«Bolalar folklori, ma’naviy so‘z o‘yinlar, harakatli o‘yinlar va tez aytishlar» mavzusida tayyorlagan


Download 271.77 Kb.
bet4/6
Sana21.03.2023
Hajmi271.77 Kb.
#1285333
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Topshiriq Mansurova N

5. “Qidirib top” o‘yini
О’yinga tayyorlanish. O‘yin sport maydonchasida, dam olish bog‘larida o‘tkaziladi. O‘yinda to‘rtta o‘quvchi o‘yinboshi qilib saylanadi.
О‘yin tavsifi. O‘qituvchi signal bergandan so‘ng to‘rtta o‘quvchi o‘yinboshi bo‘lib, o‘girilib yoki bolalarga orqasini o‘girib ko‘zlarini yumib turgan holda quyidagi so‘zni aytadi.
Oyog‘ing tagida osh taxta,
Ko‘zingga qumu, paxta.
Shu so‘zni aytib bo‘lganlaridan so‘ng orqalariga qaramaydilar, qolgan o‘yinchilar esa har tomonga tarqalib yashirinib oladilar. Yashirinib olganlaridan so‘ng ular turli joylarga, chuqurlarga, butalarga, daraxtlar, predmetlar orasiga yashirinishlari mumkin. Shundan so‘ng o‘yinboshilar yashiringan o‘yinchilarni maydon o‘rtasiga olib keladilar. Agarda yashiringan o‘yinchilaming bitta yoki ikkitasini topolsalar, unda o‘yinboshilar o‘rtaga chiqib, «Biz yengildik» — deb aytadilar, maydon o‘rtasiga olib keladilar.
О’yin qoidalari. 1. Ro‘mol boshni siqmaydigan qilib boglanishi lozim. 2. Agar ro‘mol adras bo‘lmasa, ko‘p qatlamlilik bo‘lishi shart. 3. Har ikkala tomonda o‘ynovchilaming yangi nomlari sir saqlanishi kerak. 4. Chertayotgan o‘ynovchi og‘ritmasdan sekin chertishi darkor.
Pedagogik ahamiyati. O‘yin bolalarda diqqat-e’tiborni, sezgirlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi. O‘yin chidamlilik, epchillik, tezkorlik, aniq mo‘ljal olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinning o‘ziga xos harakati sekin bildirmasdan yurishdir.


Bolalar folklori, ma’naviy so‘z o‘yinlar, harakatli o‘yinlar va tez aytishlar


Bolalar folklori – kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining o‘zaro uyg‘unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o‘yinlar, qo‘shiqlar va musiqiy poetik janrlarning yaxlit bir tizimiga aylangan xalq og‘zaki ijodiyotining o‘ziga xos tarmog‘idir.
Oʻzbek bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932-yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi.
Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan.
O‘zbek bolalar folklori namunalarini to‘plash, nashr etish va ilmiy-estetik qimmatini o‘rganishga uzoq zamonlar e`tibor berilmay kelindi. XX asrning dastlabki choragi oxirlarida bu ishga kirishilgan esa-da, u uzluksiz jarayonga aylanmadi. Elbek to‘plab, tartib berib 1937-yilda chop ettirgan «Bolalar qo‘shig‘i» to‘plamidan O. Safarov tartib bergan «O‘zbek xalq ijodi» seriyasida 1984-yilda bosilib chiqqan «Boychechak» to‘plamigacha kechgan salkam yarim asrlik uzilish ana shu fikr dalili bo‘la oladi. O‘zbek bolalar folklorini o‘rganish 60yillardan e`tiboran izchillasha bordi.
Z.Husainovaning «O‘zbek topishmoqlari» (1966), G‘.Jahongirovning «O‘zbek bolalar folklori» (1975), shuningdek, O.Safarovning «Bolalarni erkalovchi o‘zbek xalq qo‘shiqlari» (1983), «O‘zbek bolalar poetik folklori» (1985), «Alla-yo alla» (1999), «Chittigul» (2004), Sh.Galievning «O‘zbek bolalar o‘yin folklori» (1998) singari tadqiqotlar tufayli bu izlanishlarning samaralari ko‘zga tashlanadigan bo‘ldi. Shuni ham aytish kerakki, folklorshunoslar orasida mavsum va marosim qo‘shiqlariga munosabatda ularning ijodkori har qachon kattalar bo‘lganini e`tirof etish bilan bolalarning bu sohadagi qo‘shiqchiligini yo cheklash, yo tamoman inkor etish hollari ham mavjud. To‘g‘ri, marosimlarni kattalar uyushtirganlar. Ularning o‘tkazilish tartiblarini ham, rasm-rusumlari va qo‘shiqlarini ham kattalar ijod etganlari rost.
Lekin unutmaslik lozimki, shu marosimlarning birortasi ham bolalar ishtirokisiz o‘tmagan; hech bo‘lmaganda, bolalar tomoshabin sifatida unga qatnashganlar va kattalar bajargan ishlarni ko‘rgach, o‘sha marosimni keyinroq o‘yinda muqallid qilib o‘zlari bajarganlar, shu muqallidlariga yarasha qo‘shiqlarni to‘qiganlari ham ayni haqiqat. Binobarin, bolalarning ham o‘z marosim va mavsum qo‘shiqlari yuzaga kela boshlagan.



Download 271.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling