Bolalarni bog’lanishli nutqqa o’rgatish uslubiyoti referat


Suhbat mashg’ulotining borishida


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1615479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
Omonova Behruza

Suhbat mashg’ulotining borishida tarbiyachining tushuntirishi, 
ko’rsatmasi, bergan savollari asosiy o’rinni cgallaydi. Suhbat uchun savollarni 
to’g’ri tanlay bilish juda muhimdir. Savollar bolalarga tushunarli bo’lishi lozim. 
Shuning uchun bolalarga beriladigan savollarni tuzishda tarbiyachi oldiga quyidagi 
talablar qo’yiladi:
1. Savol aniq va sodda bo’lishi kerak.
2. Savolni tuzayotgan vaqtda tarbiyachining o’zi bolalardan qanday 
javob chiqishini ko’z oldiga keltirishi lozim.
3. Bolalarning idrok qilishlari turlicha bo’lishini hisobga olib,
tarbiyachi yordamclh savollar berish orqali asosiy savolning mazmunini bolalarga 
anglatishi lozim.
Masalan, bolalarning oshpaz mehnati haqidagi tushunchalarini aniqlash va 
mustahkamlash maqsadida tarbiyachi ularni oshxonaga olib boradi va oshpazning 
ishini kuzatish jarayonida bolalar bilan suhbat o’tkazadi. Buning uchun suhbat olib 
borish jarayonida quyidagi savollarni berish mumkin:
— Biz hozir qayerga keldik?


17 
— Oshxonada kimlar ishlaydi?
— Ular qanday ishlarni bajaradilar?
— Qanday ovqatlarni tayyorlaydilar?
— Nimalarni qovuradilar?
— Nimalarni qaynatadilar?
— Hozir qanday ovqatlarni tayyorlamoqdalar?
— Bu ovqatlarni pishirish uchun qanday asboblar kerak bo’ladi?
— Ovqat tayyorlash uchun qanday masalliqlar kerak?
— Oshpaz ovqatni kimlar uchun tayyorlaydi?
Qani ayting-chi, oshpaz mehnati yengiimi yoki og’irmi?
Tarbiyachi suhbatni topishmoq, she’r, maqol, ashula aytib berish, suhbat 
mavzusiga taalluqli suratni ko’rsatish, axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan 
mantiqiy xulosalar qilish bilan yakunlaydi.
Suhbat mazmuni va mavzulari.  
Suhbat mazmuni — bu ,,Dastur"ning ‘Bolalarni tevarak- atrof bilan 
tanishtirish va ijtimoiy hayot hodisalariga qiziqishni tarbiyalash" bo’limidagi 
materiallar hisoblanadi. Bunga tevarak- atrof va ona-Vatan. maishiy mavzudagi. 
buyuk siymolar va bayramlar, harbiy qo’shinlar, mashhur sarkardalar, kattalar 
mehnati, transport va aloqa vositalari, maishiy-xo’jalik va mehnat buyumlari, xalq 
ijodi, tabiat, shuningdek, bolalar bog’chasida bolalarning turli faoliyatlari 
{o’yinlari, mehnat, o’zaro yordam va hokazo) kiradi.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling