Bolalar, qizlar navbat bilan yaxmalak otishar, faqat Umidagina
Mavzuning o`rganilish darajasi
Download 413 Kb.
|
Bolalar, qizlar navbat bilan yaxmalak otishar, faqat Umidagina (1)
Mavzuning o`rganilish darajasi. O`zbek tilshunosligida o`tgan asrning oxirida struktural, semantik va substansial yo`nalishlarda amalga oshirilgan tadqiqotlar tilning ontologik mohiyatini ochib berdi. Ularning yutuqlari o`zbek tilining navbatdagi tadqiq yo`nalishini belgilab berdi. Hozirgi davrda jahon tilshunosligi, jumladan, o`zbek tilshunosligida tilning axborot texnologiyalari va kommunikativ vositalarning to`xtovsiz rivojlanish asridagi o`rni va vazifasi bilan bog`liq tadqiqi ilmiy tahlil yo`nalishlarini o`zgartirdi. Til tizimi va uning qurilish birliklarida mavjud lisoniy imkoniyatlar nutq voqeligida muayyanlashadi. Shunday ekan, XXI asr tilshunosligida til, shaxs va jamiyat tushunchalari ilmiy qimmati oshdi. Bu tushunchalarni bog`lab turgan inson hayotidagi muhim siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, madaniy, ma’naviy, ruhiy, axloqiy munosabatlar fanda alohida-alohida ilmiy tahlil usullari va mezonlarini belgilab berdi. Oqibatda tilshunoslikda tilning mazkur munosabatlar zanjirida faollashadigan amaliy vazifalari tadqiqiga e`tibor kuchaydi. Jahon tilshunosligida ilgarilab ketgan sotsial lingvistika tarmoqlari o`zbek tilshunosligiga ham ta’sirini o`tkazdi. Chunonchi, P.Grays, T.A.Deyk, Dj.R.Syorl, D.Frank kabi olimlarning roman-german tilshunosligidagi va A.A.Akishina, N.D.Arutyunova, V.V.Bogdanov, A.M.Bushuy, M.S.Kagan, L.P.Krisin, A.A.Leontyev, N.I.Formanovskaya, L.V.Sherba kabi tilshunoslarning rus tilshunosligidagi tadqiqotlari pragmatik tahlil namunalari hisoblanadi. Bu o`zbek tilshunosligida pragmatik lingvistikaning ”ildiz otishi’ga yordam berdi. Zamonaviy tilshunoslikda pragmatika nutqqa lisoniy faoliyat −fikr almashtirish va o`zgalarga ta’sir ko`rsatish, bu faoliyatni yaratish va bunyod etishning asosiy turlaridan biri sifatida yondashadi. Shuning uchun nutqning ta’sirchanligi, tezkorligi, mantiqiyligi va samaradorligini lisoniy faoliyat doirasida tadqiq etish markaziy o`rinni egallaydi. O`zbek tilshunosligida T.A.Bushuy, Sh.Iskandarova, M.Kamolova, S.Mo`minov, A.Nurmonov, S.Raximov, Sh.Safarov, N.Turniyozov, M.Hakimov kabi tilshunos olimlar o`zbek tilining pragmatik talqiniga o`z hissalarini qo`shishgan. Ularning ishlarida pragmatik lingvistika va uning tadqiq obyekti, pragmatik birliklar va asosiy tushunchalar, pragmalingvistik tahlil usullari va tamoyillari o`rganilgan [22;41;9;43;13;15;21;32; 29;33;30;34;35;37;44]. Shu bilan birga, nutqiy muloqot jarayoni stilistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika, nutq odobi va madaniyati, diskursiv lingvistika nuqtayi nazaridan tahlil qilingan.
Download 413 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling