Mavzu: Populyasiya soni va zichligini aniqlash. Darsning maqsadi


Populyasiya soni va zichligi haqida nazariy ma`lumotlar


Download 307.22 Kb.
bet2/5
Sana23.09.2023
Hajmi307.22 Kb.
#1685376
1   2   3   4   5
Bog'liq
Populyatsiya zichligini aniqlash

Populyasiya soni va zichligi haqida nazariy ma`lumotlar
Populyasiya soni deganda mazkur populyasiyadagi individlarning umumiy soni tushuniladi. Tabiatdagi populyasiyalarda individlar sonini aniqlash juda qiyin. Ko`pchilik hollarda populyasiya soni oddiy sanash yo`li bilan aniqlanadi. Ba`zan populyasiya sonini aniqlashda individlarga belgi qo`yish usuli qo`llaniladi.
Ko`pchilik hollarda populyasiyadagi individlarning umumiy sonini aniqlash imkoniyatlari bo`lmaydi. Shuning uchun alohida namunalar olinib, bu namunadagi individlar soni aniqlanadi. Bunday holatlarda aniqlanadigan kattalik populyasiya soni emas, balki populyasiyaning zichligidir.
Populyasiya zichligi - maydon birligidagi individlar sonidir. Har bir guruh organizm uchun zichlikning o`ziga xos baholash va ifodalash usullari mavjud. Masalan, o`tchil o`simliklar populyasiyasining zichligi turtburchak yoki aylana ramkalar yordamida o`lchanadi. Bunda ramka yerga o`rnatilib, uning ichidagi o`simliklar sanaladi. Bentos organizmlar maxsus cho`michlar bilan suv tubi loyqasining ma`lum yuzasini kesib olib sanaladi. Plangton organizmlar zichligi esa plangton setkalar bilan yoki batometr yordamida ma`lum hajmdagi suvni olib aniqlanadi. Quruqlik va bentos o`simlik va hayvonlarning zichligi ko`pincha maydon birligidagi organizmlar sonida ifodalanadi. Plangton organizmlar zichligi esa hajm birligidagi yoki yuza birligidagi organizmlar soni bilan ifodalanadi.
Ba`zan populyasiya zichligi ma`lum yo`nalish bo`yicha organizmlarning uchrash soni bilan o`lchanadi. Masalan, qushlarni zichligi yoki qishda sut emizuvchilarning qordagi iziga qarab zichligi aniqlanadi. Ba`zi hollarda populyasiya zichligi bilvosita yo`llar bilan aniqlanadi, ya`ni zichlik bilan bog`liq ko`rsatkichlar orqali. Masalan, baliqlar zichligini ovning hajmiga qarab o`lchash, hayvon zichligini bir yilda tayyorlov sexiga topshirilgan mo`yna miqdoriga qarab aniqlash yoki tutqichlarga tushgan organizmlar soniga qarab zichlikni aniqlash va hokazo.
Populyasiyaning soni hech vakt bir xil qolmay, u doim o`zgarib turadi. Populyasiyaning soni turni ko`payishiga (serpushtligiga) va o`lishiga bog`lik. Ko`payish jarayonida populyasiya soni o`sadi, o`lganda kamayadi. Populyasiyaning zichligi ma`lum maydondagi son miqdori yoki bo`lmasa miqdori bilan belgilanadi. Masalan: 1 ga maydonga 150 ta qarag`ay yoki 1 m3 suvda 0,5 g siklop populyasiyani zichligini ko`rsatadi. Populyasiya zichligi ham o`zgaruvchan. Ko`p hayvonlar, ayniqsa qushlar harakatchan bo`lganligi uchun ular katta territoriyalarda tez tarqalib, aniq chegaraga bo`lmagan keng arealga ega bo`ladi. Sekin harakat qiluvchi suvda va quruqda yashovchilar, mollyuskalar, toshbaqalar tarqalish maydoni uncha katta bo`lmay, arealini aniqroq chegarali bo`ladi. Ba`zi hayvonlarni (olmaxon, quyon, qushlar, hasharotlar) populyasiyasini dinamikasi ozuqani etarli bo`lishiga bog`liq. Ba`zan populyasiya sonini o`zgarishi aniq bo`lmaydi, ammo tabiatda biron turni populyasiya soni bir xil qolmaydi, hatto qisqa muddatda ham. Bu abiotik va biotik omillarni ta`siriga, o`sish va ko`payishiga, rivojlanish tezligiga, o`lishiga bog`liq. Masalan, poliz qo`ng`izi, karadrinada. Ammo populyasiya sonining o`zgarishini chegarasi bor. Boshka biologik tizimlar singari populyasiya ham o`z-o`zini boshqarish xususiyatiga ega. Har bir tur populyasiyasini zichligini yuqori va pastki chegarasi bor, undan chetga chiqa olmaydi. Agar qulay sharoit bo`lsa populyasiya zichligi optimal darajada bo`ladi, biroz o`zgarishi mumkin. Shunga qaramasdan mayda hayvonlar (hasharotlarda, qushlarda, sichqonlarda) sonining mavsumiy o`zgarishi sezilarli darajada bo`lishi mumkin. Masalan: kemiruvchi sichqonlarda bir mavsum davomida uning soni 300-500 marta, hasharotlarda 1300-1500 marta oshadi. Hayvonlar sonini bunday o`zgarishini sababi har xil bo`lishi mumkin. Albatta tabiatda populyasiya soni oshgach, keyin u yana kamayib ketishi mumkin (ovqat etmasligi, parazit yoki yirtqichlari ko`payishi va boshqa sabablar tufayli). Hayvonlar sonini ko`payishi davriy bo`lmagan va davriy xarakterga ega bo`ladi. Hayvonlar ko`payishini davriy bo`lmagan xarakterda bo`lishiga Avstraliyada quyonlarni ko`payib ketishi yoki Evropa, Osiyo mamlakatda kolorado qo`ngizini ko`payishini misol keltirish mumkin. Populyasiya sonini davriy o`zgarishiga har necha yilda biron tur sonini ko`payib ketishi yoki mavsumiy ko`payishi kiradi. Har 4 yilda leminglar (kemiruvchilar), shimol tulkisi, karadrina ko`payib turadi. Ba`zi hayvonlarda mavsumiy ko`payish bo`ladi (poliz qo`ng`izi, qushlar). Bu – kuchayishni oxirida yosh hayvonlarni paydo bo`lishiga bog`liq.



Download 307.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling