Bolalarda tug'ma va hayot davomida ortirilgan nuqsonli kasalliklar brill kasalligi
VIRUSLI GEPATIT BILAN OG‘RIB O‘TGAN BOLALARNI DISPANSERIZATSIYA QILISH
Download 33.02 Kb.
|
Bolalarda tug\'ma va hayot davomida ortirilgan nuqsonli kasalliklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- GEMORRAGIK ISITMALAR
- GEMORRAGIK ISITMA (BOSHLANG‘ICH SINDROM BILAN) Etiologiyasi
VIRUSLI GEPATIT BILAN OG‘RIB O‘TGAN BOLALARNI DISPANSERIZATSIYA QILISH
Virusli gepatitni boshdan kechirgan barcha bolalar kasallikning surunkali tus olishi va xunuk oqibatlarini bartaraf etish maqsadida doim vrach nazoratida bo‘lishlari lozim. Birinchi tekshiruvda klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshi chiqqan bolalarni poliklinikada infeksionist yoki gastroenterolog (ular yo‘q bo‘lganda uchastka pediatri) har 3—6 oyda tekshirnb turadi. Klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlarn yaxshi bo‘lgan bemorlar 6 oydan keyin dispanser hisobidan chnqarib tashlanadi. Gepatit V, delta-infeksiya bilan og‘rib o‘tganlar, A va V gepatitlari virusli gepatit bilan differensiallanmagan bemorlar kuzatuv mobaynida kasalxonada davolanish bilan birga ambulatoriya tekshiruvidan o‘tadilar. Birinchi marotaba tekshirilganda klinik-laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshi chiqqan bolalar 3, 6, 9 va 12 oylardan keyin qayta tekshiriladi. Hamma klinik laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan bemorlar kasalxonadan chiqqanlaridan 12 oy o‘tgach xisobdan chiqarilib yuboriladi. GEMORRAGIK ISITMALAR Bular tabiiy o‘choqli viruslar quzg‘atadigan o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, zaharlanish, isitma va gemorragik sindromlar bilan xarakterlanadi. Bu guruhga 10 dan ortiq kasallik turlari kirib, ulardan gemorragik isitma (buyrak sindromlari bilan) yoki uzoq sharq gemorragik isitmasi, Qrim isitmasi (uning turlaridan biri Markaziy Osiyo xili) va Omsk isitmasi uchraydi. GEMORRAGIK ISITMA (BOSHLANG‘ICH SINDROM BILAN) Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi arboviruslar guruhiga mansubdir. Virus tashqi muhitga uncha chidamli bo‘lmaydi. Epidemiologiyasi. Xozirgi vaqtda yovvoyi sichqonsimon kemiruvchilar (ondatralar va boshqalar) ni kasallik tarkatuvchilar deb hisoblash rasm bo‘lgai. Kasallik kemiruvchilar bilan bevosita aloqada bo‘lganda qanday yuqsa, bilvosita aloqada bo‘lganda ham shunday yuqadi. Qo‘zg‘atuvchilar transmissiv (qon so‘ruvchi bo‘g‘im oyoqlilar), alimentar, aspiratsion yo‘l va bevosita kemiruvchilar orqali yuqadi. Gemorragik isitma bilan barcha yoshdagi kishilar kasallanadi. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 50 yoshdan oshgan qariyalar kamdan-kam og‘riydi. Kasallikdan so‘ng mustahkam immunitet hosil bo‘ladi. Patogenezi. Virus teri yoki shilliq pardalar orqali organizmga tushib, retikuloendotelial hujayralarda ko‘payadi, so‘ngra qonga o‘tib, virusemiya — umumiy zaharlanishni keltirib chiqaradi. Viruslarning vazotrop xususiyatlari shunda namoyon bo‘ladiki, ya’ni bunda qon tomiri devorlarining o‘tkazuvchanligi oshib ketadi, bu kasallik uchun patologik hisoblangan to‘qimadagi plazmorreyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada perivaskulyar shish, ko‘plab qon quyilishi va nekrobioz o‘choqlarining paydo bo‘lishi kuzatiladi. Kasallikning patogenezi kapillarotoksikoz, gemorragik toshmalar, ko‘plab qon quyilishi, ichki a’zo to‘qimalari va markaziy nerv sistemasining zararlanishi, shish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kasallik avj olganda ko‘pincha gipotalamogipofizar, buyrak usti bezi yetishmovchiligi va infeksion toksinli shok xolat yuzaga keladi. Kapillarlar va mayda qon tomirlari devorlarining zararlanishi bilan kechadigan virusemiya kasallik boshlang‘ich davrining (1—3 kun) belgilarini keltirib chiqaradi. Buyrakning siydik ajratish qobiliyatining o‘tkir buzilishi viruslarning buyrak tomirlarga bevosita ta’siri bilan bog‘langan. Oliguriya, og‘ir hollarda esa anuriyaning kelib chiqishi buyrak yetishmovchiligining belgilari bo‘lib, bu elektrolit va azot almashinuvnning buzilishiga ham olib keladi. Poliuriya davrida buyrak patologiyasini keltirib chikaruvchi funksional buzilishlar asosida kanalchalar epiteliysining siydikni reabsorbsiya qilish qobiliyatining pasayishi va buyrak tugunlarida filtrlanishning kamayishi va aftidan endokrin bezlar ish faoliyatining buzilishi yotadi. Download 33.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling