Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat
Suratlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda bolalarni so’zlashuv
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Omonova Behruza
Suratlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarda bolalarni so’zlashuv
nutqiga (dialogga) o’rgatish. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim- tarbiya berishda surutlardan bolalarni so’zlashuv nutqiga va hikoya qilishga o’rgatish vositasi sifatida foydalaniladi. Bog’cha yoshidagi bolalarning nutqini o’stiruvchi, tasawurlarini kengaytiruvchi seriyali suratlardan foydalanish mumkin. Ta’limiy o’yinlar haqida IVbobda to’liq ma’lumotlar berilgan. ‘Biz o’ynayapmiz" (muallif — Y. G. Baturina), ,,Uy hayvonlari" Bog’cha yoshidagi bolalarni idrok qilishga tayyorlash har xil: bolalarning fikr yuritishiga turtki bo’ladigan qisqa va aniq savollar berish, musiqa tinglash (masalan, ‘ K u z kunlari" suratini ko’rishdan awal kuz haqidagi musiqa asari tinglanadi): tarbiyachi qish fasli to’g’risidagi uncha katta bo’lmagan she’rni aytib beradi (‘Qishki o’yinlar" suratini ko’zdan kechirish mash- g’ulotidan awal) va hokazolar. Surat bo’yicha suhbat mashg’ulotiga tayyorlanish va uni o’tkazish tarbiyachiga ma’lum bir qiyin- chiliklar tug’diradi. Bolalar suratning mazmunini tushuntirishlari va ularda ijodiyemotsional munosabatlarni hosil qilish uchun tarbiyachi, eng awalo, bolalarga rasm mazmunini yaxshi tushunib olishlariga yordam bcradigan har xil savol va topshiriqlarni oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Misol tariqasida ‘Qishki o’yinlar" nomli surat bo’yicha (katta gunihda ‘Yil fasllari" seriyali suratdan foydalaniladi) o’tkaziladigan mashg’ulotning namunasini keltiramiz. 28 Tarbiyachi bolalardan yiining qaysi fasli boshlanganligini, qishning qaysi oyi ckanligini so’raydi/ Bolalarning javobini ting- laydi va davom ettiradi: — Qish — yiining ajoyib fasli, to’g’ri emasmi? Bolalar qish faslida sayrdan uylariga qaytgilari kclmaydi, chunki ko’chada juda qiziq, ajoyib narsalar juda ko’p-da. Chang’ida, konkida va chanada uchish, xokkey o’ynash, qordan qorqiz, qorbobo, uy, minora, qasr va hokazolar yasash mumkin. Qish fasli to’g’risida juda ko’p she’rlar, hikoya va ertaklar yozilgan, suratlar ham chizilgan. Tarbiyachi qish fasli haqidagi she’rlardan birini aytadi. ‘Qishki o’yinlar" nomli suratni doskaga ilib qo’yadi va bir qancha savollar beradi: — Bu rasmni qanday nomlash mumkin? Yiining qaysi fasli va kunning qaysi vaqti tasvirlangan? Bu qish kunida ob-havo qanday? Siz kun iliq va quyoshli ekanligini qanday aniqladingiz? Qishning iliq, quyoshli kunlaridan birida bolalar sayrga chiqishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling