Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Omonova Behruza

Suhbat turlari
Suhbat asosan 3 xil bo’ladi:
1. Kirish suhbati.
2. Sayohat va kuzatish davomida o’tkaziladigan suhbat.
3. Yakuniy suhbat.
Kirish suhbati. Bu suhbat turidan bolalarni sayohatga olib borishdan oldin 
yoki bolalarga o’qilgan badiiy asarlarni qayta hikoya qildirishdan oldin 
foydalaniladi. Masalan, 6 yoshli bolalar bilan ‘Pomidor o’tqazdik" niavzusida 
suhbat o’tkazishda (pomidor o’tqaziladigan ycrga olib borishdan avval) tarbiyachi 
bolalarni guruh xonasida to’plab, qisqacha kirish suhbati o’tkazadi, kirish suhbati 
davomida bolalarga quyidagi savollarni beradi:
— Bolalar, eslanglar-chi, biz sizlar bilan tuvakdagi pomidor ko’chatlarini 
ycrga (jo’yaklarga) qachon ekkan cdik?
— Kimning ko’chati qayerga ekilganligini tez bilib olish uchun qanday 
bclgi qo’ygan cdik?
— Pomidor yaxshi hosil berishi uchun uni qanday parvarish qilish kerak?
— Pomidorga suvni nimada quyish yaxshiroq — leykadami yoki 
chelakdami?


14 
Bolalar javobidan so’ng tarbiyachi ularni to’ldirib. shunday deydi: —
To’g’ri, bolalar, biz uch kim oldin guruhimizning ycriga tuvakdagi pomidor 
ko’chatlarini ckkan cdik. Har kim o’z ko’chatini parvarish qilishi uchun har bir 
ko’chat kimniki ckanligini bildiruvchi uzun cho’pni tuvak yoniga (yerga) suqib, 
unga ismlarni yozib qo’ygan cdik. Mana bugun biz sizlar bilan 198 yerga ekilgan 
pomidor ko’chatlarimizni parvarish qilish uchun boramiz va u yerda kimning 
ko’chati qanday ko’karganini, unga qanday qilib suv berishni, qanday o’g’it 
solishni kuzatamiz. Mana, men pomidor ko’chatlariga suv quyish uchun leyka- 
chalarni tayyorlab qo’ydim. Leykachalardan quyilgan suv xuddi yomg’irga 
o’xshab tushadi. Bu ko’chat ildizlarining atrofini yumshatishga, ildizning yaxshi 
rivojlanishiga yordam beradi. Hozir hammangiz kiyitnlaringizni kiyib olib, 
ikkitadan bo’lib, qo’l ushlashib, ekin maydonimizga borishga tayyorlanasiz.
Bog’cha dahlizida shovqin qilmasdan, boshqa guruhlarning mashg’ulot 
o’tishlariga xalaqit bermasdan, sckin-asta yuramiz.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling