Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Mashhur sarkardalar to’g’risidagi suhbatlarda


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Omonova Behruza

Mashhur sarkardalar to’g’risidagi suhbatlarda bolalar Amir Temur. 
Jaloliddin Manguberdi. Zahiriddin Muhammad Bobur, Sobir Rahimov kabi 
mashhur sarkardalarning hayotidan olingan qiziqarli voqealarni bilib oladilar.
Transport va aloqa vositalari to’g’risidagi suhbatlarda bolalarga 
transport va aloqa xodimlarining xizmatlari haqida tushuncha beriladi. Pochta, 
tclefon, teiegraf, ularning vazifalari to’g’risida gapirib beriladi.
Xalq ijodi to’g’risidagi suhbatlarda bolalarga so’zana, naqqoshlik, 
zardo’zlik, kulolchilik, milliy hunarmandchilik namunalari, me’morchilik 
yodgorliklari haqida gapiriladi. O’zbek xalq qo’shiqlari: lapar, alia, ertaklar
ermaklar; topishmoqlar, maqollar, sanamalar, aytishuvlar, ovutmachoqlar, tez 
aytishlar haqida ma’lumotlar beriladi.
 
 


19 
II.BOB.O’QUVCHILAR NUTQINI 
TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI. 
 2.1.O’quvchilar nutqini o’stirishda o’qituvchining o’rni. 
 
Tabiat to’g’risidagi suhbatlarda bolalarni yil fasllari, hayvonlar, 
o’simliklar, kattalarning tabiatdagi mehnatlari haqidagi tasawurlari aniqlanadi va 
mustahkamlanadi.
Maishiy-xo’jalik va mehnat buyumlari to’g’risidagi suhbatlarda 
jihozlar, idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar, o’yinchoqlar, ba’zi bir mehnat qurollari 
muhokama qilinadi, ularning nima uchun kerakligi, nimadan, qanday 
tayyorlanganligi, ayrim muhim belgilari (rangi, shakli, uzunligi), bu buyumlarni 
kim va qayerda tayyor- laganligi, uni qanday saqlash lozimligi aniqlanadi.
Suhbatga tayyorlanish va uni o’tkazish.  
Suhbatlar birinchi kichik guruhdan boshlab o’tkaziladi. Suhbat yilning 
ikkinchi yarmidan boshlab o’tkazilgani ma’qul. Chunki bu davrgacha bolalarda 
kerakli tajriba to’planadi. Bir oyda 1 — 3 ta suhbat o’tkazish tavsiya etiladi. 
Suhbatni tashkil etish uchun tarbiyachidan tayyorgarlik talab etiladi. Tarbiyachi 
navbatdagi ishlarni rejalashtirishda tevarak-atrof bilan tanishtirish bo’yicha qaysi 
dastur materialini suhbat tarzida berish maqsadga muvofiq ekanligini belgilaydi
so’ngra mashg’ulotni olib borish rejasini tuzadi.
Bolalar diqqatini tez to’plash va ularning mashg’uiotga bo’lgan qiziqishini 
uyg’otish, aqliy faoliyatini faollashtirish, hissiyotlariga ta’sir etish uchun 
mashg’ulotni qanday boshlash kerakligini puxta o’ylab oladi. Bunday emotsional 
vositalar sifatida suratlardan, bolalar uchun notanish bo’lgan yangi 
topishmoqlardan, suhbat mazmuniga yaqin bo’lgan she’rlardan foydalanish 
mumkin. Masalan, kuz haqidagi suhbatni O’. Tansiqboyevning ,,Kuz“ 
reproduksiyasini (katta guruhda) ko’rsatishdan boshlash mum- kin. Bu asar 
bolalarning xotirasida bog’ga uyushtirilgan sayohat vaqtidagi taassurotlarini 
jonlantiradi.


20 
O’zbekiston haqidagi suhbatni esa O’zbekistonning uzoq o’tmishiga doir 
ba’zi yodgoriiklarni, hujjatli suratlarni ko’rsatishdan bosh lash mumkin.
Ba’zi vaqtda suhbatni mavzuga bog’liq bo’lgan savollarni berishdan ham 
bosh lash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan, kattalarning mehnatlari 
haqidagi suhbatni ‘Bolalar kimning ota- onasi qayerda, kim bo’lib ishlaydi?" — 
degan savol bilan boshlaydi. Tarbiyachi bolalar mavzudan chetga chiqib 
ketmasliklari, chalg’imasliklari uchun oldindan suhbatning rejasini belgilab oladi.
Awaldan rcjaga ega bo’lgan tarbiyachi bolalarni har qanday sharoitda ham, 
navbatdagi reja savolini berish bilan mavzuga qaytara oladi. Tarbiyachi o’zining 
savollari bilan bolalar fikrini narsa va hodisalarning xarakterli va muhim 
belgilariga yo’naltiradi. Bolalarga ularning fikrlarini faollashtirishga yordam 
bermaydigan, yoshiga mos bo’lmagan savollarni berish yaramaydi. Shu nuqtayi 
nazardan besh-olti yoshli bolalarga: Sigirning oyog’i nechta? Quyonning nechta 
qulog’i bor? kabi savollarni berish yaramaydi. Birinchidan, bu bolaga ma’lum 
bo’lgan narsa; ikkinchidan, oyoqning, dimming, quloqning soni (miqdori) 
to’g’risidagi suhbat bolalarning hayvonlar to’g’risidagi bilimlariga hcch qanday 
ma’lumot qo’shmaydi.
Chunki hamma hayvonlarda oyoq, quloq va hokazolar mavjud. Bir hayvon 
ikkinchi hayvondan gavda qismlarining miqdori bilan farq qilmaydi, balki hayot 
tarzi, harakati bilan ajralib turadi. Hayvonlarning tashqi belgilari to’g’risida eng 
to’g’ri savol quyidagicha bo’lishi mumkin: Mushukning ko’zlari qanday? Uning 
dumi qanday? va hokazolar. Suhbatning asosiy savollari (qo’shimcha savollar 
ham) tarbiyachining ishlanmasiga yozilishi kerak.
Shuningdek, tarbiyachi suhbat mavzusi uchun kerak bo’la- digan 
ko’rgazmalarni oldindan tayyorlashi va bolalar diqqatini jalb qilmaydigan joyga 
qo’yib qo’yishi kerak.
Mashg’ulot oxirida suhbat mazmunini mustahkamlash yoki uning bolalarga 
emotsional ta’sirini chuqurlashtirish foydalidir. Buni turli yo’llar bilan amalga 
oshirish mumkin, chunonchi: tarbiyachi suhbat mazmunini qisqa hikoya qilib 
berish, suhbat mavzusiga bog’liq bo’lgan ta’limiy o’yin o’tkazish (3 — 5 daqiqa); 


21 
tanisli suhbat mazmuniga yaqin bo’lgan she’r yoki ashulani aytib berishni taklif 
etish; badiiy hikoya o’qib berish va hokazo.
Tarbiyachining qaysi variantni tanlab olishi suhbatning mavzusiga, bolalar 
bilimining boyligiga va vaqtga bog’liqdir. Sabzavotlar to’g’risidagi suhbatni 
‘Paypaslab top" ta’limiy o’yini bilan; Navro’z bayrami to’g’risidagi suhbatni 
musiqa mashg’ulotida o’rganilgan ashulani ayttirish bilan tugallash mumkin. 
Tarbiyachi suhbatda hamma bolalarning faol ishtirok etishiga harakat qilishi kerak. 
Buning uchun quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak: savol ni guruhdagi hamma 
bolalarga qarata berib, so’ngra javob berish uchun bittadan chaqirish kerak. Doimo 
bir boladan so’rash yaramaydi. Iloji boricha berilgan savolga ko’proq bolalarni 
javob berishga jalb qilishi kerak. Agar tarbiyachi bitta bola bilan uzoq gaplashsa, 
boshqa bolalar suhbatda ishtirok etishni istashmaydi. Shuningdek, tarbiyachining 
o’zi suhbat vaqtida bolalarga ma’lum bo’lgan narsalar haqida ko’p gapirsa ham 
bolalar suhbatda ishtirok ctishmaydi.
Bolalar suhbat vaqtida jo’r (xor) bo’lib emas, balki bitta- bitta javob 
berishlari kerak. Agar zarurat bo’lniasa, bolalarning javobini bo’lmaslik lozim: 
agar bola zaruriy bilimga ega bo’lniasa, uyatchan bo’lsa, undan to’liq javob 
berishni talab ctmasdan, qisqa javobi bilan qoniqish kerak. Bolalar savollarga 
yetarli ovoz balandligida, aniq va tctik javob berishlari lozim. Agar bola past 
ovozda javob bersa, tarbiyachi undan javobni baland ovozda. ammo qichqirmasdan 
takrorlashini talab etishi zarur. Masalan; ‘Sen nima deganingni hech kim 
eshitmadi, — deb tushuntirishi kerak. — Javobingni baland ovozda takrorla". 
Tarbiyachi suhbatga tayyorlanishda va uni o’tkazishda ushbu qoidalarga qat’iy 
amal qilishi kerak.
Misol tariqasida katta guruhda o’tkaziladigan ‘Bolalar bog’chasi 
xodimlarining mehnati" mavzusidagi suhbatni keltiramiz.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling