Tezkorlikni tarbiyalash
Tezkorlik - bu yuqori sinf o’quvchi qiz basketbolchining ma’lum sharoitda qisqa vaqt ichida u yoki bu harakatlarni bajara olish qobiliyati tushuniladi.
Tezkorlikni tarbiyalash uchun turli stiklik mashqlarni qayta-qayta maksimal tezlikka yaqin yoki maksimal tezlikda bajarish lozim. Misol uchun qisqa masofaga tezlikni oshirib yugurish, velosiped xaydash va shu kabilar. Tezlikni doim oshirib borish hamda harakat amplitudasini maksimal darajaga etkazish darkor.
Mashqlarni engillashtirilgan sharoitda (qiyalikdan pastga yugurish, lider ketidan yugurish va h.k.) yoki avval og’ir sharoitda keyin esa oddiy sharoitda bajarish kerak.
Tezkorlikni tarbiyalash mashqlarini yuqori sinf o’quvchi qiz basketbolchining o’zi yoki murabbiyi signal yordamida tezlikni nazorat qila olsa va baholay bilsa samaraliroq bo’ladi.
Tezkorlik mashqlarini maksimal tezlikda bajarilishi uchun musobaqa metodidan foydalanish mumkin.
Tezkorlikni tarbiyalash uchun mashqlar:
Biron bir narsani otib ilish.
Xuddi shuni o’zi engil to’ldirma to’plar bilan bajarish
Gimnastika skameykasiga sonni tekkizib qo’llar bilan maydonga tayanib, qo’llarni bukib-yozish qo’llarni yozganda tez qarsak chalish.Xuddi shuni o’zi, biroq oyoqlar uchi bilan skameykaga tayangan holda bajarish.
Turnik oldida turib, sakrab qo’llarni tirsaklarda bukilgan holatga keltirib osilib turish.
D.h- Oyoqlar elka kengligida, oldinga tez engashib qo’llarni cho’zish.
Xuddi shuni o’zi to’ldirma to’p bilan bajarish.
D.h - Oyoqlar kengroq joylashgan, oldinga engashgan holtda qo’llar yon tomonda. Gavdani chap va o’ng tomonga burish.
Xuddi shuni o’zi, engil gantellar bilan.
D.h - Cho’kka o’tirish. Tezlik bilan bir oyoqda muvozanatni saqlash, qo’llar oldinda, yonda so’ngra tezlik bilan dastlabki holatni egallash.
Xuddi shuni o’zi, to’ldirma to’p, gantel bilan bajarish.
D.h. - Tez balandga sakrash.
Xuddi shuni o’zi, tizzalarni ko’krakka tekizib.
D.h. - Tez oldinga-yuqoriga sakrash.
Xuddi shuni o’zi to’ldirma to’plarni ustidan gantellar bilan sakrash.
Cho’kka o’tirgan holatda, sakrab-sakrab oldinga harakat qilish.
Xuddi shuni o’zi yonga, orqaga sakrab harkat qilish.
Yarim o’tirgan va qo’llari bilan tizzasiga tayangan holatdagi sherigini ustidan sakrab o’tish.
G’ov ustidan sakrab o’tayotgandek yugurish.
60-80 sm balandlikdagi g’ov ustidan sakrab yugurish.
Do'stlaringiz bilan baham: |