Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat
’ . Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish uslubiyoti
Download 40.36 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- H. Niyoziyning ‘Toshbaqa bilan Chayon" masalini o’qib berish.
5’ . Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish uslubiyoti
Har bir yoshda bola nutqini rivojlantirishning o’ziga xos vazifalari bo’ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o’sib borgan sari bu vazifalar murakkablashib boradi. Biz hozir quyidagi guruhlar bo’yicha badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg’ulotini o’tkazish yo’llarini ko’rib o’tamiz. IKKINCHI KICHIK GURUH Mashg’ulot o’tkazishda tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: bolalarda badiiy adabiyotga nisbatan qiziqish uyg’otish; ertak, ermak, hikoya, she’rlarni berilib tinglash, tushunish, voqealar rivojini diqqat bilan kuzatish ko’nikmalarini hosil qilish; asar mazmuni bo’yicha beriladigan savollarga javob berish; ertak va hikoyalarning mazmunini buzmay (tarbiyachi bilan birga, keyinchalik mustaqii) takrorlash kabi ko’nikmalarni o’stirish; bolalarda asarlarga ishlangan rasmlarga nisbatan qiziqishni rivojlantirish. ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi“ga binoan, bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish deganda ertaklar, hikoyalar, she’rlar va kichik-kichik folklor asarlari: hazillar, ermaklar, ashulalar, tez aytishlar, maqol va matallarni o’qish tushuniladi. Kichik guruhdan boshlab bolalarni adabiy asar janrlarini ajrata olishga o’rgatish lozim. Tarbiyachi bolalarga badiiy asarning janrini aytishi kerak. Masalan, ‘Bugun men sizlarga ertak aytib beraman", ‘Hozir men hikoya o’qib beraman", ‘She’r o’qib beraman" kabi. Kichik guruh bolalari badiiy asar janri haqida eshitishi bilan ‘Masha va ayiq", ‘Qizg’anchiq it", ‘Mushuk, xo’roz va tulki", ‘Bo’ri bilan echki" ertak ekanligini, X. Ermatovning ‘Non", ‘Shaftoli" asarlari she’r ekanligini, X. To’xtaboyevning ‘Hassa", E. A’zamning ‘May yomg’iri" asarlari hikoya ekanligini esda olib qoladilar. Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda ertaklar hikoya qilib beriladi, hikoya o’qib beriladi, she’r yoddan aytib beriladi. Turli adabiy janrlar ularni bolalarga yetkazishning turli xarakterini talab etadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalarga ertaklarni kitobdan o’qib hcrmasdari hikoya qilib bergan ma’qul, bu bolalarga em nutqni eshitish va uni tushunish malakasini tarbiyalashga erishadi. Agar ertak mazmun jihatdan uncha katta bo’lmasa, uni ikki, hatto uch martagacha hikoya qilib berishi yoki eng qiziqarli joylarini takrorlashi mumkin. Asar (ertak) hikoya qilib berilgach, bolalardan ertakdagi eng qiziqarli joylarini esga tushirib takrorlash taklif etiladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun hajmi uncha katta bo’lmagan hikoya va ertaklarni, she’rlarni o’qib berish tavsiya etiladi. O. Mahkamovning ‘Mushuk", X. Ermatovning ‘Non", ‘Shaf- toli", ‘Anor" kabi asarlari kichkintoylarda ijobiy his-tuyg’ularni, nafosatni tarbiyalashga yordam beradi. Kichik guruhda she’r yoki hikoyalar o’qib berilgach, bolalarga o’z hayotlaridagi shunga yaqin voqealarni eslab aytib berish taklif etiladi. Masalan, M.Murodovning ,,To’p“ hikoyasi o’qib berilgach. bolalardan to’pni kim bilan o’ynashini, u bilan qanday o’yinlar o’ynashlarini so’rash mumkin. Kichik yoshdagi bolalarga ko’plab savollar berish yaramaydi, biroq asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini, qaysi so’zlar xotirasida qolganligini, asar mazmunida uning shaxsiy hayoti bilan bog’liq voqealar borligini aniqlash maqsadida ikkita- uchta savol berish kerak. Yil davomida bolalarga tanish bo’lgan hikoyalar, crtaklar, she’rlar takroran o’qib beriladi, hikoya qilinadi. Bu ertak va hikoyalar, she’rlaming bolalar xotirasida uzoq saqlanib qolishiga yordam beradi. O’RTA GURUH O’rta guruhda badiiy asarlarni idrok etish bo’yicha ishlar olib boriladi. Bu guruh bolalari endi asar mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar. Bolalar asardagi qahramonlarga nisbatan o’z munosabatlarini aniqroq ifoda etishga harakat qiladilar. Bu guruhda ham xuddi kichik guruhdagidek, tarbiyachi tanishtirayotgan adabiy asar janrini aytadi: Hozir men sizlarga o’zbek xalq ertaklaridan ‘Oltin tarvuz" ertagini hikoya qilib beraman yoki L. N. Tolstoyning ‘Ikki o’rtoq" hikoyasini o’qib beraman va h. k. Bu guruhda adabiy asar mavzu lari juda xilma-xildir. Tarbiyachi bolalar diqqatini asarning mazmunigagina emas, balki adabiy tilning ayrim xususiyatlariga (badiiy so’z va ifoda, o’xshatish va taqqoslash) ham yo’naltiradi. Tarbiyachi asarni o’qib bergach, bolalarga beriladigan savollarni puxta o’ylab, to’g’ri berishi kerak. Bolalarga beriladigan savol asardagi qahramonlarning xatti- harakatlarini baholashga, ular haqidagi o’z fikrlarini to’g’ri bayon etishga yordam berishi lozim. To’g’ri berilgan savol bolalarni o’ylashga, fikr yuritishga, xulosa chiqarishga undaydi. Masalan, ‘Oltin tarvuz" ertagini hikoya qilib bergach, quyidagi savollarni berish mumkin: ‘Bu ertakda nima haqida hikoya qilinadi? Sizga bu ertakda kim nimasi bilan yoqdi? Laylakni davolagan chol haqida nima deyish mumkin? Boy haqida-clu? Boy Laylakning oyog’ini sindirib to’g’ri ish qildimi? Nima uchun kambag’al cholning polizida oltin tarvuz unib chiqdi? Boyning polizida-chi? Boyni Laylak qanday jazoladi? Nima uchun Laylak boyni jazoladi?" Bunday savollar bolalar asar mazmunini qanday tushunib olganliklarini va asar qahramonlariga nisbatan munosabatlari qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi. Badiiy asarni to’g’ri tahlil qilish badiiy nutqning qimmatini oshiradi, bolalarni mustaqil hikoya qilishga tayyorlaydi. O’rta guruhda ham xuddi kichik guruhdagidek bolalar lug’atini boyitish bo’yicha ishlar olib boriladi, mashg’uiotda o’zlashtirilgan yangi so’zlarni mustahkamlash ustida ish olib boriladi. KATTA GURUH ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" katta guruh bolalarida badiiy-adabiy asarlarning mazmunini idrok etishda ifodali vositalarning ayrim xususiyatlarini aniqlay (seza) olishga o’rgatishni vazifa qilib qo’yadi. Katta guruh bolalari badiiy asarlar mazmunining ayrim xususiyatlarini, mazmunining ifodaliligini chuqurroq tushunib olish qobiliyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar adabiy asar janrlarini farqlay oladilar. Ular poeziya bilan prozani bir-biridan yengil ajrata oladilar. Tarbiyachi niashg’ulotni muqaddima suhbatidan (asar mazmuniga yaqin mavzuda), asar mazmuniga taalluqli rasmni ko’rsatib, u haqda suhbat o’tkazish, bolalarning shaxsiy tajribalariga tayanib suhbat o’tkazish bilan boshlashi mumkin. Ertakni o’qib bergandan so’ng, u tahlil qilinadi. Tahlilni shunday o’tkazish kerakki, bolalar asarning g’oyaviy mazmunini chuqur tushunib olsinlar. Bolalarni hikoya janrlari bilan tanishtirish jarayonida asarlarni bunday tahlil qilish tasvirlanayotgan voqealarning jamiyatdagi ahamiyatini, qahramonlarning o’zaro munosabatlarini ochib berishga yordam beradi. Asar o’qib yoki hikoya qilib berilgach, bolalarga beriladigan savollar asarning g’oyaviy mazmunini 258 aniqlashga, uni tushunishga yordam berishi, qahramonlarning xattiharakatlarini baholay olishga o’rgatishi kerak. Masalan, o’zbek xalq ertaklaridan ‘Zumrad va Qinimat" ertagi hikoya qilib berilgach, bolalarga quyidagi savollarni berish mumkin: ‘Bu ertakdagi qaysi qahramon sizga yoqdi? Zumrad haqida nima deyish mumkin? Qimmatni qanday qiz deyish mumkin? Nima uchun kampir Zumradga qimmatbaho sovg’alar beribdi? Nima uchun kampir Qimmatdan judayam xafa bo’libdi? Qimmat va uning onasi qanday jazolanibdi?" MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi" bu yosh guruhidagi bolalar oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: 1. Bolalarda kitobga, badiiy asarga bo’lgan muhabbatni tarbiyalash; badiiy obrazni his eta olish; poetik eshituv diqqatini rivojlantirish (jarangdorligini, ohangdorligini, shc’riy nutqning ritmikasini ilg’ab olish), o’qishning intonatsion ifodaliligini rivojlantirish. Ertak, hikoya, she’rlarning badiiy tilini his qilish va tushunish. Bu guruhda ham tarbiyachi badiiy asarlarni tahlil qilishdan keng foydalanadi. Bolalar asarni tahlil qilish orqali adabiy janrlarni, ularning xususiyatlarini tushunishga, ertak va hikoyalarni, she’rlarning ifodali tilini his etishga, badiiy shakl bilan mazmunning o’zaro bog’liqligini bilib olishga o’rganadilar. Badiiy asarlar bilan tanishtirishga doir o’tkaziladigan har bir mashg’ulotda nutqni rivojlantirish bo’yicha turli xildagi vazifalar qo’yiladi. Har bir mashg’ulot bolalarni, ya’ni she’r eshituvchini tarbiyachining bergan savollariga o’z fikrlarini bir-biriga bog’lab grammatik jihatdan to’g’ri va obrazii, badiiy qilib javob bcra olishga, ona tilidagi sinonimlardan foydalana olishga o’rgatishi kerak. Tarbiyachining asarni dastlabki o’qishdan maqsadi tinglovchilarga asarni san’at asari sifatida yetkazishdir. Bolalarni badiiy asar bilan ikkinchi rnarta tanishtirishda esa asar chuqurroq tahlil qilinadi, bolalarning diqqati badiiy ifoda vositalariga yo’naltiriladi. Tarbiyachi bu guruhda mashg’ulotni boshlashdan awal bolalarni adabiy asarni idrok etishga tayyorlaydi: asar mazmuniga yaqinroq mavzuda kichik suhbat o’tkazadi, bunda bolalarning shaxsiy tajribasiga murojaat etadi. Masalan, tarbiyachi bolalarga aka-uka Grimmlarning ,,Qorqiz“ asarini hikoya qilib bcrishda, awal shunday savollar beradi: Bolalar, qish faslida ob-havo qanday bo’ladi? Nima yog’adi? Bolalar qanday o’yinlar o’ynashadi? Qordan nima yasashadi? Kun isishi bilan qordan yasalgan narsalar nima bo’ladi? va h.k. Bunday tarzda o’tkazilgan kirish suhbati asar mazmunini chuqur anglab olishga yordam beradi. Ba’zan mashg’ulotni muallifning suratini ko’rsatishdan, shu muallifning qanday asarlarini bilishlarini so’rashdan ham boshlash mumkin. Shundan so’ng tarbiyachi ertakni hikoya qilib beradi, hikoya bo’lsa, o’qib beradi, asardagi notanish so’zlar ma’nosi tushuntiriladi, rasmlari ko’rsatiladi va asar mazmuni bo’yicha savollar beriladi, ya’ni o’qib berilgan asar yuzasidan suhbat o’tkaziladi. Asar o’qib berilgach (ertak hikoya qilib berilgach), bolalar bilan quyidagilar haqida suhbat o’tkazishimiz mumkin: Muallif tomonidan qo’yilgan savolga javob berish bo’yicha suhbat. Agar muallif bu asarni o’quvchilarga savol berish bilan tugallasa, bu savolga javob berish uchun suhbat o’tkaziladi. O’qib berilgan asar bilan bog’liq suhbat. Agar o’qib berilgan asar mazmuni bolalarning shaxsiy hayotiy tajribasi bilan bog’liq bo’lsa, tarbiyachi asarni o’qib bergach, o’z kuzatishlari, taassu- rotlari haqida gapirib berishni taklif etadi. Masalan. T. G’oyibovning ‘Hunarli yigit xor bo’lmas" asarini tinglagach, bolalar tarbiyachining taklifiga ko’ra hunarlar haqida, uning ahamiyati haqida gapirib beradilar. O’qib berilgan asar mazmuni bo’yicha suhbat. Bu suhbatning asosiy maqsadi o’qib berilganni eslash va asar mazmuni bo’yicha o’z fikrini bildirishdan iboratdir. Masalan, V.V Mayakovskiyning ‘Kim bo’lsam ekan?" asarini bir necha marta takroriy o’qish natijasida uning mazmuni bolalar xotirasida uzoq saqlanadi, so’ng bolalarga kasblar haqida, qaysi kasb ko’proq yoqishi haqida gapirib berish taklif etiladi. O’qib berilgan asarni gapirib berish uchun o’tkaziladigan suhbat. Tarbiyachi bu suhbat turidan ertak yoki hikoya o’qib bcrilgach foydalanadi. Bolalarga hikoya yoki hikoya qilib berilgan asar mazmuni yuzasidan savollar beriladi. Bu bolalarni hikoya qilib berishga va matnni esda saqlab qolishiga yordam beradi. Tarbiyachi bunday suhbat uchun oldindan savollar tuzib qo’yishi lozim. Quyida maktabga tayyorlov guruhida badiiy asarni hikoya qilib berish bo’yicha mashg’ulot namunasini keltiramiz. H. H. Niyoziyning ‘Toshbaqa bilan Chayon" masalini o’qib berish. Download 40.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling