Bolalar, qizlar navbat bilan yaxmalak otishar, faqat Umidagina


Download 413 Kb.
bet6/19
Sana07.04.2023
Hajmi413 Kb.
#1339293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Bolalar, qizlar navbat bilan yaxmalak otishar, faqat Umidagina (1)

O`qidimMen o`qidim.
IshladikBiz ishladik.
Bir tarkibli ixcham sodda gaplarda kesim tarkibida III shaxs, birlik son ma’nosiga ishora bo`lsa ham, gapning egasini tiklash mumkin emas. Masalan, “Tarqatildi”, “Yesa bo`ladi, “Ko`rish mumkin”, “Oqshom edi” (va h-zo).
O`zbek tilida eganing gapda ifodalanganligi yoki ifodalanmaganligi ikki tarkibli sodda gaplarning ikki turli bo`lishini ko`rsatadi: 1) ikki tarkibli egali sodda gaplar; 2) ikki tarkibli egasiz sodda gaplar.
Zamonaviy sintaksisda ega bilan kengaygan ikki tarkibli sodda gapga nisbatan an’anaviy “sodda yig`iq gap” atamasi qo`llanmoqda.
Bir tarkibli sodda gapning yig`iq ko`rinishi ixcham gapga teng bo`ladi. M.Abuzalovaning tadqiqoti va zamonaviy sintaksisda mavjud ilmiy qarashlar asosida [W] va [Pm]larning ifodalanishi va [Pm] asosida kengayishiga ko`ra gap turlarini ajratish mumkin. Lekin bu o`rinda ularni birma-bir tavsiflashga zarurat yo`q. So`z kengaytiruvchilari va gap bo`laklari orasidagi munosabatlarni atroflicha yoritish asosiy vazifalar sirasidan o`rin olmagan. Gap minimal qolipi nutqda gaplarning turli ko`rinishlarini voqelantiradi. Jumladan, yoyiq va yig`iq gaplar hosil qilishda so`z kengaytiruvchilari va gap kengaytiruvchilarining gap qurilishiga ta’sirini inobatga olish lozim. Chunki nutqda gaplar kengayib, yoyiq gaplarni va kengaytiruvchilarsiz qo`llanib, yig`iq gaplarni hosil qiladi. Tabiiyki, bu umumiy gap qolipining xususiy ko`rinishlarida alohida o`rin egallaydi va gapning nutqiy qurilishiga ta’sir qiladi.
O`zbek tilida gapning minimal qurilish qolipining olti asosiy ko`rinishi mavjud. Quyidagi qoliplar [WPm]=SGning variantlari sifatida ajratiladi:
1.[IWPm I]=SG.2. [IWPmYo]=SG.
3.[Э+ IIWPm Yi]=SG.
4.[Э+ IIWPm Yo]=SG.
5.[Э- IIWPm Yi]=SG.
6.[Э- IIWPm Yo]=SG [40; 6].
Shaxsni tavsiflash, gap markazini hamda kesimlik ko`rsatkichlarini moddiy shaklda ifodalash, modal ma’nolarni berish, gapni ifoda maqsadiga ko`ra, nutq sharoitiga moslashtirish, gapda ohang tugalligini shakllantirish kabi tom ma’noda nosintaktik hodisalar [WPm]=SG va uning olti variantida berilgan qurilish ko`rinishlarining ustqurmasidir. Gap qurilishiga aloqador bo`lmagan bu hodisalar nutqdagi muayyan gaplarda nosintaktik hodisalarning gap qurilishidagi in’ikosi sifatida qaralishi lozim. Nutqda ro`yobga chiquvchi bu ma’nolar nutqdagi gaplar uchun benihoya zarur va ular gapdan tashqarida bo`lishi mumkin emas. Biroq ulardan birortasi ham gap qurilishi uchun muhim ahamiyatga ega emas. Chunki bir xil qurilishdagi gap ifoda maqsadiga ko`ra darak ham, so`roq ham, buyruq ham, undov ham bo`lishi va modal ma’nosiga ko`ra, qat’iy ishonch ham, neytral ham, taxmin ham bo`lishi mumkin. Shunday ekan, tahlilda lisoniy va nutqiy xususiyatlarni farqlaganda, sodda gapning lisoniy qoliplari nutqda voqelanishi uchun qaysi kategoriyalar prizmasidan o`tishini, o`tish jarayonida qanday ma’no bo`yoqlariga “bo`yalishi”ni va nutqda voqelashgan gap qolipning shu “bo`yoqxona”lardan o`nlab ranglarga “bo`yalib” chiqqan hosilasi ekanligini unutmaslik kerak.

Download 413 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling