Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim


Download 4.68 Mb.
bet15/42
Sana08.11.2023
Hajmi4.68 Mb.
#1755965
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
8-sinf Sinf soati

O`qituvchi:
Biz demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatni barpo etish yo`lini tanlab, shu ezgu maqsad sari sobitqadamlik bilan intilmoqdamiz. Albatta, bunda biz iste’dodli yoshlarga suyanamiz.
Bu hayotiy muhim vazifa Istiqlol tengdoshi bo`lgan, bugun katta va mustaqil hayotga qadam qo`ya boshlagan yoshlarimiz zimmasiga ham ulkan mas'uliyat yuklaydi. Xalqimiz bekorga "...farzandlarimizga nafaqat ishonch bildirish, balki ularga o`zlarini amalda namoyon etishlari uchun maydonni kengaytirish kerak" demagan.
Hammamiz ham ulkan madaniyatga, boy ma'naviyatga va jahon sivilizatsiyasiga katta ta'sir ko`rsatgan millat vakillari ekanliklarimizdan hamisha g`ururlanamiz. Yoshlar esa shu bilan birga, buyuk ajdodlarimiz shon-shuhratiga, bugungi O`zbekistonimizning obro`-e'tiboriga, davlatimiz raqbarining ishonchiga munosib bo`lishga harakat qilishadi.
Insoniyat tarixidan ma'lumki, davlat va jamiyatning kuch-qudrati asosan ikki narsaga bog`liq. Biri - ILM-FAN bo`lsa, ikkinchisi - TARBIYA. O`z o`tmishimiz ham bunga yorqin misol bo`la oladi. Qaysi zamonda ilm-fan, madaniyat, ma'rifat taraqqiy etgan bo`lsa, aynan o`sha davrda yurtimiz gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, obro`-e'tiborga ega bo`lgan.
Yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ko`rsatilayotgan g`amxo`rliklar qadrini chuqurroq anglash, his qilish uchun dunyoga nazar tashlab, mulohaza yuritishga to`qri keladi. Shunday mamlakatlar borki, bolalarini o`qitish, qornini to`q, ustuni but qilishga qurbi yetmaydi. Kambag`allik, ocharchilik, turli xil kasalliklar girdobidan chiqib ketolmay boshqalarga qo`l cho`zib, xayriya so`rab yashaydi. BMT ma'lumotlariga ko`ra, dunyoda 854 million odam ocharchilikdan aziyat chekmoqda. YUNESKO ma'lumoti bo`yicha dunyoda maktab yoshidagi, 100 million bola o`qish imkoniyatidan mahrum.
Davlatimiz tarbiyadan hech narsani ayamayotgani, yoshlar siyosati izchillik bilan davom ettirilayotgani, yoshlarimiz o`z iste'dodlarini ro`yobga chiqarishi uchun imkoniyat maydoni kengayib borayotganini o`z ko`zimiz bilan ko`rib turibmiz. Masalan, ta'lim sohasidagi milliy dasturlarni hayotga tatbiq etish boshlanganidan buyon 1 ming 140 taga yaqin akademik litsey va kasb-hunar kolleji, 4 ming 680 tadan ziyod umumta'lim maktabi yangitdan qurildi va kapital ta'mirlandi. O`tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o`quv yurtlarini barpo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq byudjet va byudjetdan tashqari mablag`lar yo`naltirildi.
Bularning barchasi o`z kuchimiz, mehnatimiz bilan amalga oshirildi. Umid bilan sug`irilgan tayoq bir kun berar mevayu yaproq, deganlaridek, qisqa vaqt ichida yoshlar tarbiyasi bilan bog`liq sa'y-harakatlarimizning natijalari bo`y ko`rsata boshladi. Bir necha yillardan beri o`tkazib kelinayotgan «Nihol», Zulfiya nomidagi mukofotlar, «Yangi avlod» respublika bolalar ijodiyoti festivali va «Kelajak ovozi» ko`rik-tanlovlari, «O`zbekiston madaniyati va san'ati forumi» iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash borasida amalga oshirayotgan xayrli ishlar, «Barkamol avlod», Universiada musobaqalari yurtimizning deyarli barcha viloyat va tumanlarida, olis qishloqlarda iste'dodli yoshlar voyaga yetayotgani, ular buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo`lishga intilayotganlaridan dalolat beradi. Birgina sportning o`zida keyingi yillarda yoshlarimiz erishgan yutuqlardan har qancha faxrlansak oz.

Download 4.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling