Bolalar va o’smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorlov guruxida Gandbol mashgulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish


III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBALARNING SAMARADORLIGI VA


Download 0.97 Mb.
bet2/22
Sana23.06.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1652347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Gandbol Dastlabki tayyorlov guruhi

III BOB. PEDAGOGIK TAJRIBALARNING SAMARADORLIGI VA ULARNING MUHOKAMASI…………………………………………….

48

3.1. Yosh gandbolchilarni jismoniy sifatlarini tarbiyalash orqali tadqiqot natijalarining qiyosiy taxlili…………………………………………………

48

3.2. O‘tkazilgan tajribani samaradorligi……………………………………..

68

XULOSA……………………………………………………………………

70

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………..

72



KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamalakatimizda yosh avlodni har tamonlama barkamol inson etib tarbiyalash davlat siyosatining bosh masalalari sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2017-yil 3-iyuldagi ,,Jismoniy tarbiya va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3031sonli qarori va 2018-yil 5-martdagi ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida’’gi PQ-5368 sonli farmoni, 2020-yil 30-oktabrdagi ,,Sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish va ommoviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’rida”gi PQ-6099 farmoni va 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 3031-sonli Qarori / Xalq so‘zi, 4 iyun 2017 yil. Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5368 sonli Farmoni. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 16 iyuldagi “Davlat ta’lim muassasalari huzurida sport klublarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 542-sonli qarori.
Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.
Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishda ularni jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish….yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etishbelgilab qo‘yilgan.[45-b, 15-b,65-b,75-b]
O’zbekistonda sog’lom avlodni kamol toptirish, ta’lim-tarbiya berishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, jamiyatning rivojlanishida muhim ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazifalardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
Bu esa yosh avlod tarbiyasini yanada kuchaytirish, ularni o’z xalqi, mustaqil davlati vajamiyati oldidagi burchini his etish ruhida tarbiyalashdek g’oyat muhim vazifalar bilan bog’liqdir.
Mazkur mavzuni “Bolalar va o’smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorlov guruxida Gandbol mashgulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish” deb tanlashimizdan maqsad, bugungi kunda sport turlari ichida shug’ullanuvchilar soni jihatidan nihoyatda keng ommaviylashganligi bilan muhim o’rinni egallaydi. Gandbollning sirlarini to’la qonli mukammal egallash bugungi kunning dolzarb masallaridan biri hisoblanadi.[145-b, 115-b, 126-b]
Shu nuqtai nazardan qaraganda biz tanlagan mavzuning dolzarbligi va muhimligi yaqqol namoyon bo’ladi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling