Chunki, о‘yin jamoali bo‘lganligi uchun jismoniy his qilishni rivojlantiradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati koptokni doiraga aniq qo‘yish va olib kelish. 2. Arqon talashish О’yinga tayyorlanish. Maydonchaning qarama-qarshi tomonlariga o‘zaro parallel ikki chiziq o‘tkaziladi. Hamma o‘ynovchilar kuch jihatdan baravar ikki jamoaga bo‘linadilar va chiziqlar orqasiga o‘tib turadilar. Ikki chiziq oralig‘iga — maydonchaning o‘rtasiga sertugun qilib o!ralgan arqon qo‘yiladi. Arqonning qoq o‘rtasiga rangli latta bog‘lab qo‘yilgan bo‘ladi. O‘yinning tavsifi. Tarbiyachi signal berishi bilan ikkala jamoa o‘yinchilari yugurib kelib, arqon tugunlarini yechadilar va uni o‘z tomonlariga tortadilar. Belgilangan 45 sekund-1 daqiqa mobaynida arqomiing ko‘proq qismini o‘z chizig‘idan o‘tkazgan jamoa g‘olib hisoblanadi. О‘yinning qoidalari. 1. Faqat signal berilgandan keyingina chiziqdan o‘tib, arqon tomonga yugurish mumkin. 2. Har bir jamoa arqonni talashayotgan vaqtda uning rangli lattagacha bo‘lgan bir qismidan, ya’ni arqonning yarmidan ushlashi mumkin. 3. Arqon faqat qo‘l bilan tortiladi. 4. Oyoqni tirash uchun yemi yumshatish, chuqurchalar o‘yish, qo‘llar bilan yerga tayanish, arqonni oyoqlar orasiga qistirish, yerga o‘tirish yoki yotish mumkin emas. Shu qoidalami buzib, arqonni o‘z tomoniga tortib o‘tqazgan jamoaning yutug‘i hisobga olinmaydi. Pedagogik ahamiyati. Bu o‘yin bolalarda tez harakat qilishni, tezlik, chaqqonlikni, sabr-toqat bilan harakat qilishni tarbiyalaydi. O‘yin ko‘proq jamoa bo‘lib harakat qilish, chidamlilik malakalarini oshirishga yordam beradi. Metodik ko‘rsatmalar. Bu o‘yinda o‘quvchilarning kuch va chaqqonligini oshirishga, birdamlik biian harakat qila olishlariga erishish lozim. Uni o‘g‘il bolalar bilan ham, qiz bolalar bilan ham (alohida-alohida) o‘tkazish mumkin Download 271.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling