Bolalar lug`atini boyitishda ta'limiy o`yinlar Reja


Download 59.57 Kb.
bet3/7
Sana31.03.2023
Hajmi59.57 Kb.
#1311620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu bolalar lug`atini boyitish

Didaktik o‘yinlarda bolalarning yosh, individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. O‘yinda o‘yin tempi va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalarni hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega.

Ko‘rgazmali materiallar bilan o‘ynaladigan ta’limiy o‘yinlar.

Savodxonlik mashg'ulotlarida nutq ustida ishlash tarbiyachining asosiy vazifasi
bo'lib, bu vazifalarni maqsadli amalga oshirishda u bir qancha usul va
uslubiyotlardan foydalanadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalar bilan oddiy matematik
tasavvurlarni tarkib toptirish, jismoniy tarbiya, musiqa va boshqa mashg'ulotlarni
tashkil etadi. Bu mashg'ulotlarda bolalar sanashga o'rganadilar, vaqt va uning
qismlarini, geometrik shakllarni, narsalarning o'lchamini, oddiy matematik
tasavvurlarni bilib oladilar, loy va plastilindan har xil buyumlar yasash, rasm
chizish (tasviriy faoliyat mashg'uloti), ashulalar, raqslar (musiqa), gimnastika
mashqlari, umumrivojlantiruvchi mashqlarni bajarishga (jismoniy tarbiya)
o'rganadilar. Asosiy dastur vazifalari bilan bir qatorda, lug'atni boyitish va
faollashtirish vazifasi ham kiritiladi. Masalan, oddiy matematik tasavvurlarini
o'stirish mashg'ulotlarida bolalar geometrik shakllarning nomlarini: uchburchak,
kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, oval, doira va boshqalarni; vaqt tushunchalarini:
ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasi, sahar, shorn, xufton; o'lchamiarning
nomlarini: katta, kichik, uzun, qisqa, baland, past va hokazo; fazoviy
tushunchalarni: pastda, balandda, yonda, orqada, oldinda va son tushunchalarini
bilib oladilar. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida esa harakat nomlarini, masalan,
yurish, o 'tish, kelish, ketish, kirish; qadam qo yish, qadam tashlab o 'tish; yugurish,
chopish, yugurib borish, sakmb-sakrab o'tish, tirmashib tushish va hokazolarni bilib oladilar va ularni o'z nutqlarida ishlatishga o'rganadilar. Shunday qilib, bolalar
bog'chasida lug'at ishi turli xildagi vositalar yig'indisining bolalarga ta'sir etishi
asosida amalga oshiriladi


Download 59.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling