Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari mundarija: Kirish 3
Download 64.69 Kb.
|
Bolalarni pedogoglar va ota onalar bilan hamkorlikda ijod qilish malakalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Sherigingni top»
- Aqliy hujum”
Umumlashtirish qismida natijalar tahlili asosida xulosaviy fikr shakllantiriladi. Unda quyidagi savollarga javob izlanadi:
nima yaxshi-yu, nima yomon? nima yoqdi-yu, nima yoqmadi? kim yoqdi-yu, kim yoqmadi (ertak yoki videofilm qahramonlari bo’yicha ham bo’lishi mumkin)? nimani olib qolish kerak, nimadan voz kechish kerak? kim faol, kim ajralib qoldi? bolalar nimani o’rgandi-yu, nimalarga befarq bo’lib qoldi? kimlar faol bo’ldi-yu, kimlar ahamiyatsiz bo’lib qoldi va h.k. 19 Demak, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim muassasasining ahamiyati katta. Hattoki, onalari uy bekasi bo’lgan xonadon bolalari uchun ham ahamiyatlidir. Bu haqda quyidagi fikr ahamiyatlidir. Taniqli pedagog Xoji Muin (1883 - 1942) bolalar bog’chasining bola tarbiyasida nechog’lik zarurligini uqtirib, bolalarning ko’pchilik ota - onalar kabi to’rt - besh yoshdanoq maktabga berish o’rniga bolalar bog’chasiga berish lozimligi haqida ko’plab qimmatli fikrlarni bildirgan. Jumladan, “.... Bolani yosh chog’ida ko’ngli xohlamaydirg’on biron ishga majbur qilishsa, badani oriq bo’ladi. Dimog’ va miyasiga halal keladir, qoni buziladir, a’zosi o’sishdan qoladir va boshqa kasalliklarga uchraydir... . Bolalar bog’chasining birinchi foydasi bolalarni mazkur hollardan, ya’ni 4 - 5 yoshdanoq maktabxonalarga qatnash, yoshiga nomunosib o’quv - yozuv ishlari bilan mashg’ul bo’lishdan - ota - onani behuda tashvishlardan qutqarmoqdir, ikkinchi foydasi bolalarni yaxshi tarbiya qilib, lozim ishlarga o’yin yo’li bilan o’rgatib, maktabdan burun maktabga hozir qilmoqdir”, deb yozgan edi Xoji Muin. [31;302]. Demak, maktabgacha ta’lim muassasasidagi bolalar faoliyatini chinakam bolalik davri, deb atash mumkin. Shuning uchun ham tarbiyachilar mashg’ulotlarni bolalarning yoshiga moslab, zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli qilib tashkil etishlari maqsadga muvofiq. Chunki, bolalik buyuklik va ezgulikka yo’g’rilgan bo’ladi. Bunga sabab bu davr bolalarning beg’am, betashvish, o’yin - to’polonlari g’uborsiz, yuragi toza, fikri - xayoli musaffo, muomala - munosabatlari samimiy bo’lgan davridir. Mashg’ulotlarni pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ana shu samimiylikni saqlab qolishga hizmat qiladi. Bolalar bilan texnologiyalashtirilgan mashg’ulotlarni tashkil etishdan oldin bolalarni guruhlash ishlari amalga oshiriladi. Tarbiyalanuvchilarni guruhlarga belgilari bo„yicha ixtiyoriy yoki noformal belgilari bo„yicha tuzilgan aralash guruhli; o„quv darajasi yutuqlari bo„yicha; psixologik jihatdan bir-biriga to„g„ri kelishi darajasi bo„yicha, soni bo„yicha 2- 5 20 kishilik - uncha katta bo'lmagan vazifalarni bajarish uchun; 5 - 7 kishilik - murakkab vazifalar uchun bo'lisli mumkin. Dastlab tarbiyachi tomonidan guruh tuziladi. Guruhlarni qiziqarli nomlar bilan nomlash vazifasi bolalarga yuklanadi. Guruh tuzishning bir qator usullari mavjud. Kichik guruhlarga bo'lisli yo'llaridan ayrimlarini misol qilib keltirish mumkin. Guruh tuzishning «Sherigingni top» usuli. Guruh bolalari to'rtta kichik guruhga ajratiladi. Bunda bolalar guruhlarga birlashishi uchun fasl, ertakdagi qahramonlar surati tushirilgan kartochkalarni olishadi. Masalan, “Yoz”, “Kuz”, “Qish”, “Bahor” kabi to'rt fasl bo'yicha to'rtta guruhga bo'linishadi yoki ertak qahramonlari «Echki bolalari», “Sholg’om”, “Ayyor tulki”, “Bog„bon” kabi so'zlar yozilgan kartochkalar ham bolalarni guruhlarga birlashtirishga xizmat qiladi. Mana shu tarzda guruh tuzish mumkin. Tarbiyalanuvchilar kichik guruhlarda ishlaganda quyidagi metodlardan foylanishlari maqsadga muvofiq. Bu metodlar bugungi kunning eng ilg’or metodlari hisoblanib, ularni qo'llash natijasida bolalarda aqliy faollik o'sadi, tashabbuskorlik shakllanadi, xotiralari ishga tushadi, o'z fikrlarini og'zaki bayon qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar va natijada ongli tartib shakllana boradi. “Aqliy hujum” metodi. Bu- yangi g'oyalar yaratish metodidir. Bunda bolachalar kichik guruhlarga birlashgan holda muammoni echishga harakat qiladilar, muammoni echish uchun shaxsiy g'oyalarini ilgari suradilar. «Aqliy hujum»ning vazifasi bolalarni ko'proq mustaqil fikrlashga va yangi g'oyalarni yaratishga undashdir. Bunda bolalar kichik guruhlarga bo’linadilar va har bir guruh nomlanadi. Metoddan foydalanish jarayonida bolalar tomonidan bildirilgan har qanday g'oya va fikrlar hisobga olinadi. Bildirilgan g'oya va fikrlarni to'ldirish va yanada kengaytirish uchun imkoniyat yaratiladi. Bolalar faolligini oshiruvchi metodlardan yana biri - sinkveyn strategiyasidir. Download 64.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling