Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat


Download 40.36 Kb.
bet6/14
Sana25.10.2023
Hajmi40.36 Kb.
#1722241
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Takroriy o’qib berish. Bolalarda qiziqish uyg’otgan kichik asarni o’qib yoki hikoya qilib bergach, yana 1 — 2 marta takror hikoya qilib berish yoki o’qib berish yaxshi natija beradi. Agar hikoya qilib beriladigan asar hajmi yirik bo’lsa, u vaqtda eng qiziqarli yoki bolalarga yoqqan joyi takror o’qib beriladi. Tarbiyachi takror o’qib berishni 2 — 3 hafta o’tgach o’tkazgani ma’qul.
Katta guruhlarda tanlab o’qish (asarning eng qiziqarli joylarini, boshlanishini, xotima qismini, bolalarga yoqqan joyini) usuli ham qo’llaniladi. Bunday o’qish o’yin usulida, topishmoq aytish, viktorina tarzida berilishi mumkin. (Bu parcha qaysi asardan? Bu ertak yoki hikoya nima bilan tugadi? Bu asarning qaysi joyi sizlarga juda yoqdi? Bu parcha hikoyadanmi yoki ertakdanmi va hokazo.)
Sahnaiashtirish va inssenirovka bolalarni badiiy asar bilan ikkinchi marta tanishtirish vositasidir. Eshitilgan asar mavzusi bo’yicha dramalashtirilgan o’yinni hamma yosh guruhlarida o’tkazish mumkin. Dramalashtirilgan o’yin odatdagi o’yindan rollarga bo’linib o’ynatadigan tayyor voqea borligi bilan farq qiladi. Dramalashtirilgan o’yin uchun qahramonlarning nutqi dialog shaklida yozilgan asarlarni tanlash maqsadga niuvofiq hisoblanadi.
Masalan, bunday o’yinlar uchun ‘Qi7.il Shapkacha", ‘Tulki", ‘Xo’roz bilan mushuk", ‘Bo’g’irsoq" va boshqalardan foydalanish mumkin.
Tarbiyachi badiiy asarni o’qib yoki hikoya qilib bergandan so’ng, bolalar bu asar mazmuniga taalluqli rasmlarni ko’radilar. So’ngra tarbiyachi kim qaysi qahramon rolini o’ynashini so’rab, bolalarni rollarga bo’lib chiqadi. Dastlab o’zi boshqaruvchi bo’ladi. Bolalar matnni yaxshi o’zlashtirib olishgach, takror o’ynashda hamma rollarni o’zlari o’ynaydilar. Ertak yoki hikoyani dramalashtirish uchun tarbiyachi oldindan qahramonlarning (obrazlarning) kastum elementlarini (masalan, ‘Qizil Shap- kacha“ ertagini dramalashtirish uchun qizil shapkacha, bo’ri, kampir, quyon, tulki, ayiq va hokazolarning niqobini) tayyorlab qo’yadi.
Bolalar bog’chasida badiiy asar inssenirovkasidan foydalaniladi. Bolalar oldindan rollarni yod oladilar, repetitsiya qiladilar. Dekoratsiya, kastum kengroq qo’llanilib, kerakli musiqa tanlanadi. Bunday spektaklni bayram kunlari, ota-onalar majlisiga bag’ishlab tayyorlash mumkin.

Download 40.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling