Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3
Download 64.69 Kb.
|
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari
UMUMIY XULOSALAR O’tkazilgan tadqiqotlar va ularning natijalari qo„yilgan farazlarni to„la tasdiqladi hamda quyidagilarni xulosalashga imkoniyat yaratdi: Ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichida maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish dolzarb muammolardan biri ekanligi tadqiqot jarayonida o„z isbotini topdi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari sifatida quyidagilar belgilandi: bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish; o'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish; o'quv madaniyatini oshirish; faoliyatni reja asosiga qurish; qunt bilan ishlash; pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish; bilim sifatini oshirish, qiyinchiliklarni yengish, o'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish ( o'quv mehnatini bolalarning dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borish) o’rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish; tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi. Tajriba-sinov ishlarining natijalari amaliyotdagi holat haqida tasavvurlar hosil qilish imkonini yaratdi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishi kutilgan natijalarga olib kelishini ko’rsatdi. Ushbu metodlardan maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorlov guruhlarida soddalashtirilgan holda foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, boshlang’ich sinflarda o’qish jarayoniga bevosita tayyorgarlik bosqichini ham o’ tashini nazarda tutadi. 30 Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishga doir tashkil etilgan didaktik o’yin mashg’ulotlarida bolalar bilan kichik guruhlarda ishlash natijasida o„quv-biluv jarayonida, ular orasida sub’yekt-sub’yekt munosabatlarini ta’minlash, ishchan muloqot, mustaqillik, faollik, hamkorlik, o„zaro ishonchga asoslangan pedagogik muhit vujudga keltiriladi. Tartib - qoidalarga o’rgatishga doir mashg’ulotlarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ayniqsa, ularning “Klaster”, “Baliq skleti”, “Nima uchun”, “Venn diagrammasi” kabilarni qo„llash lozimligini ko„rsatdi. Bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish oila va maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligi asosida yuzaga keladi. Bu borada birgina dastlabki asoslarni e’tiborga oladigan bo’lsak, ular tinimsiz kattalarga taqlid qiladi, ular hattoki o’yinchoqlar tanlash va o’ynashda ham faqat ulg’ayish ehtiyojlarini qondiradigan jarayonlar to’g’risida bosh qotiradi. Yuqoridagilardan kelib chiqib maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib- qoidalarga o’rgatish texnologiyasiga doir quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik. Download 64.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling