III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBALARNING SAMARADORLIGI VA ULARNING MUHOKAMASI
3.1. Yosh gandbolchilarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash orqali tadqiqot natijalarining qiyosiy taxlili.
Tajriba davomida tajriba va nazorat sinflarida o‘quvchilar tayyorgarligining turli tamoyillari dinamikasining qiyosiy tahlili o‘tkazildi, olingan ma’lumotlarning ishonchliligi baholandi, tayyorgarlik ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi aniqlandi.
Asosiy pedagogik tajribani o‘tkazish jarayonida tajriba guruhida (biz tomondan) dasturdagi jismoniy mashqlarni o‘rgatish va har bir darsning zichligini oshirish, jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturlardan foydalanildi. Nazorat guruhida ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan dastur, ya’ni an’anaviy dars o‘tkazish uslublari bo‘yicha shug‘ullanildi.
Asosiy pedagogik tajriba jarayonida o‘quvchilar tayyorgarligi qiyosiy baholandi. Jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan ularda harakat ko‘nikma va malakalarinig tashkil toptirish, vosita va uslublar majmuasidan foydalanib, xususan tabaqali yondashish orqali individual ta’sir ko‘rsatish ijobiy natijalarga olib keldi. Ayniqsa, bu yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalarning u yoki bu harakat sifatlarining rivojlanish yo‘nalishini, qachon ko‘proq jadal o‘sish namoyon bo‘lishini bilish zarur.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchi yoshlarni har xil jismoniy rivojlanish, ularning yoshi jinsi va albatta jismoniy tayyorgarlikka ega ekanligini xisobga olgan holda ularga individual yondashish zarur. Ushbu ishni bajarish uchun har bir sinfdagi o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, ularning individual qobiliyatiga qarab guruhlarga ajratib, me’yorlangan yuklama berib tekshiriladi.
Tadqiqot jarayoni boshida quydagi natijalar olindi:
Tenis to’pini 6 metrli 1x1m.li nishonga urush (6 marta urunish).
Testning ta’rifi: Tekshiruvchilar 6 metr uzoqlikdan harakatlanib kelib 1x1m.li nishonni urish talab qilinadi.Urinishlar soni 6 marta hisoblanadi. Mashqni bajaruvchi mashqni belgilangan chiziqni bosmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |