Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish referat
Download 40.36 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. O’qilgan asarni mustahkamlash usullari
Dastur mazmuni. Bu masal misolida bolalarga do’stlik, do’stga xiyonat qilishning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish.
Mashg’ulotga tayyorgarlik. ‘Toshbaqa bilan Chayon“ masali asosida ishlangan rasmlar (Rassom Habibullo Rahmatullayevning ‘Cho’pchagim cho’pchak — oltin belanchak" kitobi uchun (Tosh- kent, 1994- y.) ishlagan rasmlari), H. H. Niyoziyning portreti. Mashg’ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga masal asosida ishlangan rasmni ko’rsatib, bolalardan unda nima tasvirlanganini so’raydi. ‘Mana bu rasmda Toshbaqa va Chayon tasvirlangan. Toshbaqa do’sti Chayonni ustiga mindirib, daryodan suzib o’tayapti. Hozir men sizlarga mana shu Toshbaqa bilan Chayon haqidagi masalni o’qib beraman. Bu masalni H. H. Niyoziy yozgan (uning portretini ko’rsatadi)". Tarbiyachi tomonidan asarning o’qib berilishi. Tarbiyachi masalni o’qib bergach, uning mazmuni yuzasidan quyidagi savollarni beradi: I. Hozir men sizlarga qaysi masalni o’qib berdim? Uni kim yozgan ekan? Bu masal nima haqida ekan? Bu masaldagi qaysi qahramon sizlarga yoqdi? Nimasi bilan yoqdi? Chayon haqida nima deyish mumkin? Chayon do’stiga xiyonat qilib to’g’ri ish qildimi? Chayonni Toshbaqaning haqiqiy do’sti desa bo’ladimi? Toshbaqa do’sti Chayonni nima uchun oqizib yubordi? U to’g’ri ish qildimi? Sizningcha do’st qanday bo’lishi kerak? Masalga chizilgan illustratsiyalar ko’rsatiladi. T a r b i y a c h i : Rassom Habibullo Rahmatullayev bu masalga rasmlar chizgan. Biz hozir ularni birgalikda ko’rib chiqamiz. Rasmlarni ko’rib bo’lgach, tarbiyachi bolalardan kim toshbaqa va chayon haqida topishmoq, do’stlik haqida maqol bilishini so’raydi: ‘Har kim ekkanini o’radi" niaqolini masaldagi qaysi qahramonga nisbatan ishlatish mumkin? Nima uchun shunday deb o’ylaysiz? 6. O’qilgan asarni mustahkamlash usullariTarbiyachi bolalarga o’qilgan asarni chuqurroq o’zlashtirib olish, uni eslab qolishlariga yordam berish uchun turli nietodik usullardan: takroriy o’qib berish, hikoya qilib berish, sahna- lashtirish va boshqalardan foydalanadi. Download 40.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling