Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat
Radioeshittirishni tashkil etish
Download 40.36 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
Radioeshittirishni tashkil etishAgar televideniye bolalarga qahramonlami ko’rgazmali tarzda ko’rsatish imkoniga ega bo’lsa, radio esa so’z va musiqa bilan ta’sir etish vositasi bo’lib xizntat qiladi. Radioeshittirish bolalardan so’zlarga diqqat qilishni talab etib, ularning nutqini rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyachi bolalarni radioeshittirishga tayyorlashda ovozli diafilmlardan foydalanadi. Bolalar suxandonning nutqini idrok qilishga o’rganib olganlaridan so’ng, radiosuxandonning nutqini idrok eta boshlaydilar. Bolalar eng qiziqarli radioeshittirishlarni tinglar ekanlar, ular o’zlaricha voqealarni, qahramonlami, tabiat manzaralarini ko’z oldilariga keltiradilar, ya’ni so’zlarni predmet va hodisalar bilan taqqoslaydilar. Ko’pgina radioeshittirishlar dasturlarga kiritilgan badiiy asarlar asosida tuzilgan. Tarbiyachi radioeshittirishlarni tashkil etishda shunday sharoitni yaratishi kerakki, bolalarni hech kim chal- g’itmasin, ular ertak va hikoya maznuinining ‘ichiga kirib ketsin". Radioeshittirishdan keyin tarbiyachi eshitilgan asar mazmunini muhokama qilishni tashkil qiladi. Bolalar tarbiyachining savollari yordamida asarni qayta hikoya qilib beradilar, qahramonlaming xatti-harakatlariga o’z munosabatlarini bildiradilar. Agar zarur bo’lsa, tarbiyachi tinglangan asardan parcha o’qib beradi, voqea- larni izohlaydi. Uzluksiz (muntazam) tinglangan radioeshittirish, teleeshittirishlarni muntazam tomosha qilish bola tarbiyasiga ijo- biy ta’sir etadi. Radioeshittirishdan so’ng suhbat, dramalashtirilgan o’yinlar o’tkaziladi. Radioinssenirovka qahramoniga jamoa nomidan xat yozish va uni bolalar uchun eshittirishlar tahririyatiga yuborish ham mumkin. 12, Pedagogik jarayonni hisobga olish To’g’ri tashkil etilgan pedagogik jarayonni muntazam suratda hisobga olib borish lozim. Bu jarayonning muhim ahamiyati shundaki, u tarbiyachining faoliyatini, bolalarning muvaffa- qiyatini baholaydi va tahlil qiladi. Hisobot tarbiyachi ish uslubiyotini qay darajada tushunishini, bolalarning o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra turli ish uslublarini tanlay bilishini, ayrim bolalar nutqidagi rivojlanish jarayonini kuzatishini belgilaydi. Hisobotning asosiy shakli — tarbiyachining o’z kundalik ish faoliyatini yozib borishidir. Bu yozuvlar qisqa bo’lib, unda bolalarning umumiy faoliyatlari (materialni faol o’zlashtirdilar yoki qiziqmadilar, mavzu bolalarning yoshiga mos yoki qiyin, ko’pchilik vazifalarni to’g’ri yoki mustaqil bajardi va h. k.) aks etadi. Shu bilan birga, ba’zi mavzularning bolalar tomonidan qiyin o’zlashtirilish sabablari: mavzuning bolalar tajribasidan yiroqligi, o’rgatish usullarining ancha qiyinligi, sharoit yetarli emasligi va h. k. lar ko’rsatiladi. Hisobotda har doim bolalar nutqining qaysi jihatlari ustida mashq qilinganligi, takomil- lashtirilganligi (hikoyaning to’liqligi, so’zlarning aniqligi, nutqning ifodaliligi va h. k. lar) ko’rsatiladi. Hisobotda guruhda olib borilgan pedagogik jarayonga umumiy baho berish bilan bir qatorda, alohida bolalar muvaffaqiyati ham aytib o’tiladi. Dastur materialini u yoki bu sabablarga ko’ra o’zlashtira oimaydigan bolalar doimo nazorat qilib boriladi. Tarbiyachi ishning sifatini ko’rsatishi bilan bir qatorda, kclgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni, ish usullarini belgilaydi. Ayniqsa, nutqida ayrim kamchiliklari bo’lgan bolalarning dastur materialini o’zlashtirishi (tovush talaffuzini egalladi, savollarga to’liq javob berishga o’rgandi, she’rni jonli, ifodali aytishga o’rgandi va It. k.) ham alohida ko’rsatib o’tiladi. Hozirga qadar pedagogik jarayonni hisobga olishning va bolalar bilimini, qobiliyatini nazorat qiiishning shakllari to’g’risidagi masala ishlab chiqilmagan. Tarbiyachi ko’pincha hamkasblarining ish rejalarini ko’rib chiqish va baholashda (topshiriqlar, o’zaro tahlil, o’quv topshiriqlari va h. k.) ishtirok etadi. Shuning uchun tarbiyachi hamkasbining ish rejasini tahlil qilish uchun bir qator asosiy savollarni tuzib qo’yishi kerak. U quyidagicha bo’lishi mumkin: Umumiy ma’lumot. Nechanchi sonli bolalar bog’chasi, qaysi guruh, tarbiyachining familiyasi, reja qaysi vaqt uchun tahlil qilinyapti. Nutq o’stirish bo’yicha bir haftalik mashg’ulot uchun belgilangan vazifalar to’liq qamrab olinganmi, ularning mazmuni ushbu guruhning dastur mazmuni va o’tkazish vaqtiga javob beradimi? Agar rcjada kamchiliklar aniqlangan bo’lsa, uni bartaraf etish yo’llarini ko’rsatish kerak. Bir oyga mo’ljallab tanlangan mashg’ulotlarni baholash. Bolalarga ona tilini o’rgatishda foydalaniladigan uslublarning xilma-xilligi nimada ko’rinadi? Mashg’ulotdan tashqari vaqtda nutq o’stirish bo’yicha turli xil ish shakllaridan foydalanilganmi? Bolalar bilan yakkama- yakka (qo’shimcha) ishlash mazmuni to’g’ri tushunilganmi? Bir kunlik ish rejasi va hisobotni baholash. Kundalik ish rejasining to’liqligi va aniqligi. Alohida bolalarning yutuqlarini hisobga olish. Ona tili bo’yicha ish rejasi uchun umumiy baho. Mashg’ulot mazmuni va uni jihozlanishining xarakterli xususiyatlari. Takrorlash uchun savollarI. Turli yosh guruhlarida monolog nutqqa o’rgatishning dastur bo’yicha ish mazmuni va vazifalari nimalardan iborat? Turli yosh guruhlarida dastur vazifalariga ko’ra hikoya qilishga o’rgatish bo’yicha qanday mashg’ulot turlarim bilasiz? Bolalarni hikoya qilib berishga o’igatishda foydalaniladigan qanday usullarni bilasiz? Bolalarni qayta hikoya qilib berishga o’rgatishning ahamiyati nimada? Bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o’rgatishda rasmlar qanday ahamiyatga ega? Bolalar bog’chasida bolalarni hikoya qilishga o’rgatish uchun foydalaniladigan rasmlar va ularni tanlashga qanday talablar qo’yilgan? Bolalarni rasmlarga qarab hikoya qilishga o’rgatishning mashg’ulot turlari. mashg’ulotni olib borish vaqtida amal qilinadigan qoidalar nimalardan iborat? Turli yosh guruhlarida rasmga qarab hikoya tuzishga o’rgatish uslubiyotlari haqida nimalarni bilasiz? Adabiyotlar: Download 40.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling