Mavzu: Populyasiya soni va zichligini aniqlash. Darsning maqsadi


Download 307.22 Kb.
bet1/5
Sana23.09.2023
Hajmi307.22 Kb.
#1685376
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Populyatsiya zichligini aniqlash


Mavzu: Populyasiya soni va zichligini aniqlash.


Darsning maqsadi: Talabalarga populyasiyalarning soni va zichligi hamda bu ko`rsatkichlarning o`zgarib turishi haqida nazariy ma`lumotlar berish, amaliyotda populyasiya soni va zichligini aniqlash usullaridan foydalanish ko`nikmalarini shakllantirish.
Dars o`tish vositalari: o`quv va uslubiy qo`llanmalar, turli organizm populyasiyasi soni va zichligi ko`rsatilgan jadval, ish daftari, metr o`lchagich, 1m2 yoki 0,5 m2 yuzali to`rtburchak ramka, pinset, mikrokalkulyator. Ishning bir qismi dala sharoitida bajariladi.
Dars o`tish usullari: suhbat, aqliy hujum, interfaol usullar va savol-javob, amaliy topshiriqni mustaqil bajarish hamda olingan natijalarni munozara qilish tarzida olib boriladi. Bunda talabalarning mustaqil, erkin fikrlash va fikrlarni bayon etishga o`rgatish uchun ularga mavzu bo`yicha savollar beriladi, talabalar guruh-guruh bo`lib amaliy ishni mustaqil bajaradilar va natijalarni bayon qiladilar, natijalar o`qituvchi bilan birgalikda tahlil qilinadi.


Darsning mazmuni:

«Populyasiya-o`z-o`zini yaratishga qobiliyatli, shu turning boshqa individlari majmuasidan makonda va zamonda alohidalashgan bir turga mansub individlar majmuasidir».


Populyasiya individlar majmuasi sifatida ayrim olingan individlardan quyidagi belgilari yoki ko`rsatkichlari bilan ajralib turadi:
1) populyasiya soni- ajratilgan maydondagi individlarning umumiy soni;
2) populyasiya zichligi- maydon yoki hajm birligidagi individlar soni;
3) tug`ilish- vaqt birligida ko`payish natijasida paydo bo`ladigan yangi indivilar soni;
4) o`lim- ma`lum vaqt oralig`ida nobud bo`lgan individlar sonini ko`rsatadigan ko`rsatgich;
5) populyasiya sonining o`sishi- o`lim va tug`ilish o`rtasidagi farq;
6) o`sish tezligi- vaqt birligi ichida populyasiya sonining o`sishi;
Populyasiyalarni o`rganishda asosan ikki guruh miqdoriy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Bularning birinchisi statik ko`rsatkichlar bo`lib, populyasiyaning ma`lum vaqtdagi holatini tavsiflaydi. Ikkinchisi dinamik ko`rsatkichlar bo`lib, ma`lum vaqt oralig`ida populyasiyada o`tadigan jarayonlarni tavsiflaydi. Statik ko`rsatkichlarga populyasiya soni va zichligi hamda populyasiya strukturasining ko`rsatkichlari (yosh, jins va boshqa strukturalar) kiradi. Shuni ta`kidlash kerakki, statik ko`rsatkichlar, albatta, doimiy bo`lmasdan, vaqt davomida o`zgarib turishi mumkin. Lekin bu o`zgarishlar jadalligi dinamik ko`rsatkichlar bilan baholanadi.

Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling