Bolalar lug`atini boyitishda ta'limiy o`yinlar Reja


Download 59.57 Kb.
bet6/7
Sana31.03.2023
Hajmi59.57 Kb.
#1311620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu bolalar lug`atini boyitish

1—2 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Barmoqqa barmoq», «G‘oz-g‘oz», «G‘oz tursin», «Bup-bup», «Toy-toy», «Poyezd», «Achom-achom» o‘yinlari, go‘dak endi bir-ikki qadam tashlashni o‘rganayotgan vaqtda gavdasini to‘g‘ri tutishga yordam beradigan o‘yinlar hisoblanadi. 3-4 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan o‘yin turlari: «Ot o‘yin», «Ko‘z boylagich», «Chori chambar», «Avval akam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».

4-5 yoshli bolalar bilan o‘ynaladigan о‘yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan». Katta yoshdagi bolalar uchun o‘yinlar «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi, ko‘k terak». Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hoziijavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi.

Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalarni ma’naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‘z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanish tuyg‘ulari, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.

Misol tariqasida “Qo'g'irchoq oshpaz ishlayapti" (5 yoshli bolalar bilan)
ta'limiy o'yin mashg'ulotining namunasini keltiramiz. Stol ustida qo'g'irchoq
oshpaz, oshxona idish-tovoqlarining to'plami, o'yinchoq gaz plitasi, „oziq-ovqat"
qo'yilganstol.
T a r b i y a c h i : Bolalar, bizga Shuhrat ismli yangi oshpaz keldi. U yaqinda
oshpazlar tayyorlaydigan bilim yurtini (maktabini) bitirgan, uning hali ish tajribasi yo'q. Unga sizning yordamingiz kerak. Men oshpaz Shuhrat nomidan gapiraman va ishlarni bajaraman, sizlar esa, agar men xato qilsam tuzatasizlar, siz xato qilsangiz,oshpaz tuzatadi. Tushunarlimi? Oshpaz Shuhrat (tarbiyachi). Sizlarga sabzavotlardan qanday ovqat tayyorlab beray?
Vali. Sabzili kotlet... Shuhrat aka, siz sabzili kotletni qovuring.
O s h p a z S h u h r a t . Yaxshi. Hozir men sabzili kotlet tayyorlayman: avval
go'shtni olaman... Go'shtni? (oshpaz Shuhratning xatosini bolalar to'g'rilashi uchun go'sht so'zini intonatsiya bilan ajratib aytadi).
Noila. Shuhrat aka, go'sht kerak emas.
O s h p a z S h u h r a t . Nima uchun? Go'sht oziq-ovqat mahsuloti emasmi?
Noila. Go'sht oziq-ovqat mahsuloti, ammo siz sabzili kotlet tayyorlamoqchisiz,
demak, sabzi kerak.
Oshpaz Shuhrat . Voy, to'g'ri! Qiyma tayyorlash kerak, sabzini maydalash
kerak. Hozir men uni sabzavot maydaiagichga solib o'tkazaman, qirg'ichda
maydalash ham mumkin, keyin sabziga yorma (manniy yorma) quyaman, tuxum
chaqib solaman. Men to'g'ri aytmadimmi? Behzod, nima deysan?
Behzod. Yormani quymaydilar, soladilar. (Agar Behzod xatoni tuzata olmasa,
oshpaz Shuhratning o'zi xatosini eslab, uni tuzatadi.)
O s h p a z Shuhrat. Endi kotlet qilaman, hozir unga botirib olaman,
Lola, unni to'kadilarmi yoki quyadilarmi?
Lola. Unni to'kadilar.
Oshpaz Shuhrat. Endi tovaga yog'ni to'kaman va kotletni qovuraman, to'g'rimi?
Ra'no, balki nimanidir to'g'ri aytmagandirman?
Ra'no. Shuhrat aka, yog'ni to'kmaydilar, quyadilar. Hamma suyuq narsalarni
quyadilar, sochiluvchan narsalarni esa to'kadilar (sochadilar), qattiq narsalarni
soladilar. (Ra'noni bu javobni aytishga oldindan tayyorlash mumkin.)
Oshpaz Shuhrat . Ha, ha, Ra'no, men endi e'sladim, suvni, qaymoqni, yog'ni va boshqa suyuq narsalarni quyadilar; yormani, tuzni, shakarni, unni soladilar (to'ka-dilar), go'shtni, sabzavotlarni, saryog'ni tovaga, tovoqqa qo'yadilar. Men bularni esimdan chiqarmashgim uchun, sen Lobar, yana bir marta bularni men uchun takrorla, nimalarni quyish mumkin?
Lobar . Har qanday suyuq narsalarni: suvni, yog'ni, qaymoqni, sutni quyadilar.
Oshpaz Shuhrat. Yaxshi, Lobar. Karim, nimani solish mumkin?
Karim . Yorma, un, tuz, shakar solinadi.
Shu tariqa rejadagi suhbat davom etadi. Bunday mash-g'ulotlarni o'tkazish tarbi-yachidan oldindan tayyorgarlik ko'rishni talab etadi. Buning uchun ta'limiy o'yin rejasini tuzib olish, ishtirok etuvchilarni tanlash, voqealarning borishini nazorat qilish lozim. Bunday mashg'ulotlar bolalarning nutqini faollashtirish maqsadida tashkil etiladi, shuning uchun so'zlashuvda bolalarning faol ishtirok etishlarini nazarda tutish kerak.


Download 59.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling