Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Ta’limiy o’yinlar va ularning bolalar so’zlashuv nutqini o’stirishdagi


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Omonova Behruza

Ta’limiy o’yinlar va ularning bolalar so’zlashuv nutqini o’stirishdagi 
ahamiyati. Kichik guruhlarda bolalarni so’zlashuv nutqiga o’rgatishda 
mashg’ulotning o’yin shaklidan foydalaniladi. Bu mashg’ulot turiga bolalarning 
nutq faolligi (savollarga javob berishi) asosiy o’rinni egallaydi. Ta’limiy o’yinlar 
ko’proq qo’g’irchoqlar bilan olib borilib, bunda tarbiyachi qo’g’irchoq ishtirokida 
uncha katta bo’lmagan inssenirovkani o’ynaydi. masalan: yangi qo’g’irchoq bilan 
uchrashuv, qo’g’irchoq oshpaz va hokazolar. Qo’g’irchoqlar bilan birga 
o’tkaziladigan ta’limiy o’yinlarda tarbiyachi bolalar bilan qo’g’irchoq nomidan 
so’zlashadi, ya’ni bolalarga savollar beradi, o’zi savol berib, o’zi javob qaytaradi. 
So’zlashuvning bunday shakli bolalar qiziqishini oshiradi, nutqini faollashtiradi. 
Bolalar tarbiyachining har bir harakatini zo’r qiziqish bilan kuzatadilar, 
tushuntirishlarini, savollarini va javoblarini diqqat bilan tinglaydilar va o’zlari ham 
savollar be- rishga harakat qiladilar.
Misol tariqasida ‘Qo’g’irchoq oshpaz ishlayapti" (5 yoshli bolalar bilan) 
ta’limiy o’yin mashg’ulotining namunasini keltiramiz. Stol ustida qo’g’irchoq 
oshpaz, oshxona idish-tovoqlarining to’p- lami, o’yinchoq gaz plitasi, ‘oziq-ovqat" 
qo’yilgan stol.
T a r b i y a c h i : Bolalar, bizga Shuhrat ismli yangi oshpaz keldi. U 
yaqinda oshpazlar tayyorlaydigan bilim yurtini (maktabini) bitirgan, uning hali ish 
tajribasi yo’q. Unga sizning yordamingiz kerak. Men oshpaz Shuhrat nomidan 
gapiraman va ishlarni bajaraman, sizlar esa, agar men xato qilsam tuzatasizlar, siz 
xato qilsangiz, oshpaz tuzatadi. Tushunarlimi?


26 
O s h p a z S h u h r a t (tarbiyachi). Sizlarga sabzavotlardan qanday ovqat 
tayyorlab beray?
V a 1 i. Sabzili kotlet... Shuhrat aka, siz sabzili kotlctni qovuring.
O s h p a z S h u h r a t . Yaxshi. Hozir men sabzili kotlet tayyorlayman: 
avval go’shtni olaman... Go’shtni? (oshpaz Shuhratning xatosini bolalar 
to’g’rilashi uchun go’sht so’zini intonatsiya bilan ajratib aytadi).

o i l a . Shuhrat aka, go’sht kerak emas.

s h p a z S h u h r a t . Nima uchun? Go’sht oziq-ovqat mahsuloti 
emasmi?

o i l a . Go’sht oziq-ovqat mahsuloti, ammo siz sabzili kotlet 
tayyorlamoqehisiz, demak, sabzi kerak.

s h p a z S h u h r a t , Voy, to’g’ri! Qiyma tayyorlash kerak, sabzini 
maydalash kerak. Hozir men uni sabzavot maydalagichga solib o’tkazaman, 
qirg’ichda maydalash ham mumkin, keyin sabziga yorma (manniy yornia) 
quyaman, tuxum chaqib soiaman. Men to’g’ri aytmadimmi? Behzod, nima deysan?
B e h z o d . Yormani quymaydilar, soladilar. (Agar Behzod xatoni tuzata 
olmasa, oshpaz Shuhratning o’zi xatosini eslab, uni tuzatadi.)
O s h p a z S h u h r a t . Endi kotlet qilaman. hozir unga botirib olaman, 
Lola, unni to’kadilarmi yoki quyadilarmi?
L o l a . Unni to’kadilar.
O s h p a z S h u h r a t . Endi tovaga yog’ni to’kaman va kotletni 
qovuraman, to’g’rimi? Ra’no, balki nimanidir to’g’ri aytnia- gandirman?
Ra’ no. Shuhrat aka, yog’ni to’kmaydilar, quyadilar. Hamma suyuq 
narsalarni quyadilar, sochiluvchan narsalarni esa to’kadilar (sochadilar), qattiq 
narsalarni soladilar. (Ra’noni bu javobni aytishga oldindan tayyorlash mumkin.)
O s h p a z S h u h r a t . Ha, ha, Ra’no, men endi esladim, suvni, 
qaymoqni, yog’ni va boshqa suyuq narsalarni quyadilar; yormani, tuzni, shakarni, 
unni soladilar (to’kadilar), go’shtni, sabzavotlarni, saryog’ni tovaga, tovoqqa 
qo’yadilar. Men bularni esimdan chiqarmasligim uchun, sen Lobar, yana bir marta 
bularni men uchun takrorla, nimalarni quyish mumkin?


27 
L o b a r . Har qanday suyuq narsalarni: suvni, yog’ni, qaymoqni, sutni 
quyadilar.
O s h p a z S h u h r a t . Yaxshi, Lobar. Karim, nimani solish mumkin?
K a r i m . Yorma, un, tuz, shakar solinadi.
Shu tariqa rejadagi suhbat davom etadi. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazish 
tarbiyachidan oldindan tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. Buning uchun ta’limiy 
o’yin rejasini tuzib olish, ishtirok etuvchilarni tanlash, voqealarning borishini 
nazorat qilish lozim. Bunday mashg’ulotlar bolalarning nutqini faollashtirish 
maqsadida tashkil etiladi, shuning uchun so’zlashuvda bolalarning faol ishtirok 
etishlarini nazarda tutish kerak.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling