Bolalarni nutqini o’stirish fanidan oraliq nazorat ishi 4-semestr 16-variant 1


Download 46.83 Kb.
bet3/9
Sana08.01.2022
Hajmi46.83 Kb.
#246630
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarni nutqini o’stirish

N u t q - bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). Sub'yektning nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til va nutqni o‘z ichiga oladi.
N u t q - bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o‘zaro muayyan hamkorligi sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq ijtimoiy mulki hodisasidir.

Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq semantikasi masalasi birinchi o‘ringa qo‘yilishi (T.N.Ushakova, A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo‘yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib borayotganligi haqida so‘z yuritish imkonini beradi.
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar fanning qiziqarli va istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Birinchi bo‘lib ushbu muammoni N.I.Jitkin ko‘tarib chiqqan. Uning qayd etishicha, «nutq mexanizmi - bu jonli, moslashuvchan va doimo takomillashib boradigan mexanizmdir».

Nutqiy faoliyat mexanizmlarini tahlil qilishda olimlar bir tomondan, N.I.Jitkin konsepsiyasiga, ikkinchi tomondan, mexanizmlarni nutqiy faoliyat bosqichlari bilan taqqoslagan holda insoning nutqiy xulq-atvoriga nisbatan faoliyat nuqtai-nazaridan yondashishga oid asosiy qoidalarga asoslanadilar.



So‘nggi o‘n yillikda lingvistlar, psixologlar tomonidan «til qobiliyati» muammosi qizg‘in muhokama qilinmoqda, bunda til qobiliyati deganda «til tizimini o‘zlashtirishda ko‘nikma va mahoratlarni tezlik bilan shakllantirishga yordam beradigan individual xususiyatlar» tushuniladi (F.De Sossyur, L.V.Sherba, J.Grin, M.K.Kabardov, V.I.Markova va boshq.).

Nutqni psixologik tadqiq qilishning istiqbolli vazifasi sifatida inson nutqiy qobiliyatining konseptual modelini qurish psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi (T.N.Ushakova). Modelda quyidagi hodisalar o‘z izohini topishi lozim: nutq yordamida mulohaza qilingan fikrni uzatish (ya'ni, nutqiy semantika muammosi), bunda grammatik qoidalardan foydalanish (ya'ni, tilni ishga tushirish), akustik kanalni ishga tushirish, muloqot va ijtimoiy aloqa sifatida nutqni qo‘llash, ushbu barcha operatsiyalarni miya harakatlari bilan muvofiqlashtirgan holda bayon qilish imkoniyatining mavjudligi.

Nutqni tushunish borasida yuqorida bayon qilingan fikrlar va tavsiflardan kelib chiqqan holda «Nutqni rivojlantirish» tushunchasiga murojaat qilamiz. «Nutqni rivojlantirish - bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tishdan iborat bo‘lgan o‘zgarish; miqdoriy o‘zgarishlarning asta-sekin yig‘ilishi sifat o‘zgarishlarining yuz berishiga olib keladigan jarayondir».
Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa

tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda



maktabgacha yoshdagi

Bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;

Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish; Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish;

Ravon nutqni rivojlantirish;

Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash; Savod o‘rganishga tayyorlash.

Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.


Download 46.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling