Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Topshiriq: “Sen ham iste’dodingni sinab ko`r” mashqi


Download 4.68 Mb.
bet16/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

Topshiriq: “Sen ham iste’dodingni sinab ko`r” mashqi.
(O`qituvchi o`quvchilar orasidan she’r yozadigan, sportga qiziqadigan, musiqaga qiziqdaigan, mohir qo`llarni, til o`rrganishga qiziqdaigan, umuman qaysi fan yuzasidan iqtidori kuchlarni kuzatadi va rag`batlantiradi, bu rag`batlantirish bolaning o`ziga ishonchini rivojlantirsin)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.

MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
11-Mavzu: Davlatimiz bayrog‘i – faxr va iftixorimiz! (O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan)
Kun shiori: “Dunyoga chiqqan O`zbekistonim bayrog`i, g`alabalar sari tinmay hilpirayver!”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Davlat bayrog`iga bo`lgan hurmatni singdirish, davlat ramzlari muqaddas ekanligini singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “1991 yil 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i” qabul qilingan kun”.
O`qituvchi:

  • 5-modda. O’zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o’z davlat ramzlari-bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.

Har bir davlatning o`z bayrogi bo`ladi. Shu jumladan tarixga nazar tashlasak, bizning qadimgi turkiy davlatlarimizning ham o`z bayrog`i bo`lganligining guvohi bo`lamiz.
Sizning hukmingizga bir daqiqa tarixga nigoh tashlashingizni istardim va nima uchun har bir davlat o`z bayrog`ini ta’sis qilganligi, bayroq nima uchun muqaddas hisoblanganligini har birimiz o`zimizda his etib ko`rishimiz kerak.

Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog`I - O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabr kuni tasdiqlangan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i-mamlakat davlat suverenitetining ramzlaridan biridir. U bugungi O`zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`liqligini anglatadi hamda mamlakatning milliy-madaniy an’analarini o`zida mujassamlashtiradi.
Respublikamizda davlat ramzlari qonun tomonidan muhofaza qilinadi; O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yilning 22-sentabrida tasdiqlangan va 1995-yilning aprelidan kuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga alohida “Davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish” deb nomlangan 215-modda kiritilgan. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog`iston Respublikasining davlat bayrog`i, davlat gerbi yoxud davlat madhiyasiga hurmatsizlik qilish boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat deb ta’riflanib, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlariga mahkum etish jazosi belgilangan.
Davlat ramzi- bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog`i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi, mamlakat Konstitutsiyasida va muhim qaror hamda an’analarida o`z ifodasini topadi.
“Davlatimiz ramzlari- bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi, mana shu ramzlarni e’zozlash o`zining qadr-qimmatiga, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”,

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling