Bolalarda tug'ma va hayot davomida ortirilgan nuqsonli kasalliklar brill kasalligi
Download 33.02 Kb.
|
Bolalarda tug\'ma va hayot davomida ortirilgan nuqsonli kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Patogenezi.
KRIM GEMORRAGIK ISITMASI
Etiologiyasi. Qrim gemorragik isitmasining qo‘zg‘atuvchisi arboviruslarga mansub viruslar bo‘lib, tajriba hayvonlari uchun yuqumli hisoblanadi. Epidemiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisining disseminatsiyasida qon so‘ruvchi kanalarni oziqlantiruvchi xayvonlar (quyonlar, afrika tipratikonlari, qo‘ylar, sigirlar, echkilar) katta ahamiyat kasb etadi. Virurtlar kishi organizmiga transmissiv yo‘l, kana so‘lagi, kontakt, o‘zida viruslarni tutgan bemor ajratmalari orqali tushadi. Atrofdagi kishilar uchun bemorlar kasallikning birinchi kunlari, ayniqsa qon ketishi boshlangandan so‘ng juda xavfli hisoblanadi. Qrim gemorragik isitmasi kontakt yo‘l bilan yuqqanda, kasallikning kechishi bir muncha og‘irroq bo‘lib, bu narsa virusning tirik to‘qimalar orqali yuqqanda patogenlik xususiyatiniig ortib ketishi bilan bog‘lab tushuntiriladi. Kasallik-bahor va bahor-yoz faslida ko‘proq uchrab, mavsumiyligi bilai xarakterlanadi. Ko‘proq qishloq aholisi, kasallanadi. Kasallanish yoshga bog‘liq bo‘lmasada, lekin ko‘krak yoshidagi bolalarning kasallangan hollari kuzatilgan. Patogenezi. Teri orqali organizmga tushgan virus retikuloendotelial hujayralarda yig‘ilib, so‘ng qonga o‘tadi va virusemiyaga sabab bo‘ladi. Viruslar qon tomirlar endoteliysiga vazotrop ta’sir etish orqali va gipotalamik markazlarni hamda bo‘yrak osti bezi po‘stlog‘ini zararlab, tomirlar parezi paydo bo‘lishiga va o‘tkazuvchanlikning oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 7—10 kunni tashkil etadi. Kasallik bemorning eti uvishib, qaltirashi bilan boshlanadi. Tana qizib, harorat birinchi sutkada yuqoriga ko‘tariladi. Gemorragik oldi davri bir necha soatdan 6—8 kungacha davom etadi va umumiy zaxarlanish belgilari paydo bo‘ladi: qattiq bosh og‘riydi, bo‘g‘imlar va mushaklarda, butun tanada og‘riq paydo bo‘ladi. Behollik va tez charchab qolish hollari kuzatiladi. Ba’zan bosh aylanishi, og‘izning qurib qolishi, chanqash, yongil shamollash alomatlari paydo bo‘lib, bemor alahlaydi, ba’zan hushidan ketadi, boldir, mushaklarda qattiq og‘riq paydo bo‘ladi. Isitma katta turg‘unlikka ega bo‘lib, 7—8 kun davom etishi mumkin. Ko‘pgina hollarda «ikki to‘lqinli» bosqichli isitma chizig‘i kuzatilib, 3—5 kun harorat bir oz pastga tushadi. Gemorragik belgnlar turli darajada bo‘lib, harorat tushishi bilan bu belgilar o‘tib ketishi mumkin. Qrim gemorragik isitmasida toshmalar petekial xarakterda bo‘ladi. Ko‘pincha bemorlarda buyrakning zararlanishi kuzatiladi, lekin buyrak sindromi bilan kechadigan gemorragik isitmada buyrakning ifodalangan funksional yetishmovchiligi aniqlanmaydi. Periferik qonda leykopeniya, neytropeniya, trombotsitopeniya kabi o‘zgarishlar bo‘lib, ECHT ortib ketadi. Bolalarda leykopeniya va tromboiitopeniya ertaroq paydo bo‘ladi. Uzoq davom etish bilan xarakterlanadigan rekonvalessensiya davrida qon va siydikdagi o‘zgarishlar asta-sekin normaga kela boshlaydi. Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling