Bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirishni o'yinlar orqali o'rgatish xoliqova Yoqutxon Mirzakarim qizi


Download 245.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi245.96 Kb.
#1599383
  1   2   3
Bog'liq
Xoliqova Yoqutxon Mirzakarim qizi



Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
299 
BOLALARNI PREDMETLAR SHAKLI BILAN TANISHTIRISHNI O'YINLAR ORQALI 
O'RGATISH 
Xoliqova Yoqutxon Mirzakarim qizi 
Farg'ona viloyati O'zbekiston tumani MTB tassarufidagi 33-DMTT Uslubchisi. 
 
Anontatsiya:Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishidagi 
o‘ziga xos xususiyatlari va ularni boshqa figuralar bilan solishtirib o'rganish va ularni 
o'yinlar mustahkamlash. 
Kalit so'zlar : geometrik figuralar, geometrik etalonlar, oval, konus, to‘g‘ri 
to‘tburchak, doira, uchburchak didaktik va ta'limiy o'yinlar. 
Bolalar elementar matematika faoliyatlarida eng sodda geometrik figuralar bilan
ularning ba’zi xossalari bilan tanishadilar, buyumlarni geometrik etalonlar bilan taqqoslash 
asosida ularning, ya'ni buyumlarning shaklini tahlil qilish va baholashni o‘rganadilar.
Bolalarda asta-sekin shakl haqidagi umumiy tasavvur shakllanadi, va yuqori guruhlarda 
mustahkamlanib boradi. Bunday tasavvur maktabda matematika, geometriya, chizmachilik 
kabi fanlarni o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Bolalar tug'ilgandan boshlab geometrik 
figuralarni his eta boshlaydilar. Masalan, bir nechta turli idishlarni bolaning oldiga terib 
qo‘ysak, bola ovqat yeydigan yoki sut ichadigan idishini darrov tanib oladi. Bola biroz 
ulg‘aygandan so‘ng o‘yinchoqlarini geometrik figuralar bilan solishtira boshlaydi. Masalan: 
Mana bu tayoq stolbaga o‘xshaydi, mana bu koptok tarvuzga o‘xshaydi, ya’ni hamma 
narsalarni bir-biriga o‘xshatish. Predmetlarning shaklini aniqlashda geometrik figuralar 
etalon bo‘lib xizmat qiladi. Shakl xuddi o‘lchamga o‘xshab bir predmetni ikkinchi 
predmetdan farqlashga yordam beradi. Bolalarda shakl haqidagi tasavvurlarini 
shakllantirish sensor tarbiyaning bir muammosi deb hisoblanadi. Kam tanish bo‘lgan 
predmetlar shaklini hech narsa bilan o‘xshata olmaydi, shuning uchun shaklning belgisiga 
ko‘ra ularni umumlashtira olmaydilar. Predmet shaklini aniqlashda geometrik figuralarning 
roli katta. 2-3 yoshli bolalar geometrik figuralarni oddiy o‘yinchoq deb his etadilar. 
Masalan: silindr – stakan, stolba; konus – minora. Shuning uchun geometrik figuralar bilan 
tanishtirish katta ahamiyatga ega (doira, kvadrat, uchburchak). Bolalar maishiy xizmat 
qiluvchi predmetlarni etalon (ko‘rgazma deb hisoblangan geometrik figuralarni his eta 
boshlashadi. Shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari orqali idrok etishni tashkil 
etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi xilma xil ishlardan foydalanish, figuralar nomini, 
ularning xossalarini, harakat usullari nomini aytish bolalarning figuralar haqidagi 
tasavvurlarini aniqlash imkonini beradi. Kichik yoshdagi bolalarga predmetlar berilsa ular 
faqat ko‘z bilan ko‘rib qolmasdan, balki qo‘liga oladi va og‘ziga solib ko‘radi. Keyinchalik esa 
so‘zlashga harakat qiladilar.Katta yoshdagi bolalar predmatlarni qanday shakl va 
xususiyatga ega ekanligini idrok qiladi . Bolalarga shakllar haqidagi bilimlarni ertak tarzida 
yoki qisqa hikoyalar o'qish orqali berish mumkin. Billimlarni mustahkamlash uchun akt 


Международный научный журнал № 3 (100), часть 1 
«Научный импульс» Октябрь, 2022
300 
multimedia vositalaridan foydalanib slayd yoki multfilmlar tomosha qilish ham ijobiy natija 
beradi, yoki bolalar ishtirokida o'ynaladigan o'yinlar, Masalan: bolalarga uchburchak, doira 
va kvadrat shakllari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi va quyidagicha topshiriq beriladi: 
Rasmdagi uchburchak shakllarini birlashtirib chiqing. Bolalar uchburchak shakllarini qalam 
yordamida birlashtirib chiqadilar. Tarbiyachi bilan bolalar gilam ustida doira qurib 
o`tiradilar. Gilamda katta klyonka ustida plakat va geometrik shakllar (doira, uchburchak, 
kvadrat) to‘plami. Tarbiyachi boshchiligida geometrik shakllardan turli narsalarni 
applikatsiya usulida yopishtiradilar. Buning uchun g`oyani bolalardan so`rash mumkin.
Masalan: «Bolajonlar, mana shu geometrik shakllardan turli narsalarni 
yasash mumkin, hozir nimalar yasashni xohlashingizni aytasizlar. Men yozib olaman va 
birgalikda shakl tanlab yasaymiz. Shakl haqidagi tasavvurlarni idrok qilish va 
shakllantirishda bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin: 

Download 245.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling