Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat
Badiiy asarlarni o’qib berish mashg’u~ lotlariga tarbiyachining tayyorlanishi
Download 40.36 Kb.
|
4. Badiiy asarlarni o’qib berish mashg’u~ lotlariga tarbiyachining tayyorlanishi
Tarbiyachi badiiy asarlarni shunday o’qib yoki hikoya qilib berishi kerakki, u bolalarni o’ziga jalb qila olsin, bolalar asardagi obrazlaming siymolarini ko’z oldiga keltirib, tasavvur qila olsinlar va hayajonlansinlar. Tarbiyachining badiiy asarlarni o’qib yoki hikoya qilib berishga tayyorgarligi muallifning nima demoqchi ekanligini yoki xalq ertaklarining g’oyaviy mazmunini, unda ishtirok etuvchilarning xarakter va o’zaro munosabatlarini aniqlashdan boshlanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko’rsatiladi. Masalan: ‘Quyonning uychasi“ ertagida tulki ayyor, kuchsizlar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo’roz esa botir, topqir, kuchsizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi. Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon etish ustida ishlanadi. Bu uch yo’nalishda olib boriladi: 1) emotsional va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim qismlari o’rtasiga mantiqiy urg’u qo’yish; 3) aniq va to’g’ri talaffuzni hosil qilish; har bir so’zni to’g’ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina bolalar uni to’g’ri idrok etadilar. Tarbiyachi bunday tayyorgarlik jarayonida adabiy asarning g’oyaviy mazmuniga tushunib yetadi va matnni esda saqlay oladi, o’zining kichik tinglovchilari bilan erkin muloqotda bo’ladi va uning nutqi ravon, aniq bo’lib, ishonchli chiqadi, aytilayotgan so’z ishonarli, ta’sirchan, bolalar uchun tushunarli bo’ladi. Agar tarbiyachi bolalarga tanish bo’lgan asarni o’qib yoki hikoya qilib bermoqchi bo’lsa, ilgari uni bolalarga yetkazish ustida yetarli darajada ishlagan bo’lsa, u vaqtda mashg’ulotga quyidagicha tayyorlanadi: asar matnini va ilgari hosil qilingan ifodali o’qish vositalarini yodiga tushirish maqsadida uni bir necha marta ovoz chiqarib o’qiydi, mashg’ulot rejasini tuzadi. Mashg’ulot rejasida asarni bolalarga qanday yetkazish — o’qib berish yoki hikoya qilib berish usuli ko’rsatiladi. Dastur mazmunida tarbiyachi kitobdan foydalanishning ta’lim va tarbiyaviy rnaqsadlarini belgilab oladi, bolalarni qanday yangi so’zlar bilan tanishtirishni ko’rsatadi. Tarbiyachi tomonidan o’qib yoki hikoya qilib berish uchun tanlangan badiiy asarlarning g’oyaviy mazmuni bolalarga tushunarli bo’lsa, ularning yuragiga yetib borsa, asar o’zining tarbiyaviy rolini bajargan bo’ladi. Bolalar bog’chasining tarbiyachisi yozuvchi va bolalar o’rtasida vositachi bo’lib hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’quvchi emas, tinglovchidirlar. Bolalar tomonidan badiiy asariarni qanday idrok qilish tarbiyachiga bog’liq. Tarbiyachi asarni qanchalik ifodali, mazmunli o’qisa, bolalar shunchalik diqqat bilan tinglaydilar, uning mazmunini yaxshi tushunadilar. Badiiy asarlar tarbiyachi tomonidan kitobdan o’qib berilishi, kitobsiz yoddan aytib berilishi, hikoya qilib berilishi mumkin. Asar mazmunini bolalarga yetkazish asar janriga va tinglovchilarning yoshiga bog’liq. Xalq ertaklarini — xalq og’zaki ijodiyoti namunalarini bolalarga kitobdan o’qib bermasdan, hikoya qilib bergan ma’qul. Tarbiyachi dastur asosida o’qib berishi yoki hikoya qilib berishi uchun asar tanlagach, asarning g’oyaviy mazmuni va uning tili bolalarga tushunarlimi yoki yo’qmi, shuni oldindan tasavvur etishi kerak. Agar tarbiyachi ulardagi ayrim ifodalar, so’zlar bolalarga tushunarli emasiigini taxmin qilsa, 11 holda muallifning bayon etmoqchi bo’lgan fikrlarini bolalar tomonidan idrok etish qiyinlashadi. Mana shunday hollarni oldindan bilgan tarbiyachi bolalarga ma’nosi tushunarsiz bo’lgan so’zlarni quyidagi usullar yordamida tushuntirishi lozim: asarni hikoya qilayotgan vaqtda to’xtalmasdan (uzoq pauza qilmasdan), yangi so’zni sinonimi bilan yoki qisqa jumlalar bilan tushuntirishi kerak. Masalan, K. D. Ushinskiyning ‘Sabr qilish ni o’rgan" nomli asarini o’qib berishda ‘g’o’ra" so’zi uchraydi, bu so’z hammaga tushunarli bo’lavermaydi, shu sababli tarbiyachi bu so’zni o’qiyotganda bolalarga tushunarli 254 bo’lgan ‘xorn" so’zini ishlatadi. Detnak, tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirishdan awal asardagi ayrim so’zlarni, ya’ni bolalar tushunishi qiyin bo’lgan so’zlarni qaysi so’zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish so’zlar va jumlalar bolalarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlariga xalaqit bermasa. u holda ushbu so’zlarning ma’nosini tushuntirish shart emas. Download 40.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling