Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat


Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish


Download 40.36 Kb.
bet10/14
Sana25.10.2023
Hajmi40.36 Kb.
#1722241
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
9. Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foydalanish
Mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotdan foyda- lanishga turli yosh guruhlarida tashkil etilgan kitob burchagida ishlash, bolalar uchun mo’ljallangan badiiy asarlarni salma-
lashtirish, ya’ni qo’g’irchoq teatri, soya teatri (ko’lanka), stol teatri, diafilmlar namoyish etish, radio va teleeshittirishlar tashkil etish kiradi. Tarbiyachi mashg’ulotdan tashqari qulay vaqtda bolalarni kitob burchagidagi kitoblar bilan tanishtiradi, kitobdagi rasmlarni ko’rsatib, u haqda suhbat o’tkazadi, asarlarni o’qib yoki hikoya qilib beradi, mualliflar bilan tanishtiradi, bolalarga oldingi mashg’ulotlardan tanish bo’lgan, shuningdek, dasturga kiritilmagan asarlarni takror o’qib berish mumkin. Mashg’ulotdan tashqari vaqtda tabiat haqidagi asarlarni, lirik she’rlarni, matal va qochirimlar, topishmoqlar, sanamalar va hokazolarni aytib berish bolalarning his-tuyg’ulariga katta ta’sir etadi. Mashg’ulotdan tashqari vaqtda (kechki soatlarda) o’rta guruhdan boshlab o’qib berilgan kitob haqida, yozuvchi va shoirlar haqida suhbatlar o’tkaziladi. Kutubxonaga, kitob do’koniga sayohatlar tashkil etiladi. Yilning turli fasllarida tabiat qo’yniga sayohatlar uyushtirish jarayonida bahor, yoz, kuz, qish haqidagi she’rlar aytib beriladi, hikoyalar, ertaklar o’qib beriladi. Shuningdek, mashg’ulotdan tashqari vaqtda bolalar uchun tarbiya vositasi bo’lgan materiallardan, topishmoqlardan keng foydalaniladi. Bolalarning tanish asarlar haqidagi bilimlarini tarbiyachi tomonidan tashkil etilgan o’yinlarda (‘Maktab-maktab", ‘Bog’cha-bog’cha",
‘Qo’g’irchoq teatri" va h.k.) mustahkamlash mumkin.
Masalan, tarbiyachi qo’g’irchoqlar uchun ertalik tashkil qilishni bolalarga taklif etadi. Bu ertalikda bolalar tanish ertaklarni qo’g’irchoqlarga so’zlab berishadi. Shuningdek, tarbiyachi ‘Radio".
‘Televizor", ‘Diafilm" o’yinlaridan keng fovdalanib, ertak va hikoyalarni aytib berishni taklif etadi. O’rta guruhdan boshlab dramalashtirilgan o’yinlardan foydalaniladi. Bu bolalarda badiiy asar namunalarini aytib berishga, kitobga qiziqishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, bir jamoa bo’lib o’ynashga yordam beradi.
Katta guruhlarda kitob burchagida mashg’ulotdan tashqari vaqtda badiiy asarlar bilan tanishish maqsadida niavzular bo’yicha kitob ko’rgazmasi tashkil etiladi. Masalan: ‘Bizning tabiat to’g’risidagi kitoblarimiz", ‘Bizning bayramlar" va h.k. Bunday ko’rgazmalar sevimli kitoblnr bo’yicha suhbat o’tkazishda yordam beradi. Ko’rgazmada bir qancha yozuvchi va shoirlarning portretlari ham qo’yilishi kerak. Shuningdek, bir guruhda ba’zi bayramlar uchun (‘Ertaklar olamida", ‘Mehrjon bayrami", ‘Gullar bayrami", ‘Qushlar bayrami", ‘Qovun sayli" va h.k.lar) turli janrdagi asarlarni, masalan, she’rlar, topishmoqlar, hikoyalar, ertaklardan olingan parchalar, maqol, matallarni tanlash tavsiya etiladi.

Download 40.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling