Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat


Download 40.36 Kb.
bet9/14
Sana25.10.2023
Hajmi40.36 Kb.
#1722241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Dastur mazmuni. Bolalarga binafsha bahor faslining elchisi ekanligi to’g’risida tushuncha berish va mustahkamlash. She’rning mazmunini tushunishga, unda aks etgan ko’tarinki ruhdan, quvnoq ohangdan, sevinch, shodlikdan ta’sirlanishga undash.
Mashg’ulotga tayyorgarlik. Binafsha gulini guldonga solib, bolalarga ko’rinmaydigan joyga qo’yish.
Mashg’ulotning borishi.
T a r b i y a c h i : Hozir o’lkamizda qaysi fasl? Bu faslda ob- havo qanday bo’ladi? Qanday gullarni bahor elchisi deymiz? Binafshalar qayerlarda ochiladi? Siz shu gulni ko’rganntisiz? (Binafsha gulini ko’rsatadi.) Bolalar javobidan so’ng tarbiyachi ularning javoblarini umumlashtirib, shunday deydi: To’g’ri, hozir bahor fasli. Bahor faslida hamma yoq chiroyli libosga burkanadi. Bog’larda qushlar sayraydi, kapalaklar guldan gulga qo’nib yayraydi. Bahor elchilari binafsha, lola ochiladi. Hamma bog’larga, dala va adirlarga gul tergani chiqishadi. Bahor fasli, gullar haqida shoirlar she’rlar yozishgan. Mana, bolalar shoiri Zafar Diyor ham binafsha haqida she’r yozgan.
Tarbiyachi she’rni yoddan aytib beradi. So’ngra she’r mazmuni yuzasidan quyidagi savol-javob tarzidagi suhbat o’tkaziladi: Zafar Diyorning ‘Binafsha" she’ri sizga yoqdimi? Sizlarga hammadan ko’ra ko’proq nimasi yoqdi? Binafsha haqida nima deyilgan? Binafshaning hididan nimalar lazzat olar ekan? Bu she’rda kapalak haqida nima deyilgan? Bu she’rda kimlar binafshani maqtashlari haqida yozilgan? Kimning esida qoldi? Kim aytib bermoqchi?
Tarbiyachi bolalar javobini to’ldirib: ‘Endi diqqat bilan ting- lang. Bu she’rni sizlarga aytib beraman. Sizlar she’mi yod olishingiz kerak",— deydi. She’rni ikkinchi marta ifodali qilib yoddan aytib bergach, takrorlashga istagan bolani chaqiradi, so’ngra o’zi belgilab qo’ygan bolani she’rni yoddan aytish uchun chaqiradi.
Mashg’ulotning 2- qismida ‘Gullar do’koni" ta’limiy o’yini o’tkaziladi.
8. Bolalar bog’chasida kitob burchagi tashkil etish
Bolalarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini va undan foyda- lanishning eng oddiy malakalarini (kitobdagi rasmlarni ko’rib chiqish) tarbiyalash maqsadida bolalar bog’chasining har bir guruhida kitob burchagi tashkil etiladi. Kitob burchagi uchun yorug’ va qulay joy tanlanadi. Shuning uchun kitob burchagiga stol lampasini qo’ygan ma’qul. Kichik guruhda kitob burchagi kitob tokchasida yoki stol ustida tashkil etiladi. Katta guruhlarda esa kitob javonida tashkil etgan ma’qul. Chunki bu guruhda kitob boshqa guaihlarga nisbatan ancha ko’p bo’ladi. Kitob burchagi o’zining tashqi ko’rinishi bilan bolalarni o’ziga jalb qilishi kerak. Kitob burchagiga bolalar hayotidan, ertaklardan olingan rasmlardan osib qo’yish mumkin. Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa shotr va yozuvchilarning, masalan, Zulfiya, Q. Muhammadiy, E. Vohidov, P. Mo’min, A. Oripov va h. k. larning portretlarini osib qo’yish mumkin. Bu adiblar bilan ularning yozgan asarlari haqida ularning kitoblarini bolalarga o’qib berayotgan vaqtda tanishtirib boradi. Har bir guruh uchun ‘Dastur" asosida kitoblar tanlanadi. Qo’shimcha adabiyotlar ham tarbiyachi tomonidan tanlanib, kitob javonida saqlanadi.
O’rta guruhning kitob burchagida kichik guruh bolalari uchun ‘Dastur ro’yxati“ga kiritilgan kitoblar ham bo’lishi mumkin, xuddi shunday katta guruhning kitob burchagida ham kichik, o’rta guruh uchun mo’ljallangan kitoblar bo’lishi kerak. Katta guruhda tashkil etilgan (javon) kitob burchagi mavzular bo’yicha tashkil etilib, ular bir-biridan ko’rsatkich taxtacha bilan ajratib qo’yiladi, ya’ni ko’rsatkich taxtachaga kitob mavzusiga taalluqli rasm yopishtiriladi. Masalan, tabiat to’g’risidagi kitobni yoki ertak kitobni bola osonlik bilan topib olishi uchun tabiat manzarasi tasvirlangan yoki ertak mazmuniga taalluqli rasm yopishtirilgan taxtacha bilan bir-biridan ajratib qo’yiladi. Kichik guruhda bir nomdagi kitobdan bir necha nusxadan (ikki. uchta) qo’yiladi, chunki kichik guruh bolalarining bir qanchasi bir vaqtda ko’rishni istaydi. Kitob burchagidagi kitoblarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish kerak. Agar tarbiyachi kitob burchagidan qaysidir kitob onda-sonda olinayotganini ko’rsa, bu kitobni vaqtincha olib qo’yib, bir qancha vaqt o’tgach, yana kitob burchagiga qo’yishi kerak. Kitob uzoq saqlanishi, yirtilmasligi uchun bolalar kitob betini yaxshilab ko’rib bo’lishgach, u muqovalanib qo’yiladi. Kitobni shunday muqovalash kerakki, uning yuza qismi, undagi rasmlar ko’rinib tursin.
Kitob burchagida kitoblardan tashqari bolalarning o’zlari mustaqil ko’rishlari uchun albomlar ham bo’lishi kerak. Tarbiyachi albomlarning mavzusini ,,Dastur“dan, ya’ni bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalari bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish bo’limlarining dastur talablari va vazifalari asosida tanlaydi. Bular bolalar bog’chasining maishiy-xo’jalik, jamoat hayoti mavzulariga taalluqli rasmlar bo’lishi mumkin.
Hamma guaihlardagi kitob burchaklarida har qaysisida 8—1O ta rasm yoki fotosuratlar solingan bir necha papka (har bir guruhda 8—1O tadan) hamda bolalar chizgan rasmlar solingan bir necha papka bo’lishi kerak. Papkalarga undagi materiallarga tegishli illustratsiyalar yoki manzaralar tasviri solib qo’yilgan bo’ladi. Bolalar rasmlarni ko’zdan kechirib bo’lganlaridan keyin ularni kerakli papkalarga joylashtiradilar. ‘Bizning O’zbekiston", ‘Toshkent — O’zbekistonning poytaxti", ‘Qadimiy va navqiron Buxoro", ‘Samarqand — qadimiy obidalar shahri", ‘O’zbek milliy hunarmandchiligi“, ‘Buxoro zardo’zligi“, ‘Onalarimiz mehnati", ‘Bizning bayramlar", ‘Ertaklar oiamida" va h.k. nomlardagi albom va papkalar bo’lishi mumkin.
Yirtilgan kitoblarni yamash kitob burchagining zaruriy ish shakllaridan bo’lib, kichik guruhlarda tarbiyachi o’zi bolalar oldida kitobni yamaydi, katta guruhlarda esa bu ishda tarbiyachiga bolalar yordamlashadi. Tarbiyachi bolalarning kitob burchagida o’zlarini qanday tutishlarini, kitobga qanday munosabatda bo’layot- ganliklarini, bolalarning kitobdagi rasmlarni ko’rishga qanchalik e’tibor bcrayotganliklarini nazorat qilib. bolalar bilan yakka tarzda sluig’ullanadi.

Download 40.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling