Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Omonova Behruza

Kurs ishing maqsadi:Amaliy faoliyatda predmetni kuzatish, o‘rganish 
yanada ham faollashadi. Lugat ustidagi ishlar doim bir tartibda ( so‘zni 
tushuntirish, ran ichida ishlata olishga o‘rgatish, kontekst ichida ishlatish) 
amalga oshiriladi. Ekskursiya, kuzatishlar, predmet darslari, kinofilm, 
rasmlar va boshqa o‘qituv vositalari nutk ustirish manbalaridir. Yangi 
urganilgan suzlar leksiko-semantik va leksiko-stilistik mashqlar yordamida 
mustahkamlanadi. Leksiko-semantik mashqlarga: belgisiga qarab so‘zni topish ( 
rangi, shakli, nimadan qilinganligi ); buyumlarni taqqoslash, analiz va sintez 
qilish, qismlarga bo‘lish, qismlardan bir butun nima ekanligini aniqlash. 



 
I.BOB.BOG’LANISHLI NUTQ VA UNI MAKTABGACHA 
TARBIYA YOSHIDAGI BOLALARDA RIVOJLANTIRISH 
XUSUSIYATLARI 
1.1.Bolalar bilan so’zlashish — dialog nutqni shakllantirishning 
asosiy uslubi 
Har bir bola bog’chada o’z fikrini mazmunli, grammatik jihatdan to’g’ri, 
bir-biriga mantiqan bog’langan liolda bayon etishga o’rganishi kerak. Bog’langan 
nutqda bolaning mantiqiy tafak- kuri, idrok qilganlari yuzasidan fikrlay olishi va 
mantiqiy nutqda uni to’g’ri, aniq bayon etishi aks etadi. Bolaning o’z fikrini bayon 
etishiga qarab, nutqining rivojlanganlik darajasini belgilash mumkin.
O’z fikrini aniq, ifodali, izchillik bilan bog’lab bayon eta olishi bolaning 
estetik rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Bog’lanishli nutq deganda, ma’lum bir mazmundagi fikrni mantiqan bir-
biriga bog’lab, izchi! ravishda, grammatik jihatdan to’g’ri va obrazli qilib bayon 
qilish tushuniladi.
Bolalarda bog’lanishli nutqning rivojlanishi ona tiliga o’rga- tishning 
quyidagi vazifalarini ham hal qiladi:
1) lug’at ishini (keng so’zlar to’plami va undan foydalana olish, fikrni 
aniq va to’liq ifoda etishga yordam beradi);
2) nutqni grammatik jihatdan to’g’ri shakilantirishni (o’z fikrini sodda va 
yoyiq, ergashgan va bog’langan qo’shma gaplar- dan, son, sifat, kelishik 
qo’shimchalaridan to’g’ri foydalanib bayon etish);
3) nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni (nutqning aniq, ma’noli, 
burro bo’lishi). 
Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo’lib, ularning 
har qaysisi o’z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha 
kishining suhbat i, savollar va uning javoblari) bu to’liq bo’lmagan (qisqa) 
javobdir. Dialogik nutqning asosiy belgilari—to’liq bo’lmagan, undov so’zlardan 



iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. 
Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni 
berish, kerakli e’tirozni bildirish, suhbat- doshining javobini tuzatish va to’ldirish, 
muhokama va munozara qilish, o’z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir.
Monologik nutq bir kishining nutqi bo’lib, so’zlovchidan keng, aniq, to’liq, 
bog’langan fikmi talab etadi.
Monolog hikoya tushuntirish, so’zlovchidan o’z fikrini asosiy narsaga 
qaratishni, jonli, obrazli, his-hayajon bilan gapirishni talab etadi. V. 1. Tixeyeva, 
A. Sh. Usova, A. M. Muxina, L. A. Penevskaya, М. M. Konina, О. I. Solovyova va 
boshqalarning bog’lanishli nutq sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida 
bolalarda bog’lanishli nutqni rivojlantirishda tarbiyachining rahbarlik roliga katta 
ahamiyat beradilar. Ular: ‘Agarda bog’lanishli nutqqa qaratilgan mashg’ulotlar 
uzluksiz (sistemali) tarzda olib borilsa, unga tarbiyachi ongli ravishda rahbarlik 
qilsa, bolalarda o’z fikrlarini bir-biriga bog’lab gapirish malakasi rivojlanadi", 
degan fikmi bayon etadilar.
Kichik yoshdagi bolalarda nutqni tushunish takomillashadi (so’zli 
topshiriqlarni, kattalarning ko’rsatmalarini, murakkab bo’lmagan adabiy asar 
mazmunini tushunadilar). Endi nutq aloqa vositasigina bo’lib qolmay, balki 
kattalarning so’z orqali tushuntirishlari yordamida bilimlarni egallash manbayiga 
aylana boshlaydi. Bolaning kattalar, tengdoshlari bilan bo’ladigan ancha murakkab 
va turli xildagi muomalasi nutqning rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni vujudga 
keltiradi: tasavvurlarini boyitadi, lug’atini kengaytiradi. Ko’p harakatlar qilishi 
natijasida uning nutqi fe’llar, olmoshlar, ravishlar, old qo’shimchalar bilan boyiydi. 
Turli so’zlardan va ularning turli tartibidan foydalanib, oddiy gaplar tuza 
boshlaydi: Behzod cho’miladi; Sayrga chiqaman: Sutni men ichmayman. Uch 
yoshli bolalar uchun oddiy shakldagi dialogik nutq (savollarga javob) xosdir. Biroq 
ular endi o’zlarining fikrlarini bog’lab bayon etishni o’zlashtira boshlaydilar. Ular 
hali o’z nutqlarida juda ko’p xatolarga yo’l qo’yadilar: gapni noto’g’ri tuzadilar, 
buyumlarning harakatini, sifatini noto’g’ri aytadilar. Bolalarni so’zlashuv nutqiga 
o’rgatish va uni rivojlantirish monologik nutqni shakllantirishning asosi 



Ihsoblanadi. O rta guruh yoshidagi bolalarda bog’lanishli nutqning rivojlanishida 
ular lug’atida 2,5 mingtagacha so’zlarning bo’lishi va ularni faollashtirish katta 
ahamiyatga ega.
Bu yoshdagi bola kattalar nutqini tushunibgina qolmay, balki o’z nutqida 
buyumlarning belgilarini, sifatini bildiruvchi so’zlarni, vaqtni va oddiy 
munosabatlarni aks ettiruvchi ravishlarni ishlata boshlaydi. 4 — 5 yoshli bolaning 
dialogik nutqida savolga to’liq, keng javob berish talab etilsa-da, to’liq bo’lmagan 
jumlalarni ishlatish hollari juda ko’p uchraydi, mustaqil javob berishda 
qiynaladilar, ko’pincha ular tasdiq shaklidagi savollardan foydalanadilar, savollarni 
to’g’ri tuza olmaydilar, o’rtoqlarining javobini tuzatish va to’ldirishga qiynaladilar. 
Shuningdek, ularda nutqning tuzilishi ilk shakliga ega bo’ladi. Ergashgan qo’shma 
gaplarni ishlatishda asosiy qism (shuning uchun, nima, qachon) tashlab ketiladi. 
Bolalar sekin-astalik bilan surat va o’yinchoqlar asosida mustaqil ravishda uncha 
katta bo’lmagan hikoyalar tuza boshlaydilar.
Biroq ularning hikoyalari ko’pincha kattalar hikoyasining aynan nusxasi 
bo’ladi. Ular hali kerakli narsani keraksizdan, muhimni ikkinchi darajalidan ajrata 
olmaydilar,
Katta guruh yoshidagi bolalarda bog’lanishli nutq ancha rivojlangan 
bo’ladi. Ular umumlashtirish, xulosa chiqarish, muhokama vuritish kabi 
malakalarga ega bo’lishadi. Dialogik nutqlarga, savollarga aniq, qisqa yoki keng 
tarzda javob bera oladilar. Savollarni to’g’ri tuza olish malakasi paydo bo’ladi, 
kerak paytda luqma tush lash, o’rtog’ining javobini to’ldirish va tuzatish kabi 
xususiyatlar rivojlanadi.
Ularda katta kishilarning ta’siri ostida fikr yuritish faoliyati takomillashadi, 
uning mazmuni va shaklida o’zgarish yuz beradi.
Narsa-buyumlardagi yoki hodisalardagi eng muhim belgilarni aytib berish 
malakasi shakllana boshlaydi. 5 — 6 yoshli bolalar suhbatda va so’zlashishda faol 
ishtirok etadilar: tortishadilar, muhokama qiladilar, o’z fikrlarini asosli deb 
biladilar, o’rtoqlarini bunga ishontiradilar. Endi ular narsa-buyumlarning
hodisalarning nomlarini aytish bilangina chegaralanmaydilar, balki ularning eng 



xarakterli belgilarini, sifatlarini aytadilar, narsa- buyumlarni yoki hodisalarni 
yetarli darajada to’liq tahlil qiladilar. Buyumlar va hodisalar o’rtasidagi ba’zi bir 
bog’lanishlarni belgilay olish malakasi bolalarning monologik nutqida o’z aksini 
topadi. Bu yoshga kelib ularning nutqida ergashgan qo’shma gaplar paydo bo’la 
boshlaydi, to’liq bo’lmagan va oddiy gaplar miqdori kamayadi. Taklif etilgan 
mavzuda tasviriy va voqeiy hikoya tuzish malakasi paydo bo’ladi. Biroq bu yoshda 
ham bolalar 188 
tarbiyachining namunasiga muhtoj bo’ladilar. Ularning hikoyasida 
tasvirlanayotgan narsa- buyumga yoki hodisaga o’zining emotsional munosabatini 
bildirish hali yetarli darajada rivojlanmagan bo’ladi. 
Bolalarda bog’lanishli nutq mashg’ulotlar va kundalik hayot jarayonida 
rivojlantiriladi. ‘Bolalar bog’chasida ta’lim-tarbiya dasturi"ning kichik guruh 
bolalarini hikoya qilishga o’rgatish bo’limida bog’lanishli nutqni rivojlantirishga 
yordam beruvchi tayyorgarlik ishlarini olib borish ko’rsatilgan.
Ayniqsa, ushbu guruhda so’zlashuv nutqini rivojlantirishga katta ahamiyat 
beriladi. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalarning har bir aytgan fikriga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lib, uni qo’llab-quvvatlash kerak.
Awal bolalarni so’z yordamidagi topshiriqlarni (o’yinchoqni olib kelish, 
nimanidir ko’rsatish yoki suratdan kimnidir, ni- manidir ko’rsatish) bajarishga, 
so’ngra tarbiyachining savollariga javob berishga, uni tinglashga, ertakdagi ayrim 
qahramonlarning ashulalarini tarbiyachi bilan birgalikda takrorlashga o’rgatiladi. 
Bu yoshdagi bolalarga beriladigan savollar bola uchun aniq va tushunarli bo’lishi 
kerak. (‘Sen qanday o’yinchoqlarni yaxshi ko’rasan? Bu o’yinchoq haqida gapirib 
ber. Bu suratda nima tasvirlangan?")
Tarbiyachi bolaning bitta yoki ikkita jumladart iborat bo’lgan fikrlarining 
mazmunini fahmlab, o’zining savol lari bilan bolaning fikrini to’liq va grammatik 
jihatdan to’g’ri bayon etishga undaydi.
So’zlashuv nutqini rivojlantirish — bolalarni kattalarning nutqini tinglash 
va tushunish, savollarga javob berish, boshqa bolalarning oldida o’z fikrini aytish, 
bir-birini tinglashdan iborat.



O’rta va katta yoshdagi bolalar monologik nutqning asosiy turi — hikoya 
va qayta hikoya qilish malakasini egallaydilar. Hikoya va qayta hikoya qilish 
bog’langan nutqning eng murakkab turidir. Bolalarda bog’lanishli nutqni 
rivojlantirish ularni hikoya qilishga o’rgatish orqali amalga oshiriladi. (Bolalar 
bog’chasi dasturlari. Tevarak-atrof bilan tanishtirish, nutq o’stirish, badiiv 
adabiyot. Т., 1992, 5 -6- betlar.)

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling