Syujetli-rolli o’yinlarning shartli real vaziyati bolaga o’ziga tanish hayotiy obrazning qayta bajarishida yordam beradi. Bola harakatlarning o’zidan, qush va xayvonlarga taqlid qilishdan quvonadi: qushchadek parvoz qiladi, quyonchadek sakraydi, toychoqdek chopadi. Shuning uchun ham o’yin paytida kulgi, quvonchli xitoblar eshitilib turadi va o’yin jarayonining asosida endi bolaking oddiy ijrochilik aktivligi, o’yin obraziga kirishga dastlabki urinishlari qaror topadi.
Milliy o’yinlar bolalarning kuch va qobiliyatlarini o’stiradi, ularni xayotga tayyorlaydi. Xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari kabi milliy harakatli o’yinlar xam uzoq tarix osha bizgacha etib kelgan. Milliy o’yinlar orqali bolaning nutqi o’sadi, aqliy qobliyati rivojlanadi, jismonan epchil va baquvvat bo’lib o’sishi ta’minladi. O’zbek milliy o’yinlari bolalarni iymonli, e’tiqodli, aqliy barkamol, sog’lom qilib tarbiyalashda yordam beradi.
Sport o’yinlari bularga voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Sport o’yinlarida eng avvalo maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh xususiyatlari hisobga olinadi, shuning uchun faqat sodda, biroz harakat texnikasi qoidalari, o’yinni tashkil etishning haqiqiy elementlari tanlanadi. Shu tufayli o’yin omillari katta kishilarda bo’lganidek jismoniy va asabiy zo’riqish uyg’otmaydi. Ayni paytda ular maqsadga intilganlik, o’rtoqlik va ma’suliyat hissini va sportga muhabbatini tarbiyalaydi. Ularda bolalar musobaqasi, o’yin estafetasi elementlari mavjud. Sport o’yinlari harakatli o’yinlarni uyushgan holda o’ynaydigan va harakatli o’yinni mustaqil tashkil etadigan bo’lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o’yinlari harakatli o’yinlardagidan ko’proqo’zini tuta bilishini, uyushqoqlikni, kuzatuvchanlik muayyan harakat texnikasini, harakatining tezkor reaktsiyasini egallashni talab qiladi. Agar harakatli o’yinlarda bolalar ijodiy tashabbus ko’rsatganxolda turli harakatlardan foydalansalar, sport o’yinlarida harakatlarni bir qadar chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o’yinning o’ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi bilan belgilanadi. Sport o’yinlarida qatnashuvchilar soni aniq belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o’yin muddati vaqti chegaralanganbo’ladi. O’yinlarni o’tkazish shartlari maxsus tayyorlangan joyni, belgilangan maydonchani, tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |