Tadqiqotning maqsadi. Bolalar va o’smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorlov guruxida Gandbol mashgulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish. Dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanayotgan yosh ganbolchi o’quvchilarni maxsus mashqlar qo’llash yordamida mashg’ulot jarayoni samarasini tashkil qilishning pedagogik xususiyatlarini o’rganish.
Tadqiqot vazifalari. Ushbu maqsadga erishish quyidagi vazifalar asosida amalga oshirildi:
Dastlabki o’rgatish bosqichida shug’ullanuvchi dastlabki tayyorlov guruxi Gandbolchilarning jismoniy rivojlanish darajasini o’rganish;
- BO’SMlarining Gandbol bilan shug’ullanuvchi o’quvchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlab, rivojlanish jarayonini kuzatish orqali ma’lum xulosalar chiqarish;
- BO’SMlarida Gandbol sport turi mashg’ulotlarida maxsus mashqlardan foydalanish orqali o’quvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashning samarador usullari, shakllari, yo’llarini aniqlash.
Tadqiqotning obyekt: Bolalar va o’smirlar sport maktablarida dastlabki tayyorlov guruxida Gandbol mashgulotlarini tashkil qilish metodikasini takomillashtirish
Tadqiqotning predmeti – Jizzax viloyati G’allaorol tumani 1-2-sonli sport maktabi gandbol sport mashg’uloti tayyorgarlik jarayoni.
Tadqiqotning ilmiy farazi.
Bir yil muddat davomida Bandbol bilan muntazam shug’ullangan gandbolchi o’quvchilarning jismoniy sifatlarini maxsus mashqlar orqali rivojlantirish usullari va funksional ko’rsatkichlari yuqori darajada shakllanishi ehtimol qilinadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. BO’SMlarda bilan gandbol bo’yicha o’tkazilgan tajriba mashg’ulotlarida qo’llanilgan o’rtacha shiddatda bajarilgan umumiy va maxsus jismoniy mashqlar, tadqiqot natijalari hamda ilmiy xulosalar.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda quyidagi ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan foydalanildi: mavzuga oid manbalarni o’rganish tahlil qilish va umumlashtirish, arxiv va davlat hujjatlarini o’rganish, statistik ma’lumotlarni tahlil qilish, xronometlash, kuzatish va suhbat metodlari.
Bitiruv malakaviy ishimizning metodologik asosi sifatida davlatimiz tomonidan qabul qilingan. Jismoniy tarbiya haqidagi qonun-qoidalar, me’yoriy xujjatlar, Prezident SH.Mirziyoyev asarlaridagi jismoniy tarbiya va sport haqidagi nazariy qarashlar, buyuk allomalarimiz va olimlarning ta’limotlari foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |