Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Suhbatda o’rgatish va tarbiyalash usullari


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Omonova Behruza

Suhbatda o’rgatish va tarbiyalash usullari
Suhbatda asosiy o’rgatish usuli savollar berishdir. Mazmuni va shakli 
jihatdan har xil niurakkablikka ega bo’lgan savollardan foydalaniladi. Ayniqsa, 
bolalardan xulosa chiqarishni, muhokama qilishni, obycktlar o’rtasidagi 
bog’lanishlarni aniqlashni talab etuvchi savollar juda muhim ahamiyatga egadir. 
Shuningdek, obyektlarni taqqoslashni talab etuvchi savollar ham o’z qimmatiga 
ega. Masalan: Tramvay trolleybusdan nimasi bilan farq qiladi? Qaysi sabzavotlarni 
xomligicha, qaysilarini pishirilgan, qaysilarini qovurilgan holda yeymiz?
Baholovchi savollar bolalarni faollashtirishga yordam beradi. Masalan, 
suyuq ovqatning turlari haqidagi savollarga dastlab javob beruvchilar juda ko’p 
bo’ladi. Biroq ovqatning 3 — 4 turini aytishgach, bolalar aytilgan suyuq ovqat 
xillarini takrorlay boshlashadi: mastava, moshxo’rda, karam sho’rva. Bu holda 
tarbiyachi savolni boshqacha shaklda bergani ma’qul. Kimga qaysi suyuq ovqat 
ko’proq yoqadi? Yana juda ko’p bolalar javob berish uchun qo’l ko’tarishadi: 
makaron sho’rva, no’xat sho’rva, qovurma sho’rva va hokazo.
Bolalarga ona tilini o’rgatishda, lug’atini faollashtirishda suhbatning 
ahamiyati juda katta. Suhbatda lug’at ishining turli usullaridan foydalanish 
mumkin. Tarbiyachining ayrim so’zlarning ahamiyatini (ba’zan kelib chiqishini 
ham) tushuntirishi juda muhim. Masalan, oziq-ovqatlar haqidagi mashg’ulotning 
borishi jarayonida tarbiyachi shunday tushuntiradi: ‘Ha, bu oziq- ovqatlar 


24 
muzlatgichda saqlanadi. Ularga sovuq joy kerak. Ular aynib qolmasligi uchun 
muzlatgichda saqlanadi". ‘To’g’ri, bu maxsus xona, u ‘omborxona" deb ataladi. 
Omborxonada oziq- ovqatlar saqlanadi. ‘Omborxona" so’zini esda saqlang". 
Lug’at ishida so’zlarni tarbiyachi bilan birgalikda jo’r (xor) bo’lib takrorlashdan 
foydalaniladi. Shuningdek, yangi yoki talaffuzi qiyin so’zlarni (motoroller, 
trolleybus, tipratikan va boshqalar) takrorlash mumkin. Mashg’ulotda bolalarning 
faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun ularni tarbiyachiga va o’z o’rtoqlariga 
savollar berishga o’rgatish kerak. Chunki bolalarning savol berishi ularning 
diqqatini barqarorlashtiradi, qiziquvchanligini, sinchkovligini o’stiradi. Buning 
uchun tarbiyachi suhbat jarayonida bolalarda paydo bo’lgan savollarga katta 
e’tibor 
berishi 
kerak. 
Ularni 
rag’batlantirishi, 
kuzatuvchanliklari, 
qiziquvchanliklarini ta’kid- lab o’tishi lozim.
Tarbiyachi bolalarni savollarga so’zlar yoki jumlalar bilangina javob 
berishga o’rgatib qolmay, balki o’z fikrini kengroq bayon etishga ham o’rgatib 
boradi. Buning uchun bir-biriga bog’langan 2 — 3 ta savol berish usulidan 
foydalanadi. Masalan: Bizning yechinish xonamiz haqida gapirib ber. U qanday? G 
u r u h xonasidan nima bilan farq qiladi? U yerda qanday jihozlar bor va ular nima 
uchun kerak?
Bolalar ftkrining to’liq emasligi ko’rsatma berishni talab etadi: kengroq 
gapirib ber; o’zing esla va hammasi haqida gapirib ber va boshqalar. Suhbatda 
o’yin va emotsional xarakterdagi usullardan foydalanish ham yaxshi natijalar 
beradi: so’z o’yinlari, ‘Shundaymi yoki shunday emasmi?", ‘Masxaraboz 
o’rganyapti" shaklidagi o’yin- mashqlari, topishmoqlar, musiqa tinglash, badiiy 
asarlarni o’qib berish. Tarbiyachi deyarli barcha suhbat mash- g’ulotlarida 
ko’rgazmali qurollardan foydalanadi. Uning maqsa- di — bolalar diqqatini 
to’plashga yordam berish, bilimlarini aniqlash va boyitish, turli xi! analizatorlar 
ishtirokida suhbatda ishtirok etishni yengi 1 lashtirish. S u h b a t mashg’ulotida 
foydalaniladigan buyumlar (matcriallar) xarakteri jihatidan juda xilma-xil. 
Masalan, buyumlarning asli (o’zi), o’yinchoqlar, suratlar (rasmlar), yirik suratlar 
yoki illustratsiyalar (tasvirlar), amaliy san’at jihozlari. Suhbatning kirish qismida 


25 
foydalaniladigan ko’rgazmali qurol bolalar diqqatini to’plashga, ularning 
bilimlarini jonlantirishga (bayram to’g’risidagi suhbatda bayram jihozlari, 
bolalarning uydagi hayotlari haqidagi suhbatda ‘Oilada" nomli surat) yordam 
beradi.
Mashg’ulotning borishida foydalaniladigan ko’rgazmali quroldan 
bolalarning bilimini aniqlash. diqqatini faollashtirish, mashg’ulotning oxirida esa 
emotsional kayfiyatni vujudga keltirish maqsadida foydalaniladi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling