«Bolalar folklori, ma’naviy so‘z o‘yinlar, harakatli o‘yinlar va tez aytishlar» mavzusida tayyorlagan
Download 271.77 Kb.
|
1-Topshiriq Mansurova N
Tez aytishlar:
Ahmad aka Rahmat akani koʻrdi. Ali, Vali, Gʻani, Sayfi, Said qani? Asad asil asal saqlaydi. Bashar hasharga shoshar, Yashnar hasharda Bashardan oshar. Bedarak bedana bedazorda bedor boʻldi. Bir burun koʻrdim burunnan burun, eshikdan chiqdi burunnan burun Bir juft choʻp koʻpmi, qoʻsh juft choʻp koʻpmi? Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir tup turp. Bir tup tutning tomiri bir tup turpning tomirini turtib turibdi, bir tup turpning tomiri bir tup tutning tomirini turtib turibdi. Boqi boqqa, Soqi toqqa bordi. Boqi botir buzoq boqar. Boqi quritgan qoqi qoq quruq qoqi. Boshqotirma Boltavoyning boshini qotirdi. Bu boʻri boʻz boʻrimas chiyaboʻri. Bulturgi burgutni bugun Urgutda koʻrdim. Chinoz jiydazori chindan Chilonzor chinorzoridan katta. Chovli - simdan, chovgum - misdan. Chumchuq chugʻurchiqni choʻqimasa, chugʻurchiq chumchuqni choʻqimaydi. Erkin egatga ertaki ekinni ekdi. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq. Gʻani gʻildirakni gʻizillatib gʻildiratdi, gʻildirakni Gʻani gʻildiratib gʻizillatdi. Gʻuj gʻujum ustida chugʻurlashib, gʻujqa gʻujum choʻqilatmaydi. Gulnora Gulmiraning singlisimi, Gulmira Gulnoraning singlisimi? Gulsara gul saralab, gul sanadi. Halim hil-hil pishdi. Halima hammasini hazm qildi. Halimani sanama, Salimani sana. Ikki ayiq qayiqqa qaradi, oq ayiq oldin qaradimi, qora ayiq oldin qaradimi? Jamila jiydani joyiga joyladi. Javlonbek jajji Joʻrabek bilan joʻra, jajji Joʻrabek Javlonbek bilan joʻra. Joʻja choʻchib, goʻja choʻqir. Joʻra joʻrga joʻr boʻldi. Joʻrabek bilan Javlon, juda joʻra jonajon. Juvarini chumchuq yeb ketdi. Egasi ertaga kelaman deb ketdi. Kelmay ketgur koʻr chumchuq, juvarini egasi kelguncha vayron qilib ketdi. Komil, Kamol kamalak koʻrdi. Lola arralaydi, Sora allalaydi. Mashhura moshxoʻrdani shoshib shimirdi. Mavluda hovlida hovliqib tirubdi. Metalchi Mutal metalli detal yasadi. Moshdan tosh, toshdan mosh boʻlmas. Namanganda usta Musa puch pistafurush bor ekan. Oʻsha usta Musa puch pistafurushning oltmish uch pud puch pistasi bor ekan. Oltmish uch pud puch pistasi boʻlsa ham oʻsha usta Musa puch pistafurush, oltmish uch pud puch pistasi boʻlmasa ham oʻsha usta Musa puch pistafurush. Namanganlik Toʻlagan toʻla lagan handalak yegan. Niyoz piyoz archdi, Fayoz piyoz artdi; Piyozdan Niyozning koʻzi achidimi, Fayoznikimi? Nodir novvoyxonadagi novvoydan non oldi. Non yasashasizmi, sholi sanashasizmi? Download 271.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling