Mavzu: Populyasiya soni va zichligini aniqlash. Darsning maqsadi
Populyasiya sonini va zichligini aniqlash
Download 307.22 Kb.
|
Populyatsiya zichligini aniqlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Namuna maydonchasi
- 4. Ajratib olish usuli
Populyasiya sonini va zichligini aniqlash.
Populyasiya soni va zichligini o`lchash, aniqlash uchun tabiiy sharoitda quyidagi usullar qo`llaniladi: 1. Umumiy hisob usuli. Bu usul bilan dala sharoitida yirik sut emizuvchi hayvonlar (masalan, dashtdagi saygaklar, tekislikdagi bizonlar) yoki ko`payish davrida ko`p organizmlar to`plangan joyida (dengiz qushlari, tyulenlar va bosh.) hisobga olinadi. 2. Namuna maydonchasi (10, 100, 1000 m2) usuli bo`yicha ma`lum joyda uchraydigan organizmlar sanaladi, og`irligi o`lchanadi va shunday namuna maydonchalari orqali katta maydon organizmlariga baho beriladi. 3. Belgi qo`yish usuli bo`yicha birinchi tutilgan qushlar, harakatchan hayvonlarga tamg`a, belgi qo`yiladi va keyin tutilganda populyasiyaning umumiy soni aniqlanadi. 4. Ajratib olish usuli bo`yicha populyasiya ichidan ma`lum miqdordagi organizmlar ayrim aydonlardan ajratib olinadi. Bu narsa vaqti-vaqti bilan qaytariladi va har safar chiqarib olinadigan son kamayib ketmasa, populyasiyada o`sish, ko`payish turg`un ekanligi aniqlanadi. 5. Maydonlarga bo`linmagan usuli esa daraxt va butalarga o`xshab bir joyga birikkan organizmlar populyasiyasiga qo`llaniladi. Bunda bir daraxt bilan ikkinchisi orasidagi masofa aniqlanib, daraxtlar zichligi belgilanadi. Populyasiya soni va zichligini aniqlash uchun o`quv binosi yaqinidagi yashil maydon (daraxtzor) tanlanadi. Daraxtlarning turlari aniqlanadi va ularning soni sanab chiqiladi. Olingan ma`lumotlar amaliyot daftariga qayd qilinadi. Bu ma`lumotlar daraxtlar populyasiyasining sonini ifodalaydi. Daraxtlar zichligi 100 m2 maydondagi individlar sonida ifodalanadi. O`tchil o`simlik zichligini aniqlash uchun ajiriq, qo`ng`irbosh, bug`doyiq yoki boshqa o`simlik tanlanadi. 1 m2 maydon ajratilib, tanlangan turga mansub o`simliklar soni sanab chiqiladi. Bunday namunalar ajratilgan maydonning turli qismlaridan bir necha marta olinadi va o`simliklarning 1 m2 maydondagi o`rtacha soni aniqlanadi. Olingan natija mazkur o`simlik populyasiyasining zichligini ifodalaydi. Hisoblash ishlari o`quv xonasida olib boriladi va natijalar amaliyot daftariga qayd qilinadi. Download 307.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling